115
Ikki qo‘llab ko‘rishish
Ishtirokchilarning hammasi doira shaklida o‘tirishadi. Qo‘llar bir-
biriga birlashtirilgan bo‘ladi. Ishtirokchilar
birvarakayiga xohlagan
tomonidagi (chap yoki o‘ng yonidagi) kishiga salomlashish uchun
qo‘shqo‘llab qo‘l uzatadi. Unisi esa qo‘llarini yonidagisiga uzatishi
mumkin va birinchi ishtirokchiga navbat еtgunicha shu holda davom etadi.
Shunday qilib bir nechta mos kelmaslik holati kuzatilishi tabiiy. Ana
shunda qanaqangi qiy-chuv ko‘tarilishini ko‘rasiz!
Bu o‘yinni bir necha bor takrorlash nafas rostlash va tinchlanish
uchun foydalidir.
Aziz mehmon o‘yini
Maqsad: a)
sportchi shaxsining va xususan, protogonist (mehmon)
sportchi shaxsining guruh tomonidan hurmat qilinishini tasdiqlash; b)
guruhda odam bilan muomala qilish san’atini shakllantirish; v) bevosita
(o‘yinni amalga oshirish orqali) guruhdagi
ayrim ishtirokchilarning
protogonistga nisbatan salbiy munosabatini shakllantirish.
Bu o‘yinda protogonist sifatida guruhdagi eng ko‘zga
tashlanmaydigan, sust o‘smir tanlanadi.
Boshlovchi o‘yinning mohiyatini quyidagicha tushuntiradi: "Hozir bir
kishi tashqariga chiqib, to uni chaqirmagunimizcha eshik orqasida kutib
turadi.
Qolganlardan 7 kishini biz har bir o‘yin qatnashchilarining
ishtirokini va xulq-atvorini baholash uchun (5 balli sistemada)
hakam
sifatida saylaymiz. Vazifangiz nimadan iboratligini aytib oling: eshik
ortidagi kishi — bizning eng aziz mehmonimiz. Tasavvur qiling, u bizning
respublikamiz uchun do‘st mamlakat bo‘lgan AQSh davlatining vakili
bo‘lib, O‘zbekiston va Amerika o‘rtasida mustahkam aloqalarni yo‘lga
qo‘yish uchun tashrif buyurgan. Ishtirokchilardan
biri
mehmonni
chaqiradi, shu bilan birga unga hamrohlik va tarjimonlik ham qiladi.
Qolgan ishtirokchilarning har biri mehmon bilan ko‘rishishga,
undan
nimanidir so‘rashga, unga nimalarnidir gapirib berishga harakat qilishi
kerak, chunki mehmon zerikib qolmasligi kerak. Hakam a’zolarining
vazifasi: qatnashchilarning ishtirokini kuzatib borib, kimda-kim mehmon
bilan quruq, betakalluf, soxta, xushomadgo‘ylarcha va odobsizlarcha
munosabatda bo‘lsa, ularning ballarini tushirishdan iborat. Odobsizlar va
ballari past bo‘lganlar o‘yindan chiqariladi.
Hakamlar har bir
ishtirokchining o‘rtacha bahosiga qarab, uning o‘zaro munosabatga
kirishish qobiliyatiga baho beradilar".
Boshlovchi ham ishtirokchilar bilan birgalikda hakam a’zolarini,
xamrohlik qiluvchi (tarjimon)ni va "mehmon"ni tanlaydi. Hamrohlik
116
qiluvchi xonadan chiqib ketadi va bir pasdan so‘ng "mehmon"ni
boshlab
kiradi. Ishtirokchilar protogonistni doira shaklida o‘rab oladilar va uning
atrofida kim qanday istasa shundayligicha o‘tiradilar. U bilan
gaplashishning navbatma-navbatligi shart emas, muhimi har bir ishtirokchi
u bilan munosabatga kirishishi kerak.
Oldindan ma’lum bo‘lgan kulguli narsalar (mehmon bilan "chet tilida
gaplashish" va muloqotning odatlanilmagan usuli) o‘yinga zavq
bag‘ishlaydi, kulgu uyg‘otadi, lekin ta’kidlangan jiddiylik yo‘qolmaydi.
Tajribalarda ko‘rinishicha, protogonist bilan muloqotda bo‘luvchi sportchi
shaxsilar o‘z munosabatlarida hazilomuz,
kulguli harakatlarni ham
qo‘llaydilar. Bunda ishtirokchilar, hatto hakamlar tomonidan ballar
kamaytirilishi ehtimolini ham unutib qo‘yadilar. Shunday vaziyat
kuzatilganda, o‘yin nihoyasida boshlovchi
ishtirokchilarning bu xil
(noo‘rin) harakatlarini еngilgina bo‘lsa xam ta’kidlab o‘tishi kerak.
Mehmon nomiga aytilayotgan olqishlar haqida oldindan boshqotirib
o‘tirish shart emas, balki ishtirokchilar buni o‘yin jarayonida o‘ylab
topishlariga imkoniyat yaratish kerak.
Dostları ilə paylaş: