121
Barmoq tashlash
Guruhning hamma ishtirokchilari doira shaklida o‘tiradilar.
Yo‘riqnoma: "Hozir hammamiz birgalikda quyidagi topshiriqni hal
etishimizga to‘g‘ri keladi: Men "bir, ikki, uch" — deb sanayman va hamma
tezlik bilan, bir vaqtning o‘zida bir-biri bilan kelishmasdan,
gaplashmasdan, qo‘ldagi panjalarni xohlagan miqdorda tashlaydi". Mashq
hamma bir xilda barmoq tashlamaguncha davom etaveradi. Davraning
hamma ishtirokchilari bir xildagi barmoqlar sonini tashlaganda mashq
tugagan hisoblanadi.
Mashqlar turlicha o‘tishi mumkin. Ba’zan guruhga vazifa
еchilmaguncha o‘ttiz martagacha takrorlash talab qilinadi, ba’zan to‘rt-
besh marta еtarli bo‘ladi. Har qanday holatda ham, mashq muhokama
qilish uchun boy ma’lumotlar beradi.
Dostları ilə paylaş: