Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni


Guruhning kayfiyatini ko‘taruvchi o‘yinlar



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/90
tarix05.05.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#108121
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   90
e6188a6cf2bf964a3de7157b7ed01765 Sportchilarni psixologik tayyorlash

Guruhning kayfiyatini ko‘taruvchi o‘yinlar 
Bu tipdagi o‘yinlarga quvnoq, kayfiyatni ko‘tarishga asoslangan 
hazil-o‘yinlar kiradi. Shuningdek, ularga guruh a’zolari bir-birlariga 
minnatdorchilik bildiradigan, iliq so‘zlar aytadigan, tilaklar, komplimentlar 
ijobiy psixologik muhit yaratadigan va kayfiyatni ko‘taradigan o‘yinlarni 
misol qilib keltirish mumkin. Bu o‘yinlarni uchrashuvning samarali 
tugashini ta’minlash uchun mashg‘ulotning oxirida o‘tkazish tavsiya 
etiladi. 
Sportchilarda mazkur psixotreninglardan mashg‘ulotlar jarayonlarida 
foydalanilsa chaqqonlik, egiluvchanlik, tezkorlik, chidamlilik, kuchlilik 
kabi jismoniy sifatlari yanada rivojlantirishga turtki bo‘ladi. 


126 
6. Sport murabbiysi shaxsi va faoliyatining 
psixologik tavsifi. 
 
Tarbiya bu murabbiy tomonidan tarbiyalanuvchida barqaror ahloqiy 
xislat va xulqiy fazilatlarni tarkib toptirish shakllantirish maqsadida 
sportchining ongiga aniq maqsad yo‘lida tarbiyaviy ta’sir etish jarayonidir.
Sport murabbiysi kasbi avvalo pedagogik kasbdir. Ma’lumki, sport bu 
insonni tarbiyalashning eng samarali vositalaridan biridir. Bu vazifa 
bugungi kunda, ya’ni zamonaviy sport yildan yilga yosharib borayotgan 
bir paytda yanada muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Barcha kasblar 
kabi sport murabbiysi faoliyati ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ushbu 
xususiyatlar quyidagilardan iborat:
1. Professional murabbiy mashq qilishga majbur eta olmaydi, u faqat o‘z 
o‘quvchilarini mahliyo qilish, qiziqtirish orqali samarali mehnat qilishi 
mumkin.
2. Sport murabbiysi maktab o‘qituvchisidan ko‘ra ko‘proq o‘z shogirdlari 
bilan uchrashadi: bu kundalik mashg‘ulotlar, yozgi oromgohlar, 
musobaqalar, boshqa shaharlarda o‘tkaziladigan bellashuvlar tufayli yuz 
beradi. Boshqa shaharlarda uyushtiriladigan musobaqalar davrida sport 
murabbiysi sportchi-o‘smirlar uchun ota-onalari vazifasini ham o‘tashi 
kerak bo‘ladi.
3. Yosh sportchi sevgan sport turiga bog‘lanib qoladi. Shuning uchun 
sport murabbiysining sportchi shaxsiy ibrati va aytgan har bir so‘zi uning 
uchun qonun hisoblanadi.
4. Murabbiylik ishining yana bir muhim xususiyatlaridan biri – uning 
ijodiy mazmunga ega ekanligidir. Yangi narsani yaratish taraqqiyotning, 
mukammallikning va rivojlanishning birinchi shartidir. Ijodiy 
yondashuvsiz, izlanish, o‘rganishlarsiz murabbiyning faoliyatini tasavvur 
qilib bo‘lmaydi.
5. Aksariyat hollarda murabbiy o‘z shogirdlariga o‘zi ham bajara 
olmaydigan mashqlarni o‘rgatishiga to‘g‘ri keladi. O‘zi bajara olmaydigan 
narsaga boshqalarni o‘rgatish, bemalol qo‘lidan keladigan ishni 
o‘rgatishga qaraganda albatta qiyin. Shu sababli ham murabbiy metodik 
jihatdan juda puxta tayyorgarlik ko‘rishi kerak bo‘ladi.
Qanday psixik sifatlar, fazilatlar evaziga murabbiylik jarayonini 
muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin? Diqqat-e’tiborni jamlashga, 
tasavvurlar aniqligini, fikrlash jarayonlarining tezligi va to‘g‘riligini 
aniqlashga yo‘naltirilgan testlar murabbiylar tomonidan sportchilarga 


127 
nisbatan yaxshiroq bajariladi va ularning ko‘rsatkichi yuqori bo‘lishi qayd 
etilgan. 
6. Murabbiy kasbining yana bir alohida jihati shundaki, uning ishida 
ham, hayotida ham ekstremal omillar mavjud. Ular qatoriga turli 
yig‘inlarda va musobaqalarda doimiy ishtirok etish, oilasi bag‘ridan tez-tez 
uzilish, o‘quv mashq ishlarining katta va cheklanmagan hajmi, kuchli asab 
psixik (emotsional) zo‘riqishlar ayniqsa, musobaqalarda talab etiladi.
Murabbiy – bu teran ijodiy sportchi shaxsidir. Ijodiy jarayonlar 
masalalari bo‘yicha tadqiqotchilar ijodkor sportchi shaxsining o‘ziga xos 
xususiyatlarini aniqlashga katta e’tibor berganlar. Sport murabbiylari 
faoliyatlarini tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, ijodkor murabbiylarga avvalo 
quyidagi jihatlar xosdir: o‘quv — tarbiyaviy jarayonlardagi g‘oyaviylik 
(o‘quvchilarning bilimlarini ularning e’tiqodlariga aylantirishga intilish), 
turli tajribalar o‘tkazish va yangi tajribalar to‘plashga intilish, o‘z–o‘zini 
cheklashdan holilik, fikrlashda va harakat qilishda o‘ta ziyraklik, 
mustaqillik, oliy darajadagi ijodiy kuch-g‘ayrat, o‘z ijodiy kuch-quvvatini 
jamlay olish qobiliyati, juda murakkab pedagogik vazifalarni hal etishga 
layoqatga ega sportchi shaxsi bo‘lishi bilan belgilanadi. Pedagogik 
muloqotning psixologik asoslari ichida nutqning o‘rni ham juda muhimdir. 
Birinchi galda bu pedagog—murabbiyning rostgo‘yligiga tegishlidir. 
Murabbiy o‘z so‘ziga sodiq, gapi bilan ishi birdek bo‘lishi lozim. 
Shuningdek, nutqning adabiy fazilatlari ham o‘ta muhimdir: masalan, 
tushunarlilik, aniqlik, o‘zgalar anglashi uchun qulaylik, mantiqiylik, 
shuningdek, emotsional ifodaviylik hamda nutqning ta’sirchanligiga ega 
bo‘lishi lozim.
Murabbiylarning faoliyatida aksariyat hollarda pedagogik taktni buzish 
hollari uchrab turadi. Ularning aksariyati sportchilar bilan muomala 
qilishda yuz beradi. Bu kamchiliklar quyidagilardan iborat:
1. Sergaplik, mashg‘ulotlar paytida va musobaqalarda haddan tashqari 
ko‘p tergash va tanbeh berish. 
2. Muomaladagi hxaddan tashqari jiddiylik, ba’zan esa qo‘pol so‘zlarni 
qo‘llash. 
3. Muomalaning quruqligi, xaddan tashqari qisqaligi, o‘quvchilarning 
hissiyotlariga e’tiborsizlik. 
4. Pedagogik ta’sir ko‘rsatishning hamda muloqotning bir qolipga tushib 
qolishi. 
5. Xaddan oshirib maqtash, ayrim o‘quvchilarning yutuqlarini, 
fazilatlarini hadeb ro‘kach qilaverish yoki aksincha, kamchilik va 
xatolarini qayta-qayta ko‘rsatish. 


128 
6. O‘z so‘zi va ishining bir-biriga mos kelmasligi. 
7. Turli norasmiy atamalardan va iboralardan, masalan, sport 
amaliyotida keng tarqalgan jargonlardan foydalanish (misol uchun, 
“startoldi lixoradkasi” o‘rniga “mandraj” va hokazo). 
Pedagogik muomalani tarbiyalash, murabbiyning bu borada o‘z-o‘zini 
takomillashtirishga intilishi – uning pedagogik mahorati oshib borishidagi 
muhim jihatidir. Murabbiyning obro‘sini asosan unga xos bo‘lgan 
quyidagi fazilatlar ta’minlaydi: mehnatga halol munosabatda bo‘lish, 
rostgo‘ylik, haqqoniylik, kamtarlik, intizomlilik, o‘quv va mashg‘ulot 
jarayonlariga ijodiy, navatorlik bilan yondashuv, kuzatuvchanlik, analitik 
tafakkur yurita bilish, maxsus intuitsiyaga ega bo‘lish va hokazolar. 
Bulardan tashqari murabbiyning obro‘si yuqori ishchanlik qobiliyati, sabr-
matonatlilik, o‘z-o‘zini boshqara olish, murakkab vaziyatlarda o‘ziga 
ishongan holda harakat qila olish kabilar ham tashkil etadi. Murabbiyning 
obro‘si, shuningdek, uning qanchalik muomala qila bilishi, e’tiborliligi, 
g‘amxo‘rliligi, boshqalarga nisbatan hurmat va xayrixohlik bilan 
munosabatda bo‘la olishi, o‘zaro hamkorlarini tushuna olishi, o‘zgalarga 
xolis va adolatli baho berishi, talabchanlikdagi adolatliligi, muomala 
madaniyatiga ham bog‘liqdir. Har bir murabbiyning uzoq yillik ish 
faoliyati jarayonida sportchilar guruhini yoki alohida sportchilarni 
boshqarish borasida faqat uning o‘zigagina xos bo‘lgan individual 
boshqaruv uslubi shakllanadi.
Sport psixologiyasida murabbiyning bir-biridan keskin farq qiluvchi 
uchta boshqaruv uslubini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. 
 
 
 
 
Avtokratik boshqaruv ish uslubi murabbiyning yolg‘iz o‘zi tomonidan 
boshqarilishini anglatadi, ya’ni barcha qarorlarni qabul qilish faqat 
murabbiy zimmasida bo‘ladi. Avtokratik boshqaruv uslubida rahbarlik 
qiluvchi barcha murabbiylarning ta’siri asosan buyruqlar, ultimatum 
shaklidagi talablar, farmoyishlar tarzida bo‘ladi. Avtokratik boshqaruv 
uslubida ish yurituvchi murabbiylar odatda o‘zining har qanday taklifiga 
rozi bo‘laveradigan sportchilarga alohida hurmat va hayrixohlik bilan 
qaraydi. Shu sababli ular boshqaradigan jamoalarda odatda o‘ziga xos 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin