Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/90
tarix05.05.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#108121
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   90
e6188a6cf2bf964a3de7157b7ed01765 Sportchilarni psixologik tayyorlash

 
Chigilni еchish 
Qatnashchilar doira shaklida turadilar. 
Yo‘riqnoma: "Kelinglar, bir-birimizga yaqinroq turib olamiz, 
kichikroq doira hosil qilib, barchamiz qo‘llarimizni doira o‘rtasiga 
cho‘zamiz. Mening ishoram bilan hammamiz bir vaqtda qo‘llarimizni 
ushlaymiz. Shunday ushlashimiz kerakki, har birimizni qo‘limiz orasida 
yana kimnidir qo‘llari bo‘lishi kerak. Shuning uchun yonimizdagi kishi 
qo‘lini emas, keyingi qarshimizdagi odamnikini ushlashga harakat qilaylik. 
Ikkala qo‘lingiz bilan bir odamning ikkala qo‘lini ushlamang — bir 
qo‘lingiz bilan bir ishtirokchining, ikkinchi qo‘lingiz bilan esa ikkinchi 
ishtirokchining qo‘lini ushlang. Shunday qilib boshlaymiz. Bir, ikki, uch". 
Shundan so‘ng trener barcha qo‘llar bir-birini ushlashganiga ishonch 
hosil qilganidan so‘ng, guruh qatnashchilariga qo‘llarini qo‘yib yubormay, 
mashqni boshlash, ya’ni "chigalni yozishni" taklif qiladi. Trener ham 
bevosita mashqda qatnashadi, ammo bu paytda turli еchimlar taklif 
etmaydi. Mashq bajarish davomida, guruhda mashqni еchish qiyinligi yoki 
mumkinmasligi to‘g‘risida turli fikrlar tutiladi. Bunday paytda trener 
xotirjamlik bilan, bu hal qilinishi mumkin bo‘lgan vazifa ekanligini, chigal 
еchilishi mumkinligini ta’kidlashi kerak. Mashq uch variantning biror 
ko‘rinishida ijro etilishi mumkin. 
Guruhning barcha qatnashchilari bir doira ichida turadilar. Bu paytda 
kimdir orqasiga, yana kimdir yoniga qarab turishi mumkin. Asosiysi 
doira holati saqlanib qolishi kerak. 
Agar guruh katta bo‘lsa, unda ikki yoki undan ortiq mustaqil 
doiralar tashkil qilinishi mumkin. 


122 
Guruh qatnashchilari zanjir bo‘lib, bir-birlariga bog‘lanib doira hosil
qiladilar. Bu mashqni bajarish uchun guruh qatnashchilariga vaqtni 3-5 
minutdan 20 minutgacha belgilash mumkin. Ba’zan guruhlar zanjirni 
еchishdan bosh tortishlari mumkin. 
Mashq yakunlangandan so‘ng, guruhga bunday savollar bilan 
murojaat qilinadi: "Mashqni bajarishga nima yordam berdi?", yoki 
"Mashqni tezroq bajarish uchun yana nima qilsa bo‘lardi?". "Bu mashqni 
tezroq bajarish uchun nima halaqit berdi?". Bizning nazarimizda bunday 
savollar berish maqsadga muvofiqdir. Odatda ishtirokchilar, o‘yin 
muhokamasida shunday fikrga keladilar: "bunday mashqni muvaffaqiyatli 
hal etish uchun hamkorlik, bir-biriga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, 
barcha o‘zini erkin his etishi, barcha kishini fikrlarini inobatga olish va 
mashq jarayonini diqqat bilan kuzatib borish kerak ekan". Bu mashq 
guruhni biriktirishga, shuningdek, og‘ir kechgan kunni maroqli yakunlash 
imkonini beradi. Mashqni ehtiyotkorlik bilan bajarish talab qilinadi, chunki 
u ishtirokchilar orasida jismoniy bog‘lanishni taqozo etadi. Agar trener 
o‘yin davomida biror qatnashchining toliqqanini sezsa, uni o‘yindan ozod 
qilishi mumkin. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin