124
Hayvonot olami
O‘yin ishtirokchilari doira bo‘lib turishadi va o‘zlariga birorta
hayvonning nomini tanlashadi. 20 kishidan iborat guruh uchun 6 ta
hayvonning nomi еtarli. Bir xildagi hayvonlarning nomi qog‘ozga sonlar
bilan yozilib, ularga shulardan birini olish taklif etiladi. Ishtirokchilar
ma’lum bir hayvonlarni tanlab bo‘lganlaridan so‘ng ko‘zlarini yumib,
atrofda aylanib yuradilar va o‘zlari mansub bo‘lgan turdagi sheriklarini
izlaydilar. Bunda hamma o‘ziga xos ovoz bilan bir-birini chorlashi kerak
(masalan, "ba-a-ba-a", "myov-myov", "vov-vov" va h.k.). Ikkita bir xil
"hayvon" bir-birini topib olsa, ular qo‘llarini mahkam ushlagancha keyingi
sherigini izlashga tushadilar va barcha sherigini topib, toki alohida
guruhlar tuzilmagunicha davom etaveradi.
Bu kirish o‘yini hisoblanib, u asosan ishtirokchilarda bir-birlariga
ishonch hosil qiladi.
Dostları ilə paylaş: