Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/90
tarix05.05.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#108121
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90
e6188a6cf2bf964a3de7157b7ed01765 Sportchilarni psixologik tayyorlash

Glossariy. 
 
Psixologiya – lotincha «psyuxe» – ruh, jon, «logos» – fan, ta’limot degan 
so‘zlardan olingan bo‘lib, ruh, jon haqidagi fan degan ma’noni anglatadi. 
Psixika – yuksak taraqqiy etgan materiyaning ya’ni miyaning mahsuli bo‘lib, 
tirik mavjudotning tashqi olamni miyada aks ettirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan 
murakkab hodisalar xossasi majmuidir. 
Psixik holatlar – charchash (toliqish), emotsional zo‘riqish (effekt, stress), 
monotoniya (diqqinafaslik, zerikish), uyqu holati, uyg‘oqlik holati. 
Psixik jarayonlar – sezgi a’zolariga tashqi ta’sir shakllari, inson va tashqi 
muhit, ichki kechinmalari o‘rtasida bog‘lanishlar shakli bo‘lishi mumkin. 
Odatda psixik jarayonlar deganda sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, xotira, 
hissiyot, iroda tushuniladi. 
Temperament – lotincha temperamentum degan so‘zdan olingan
bo‘lib, buning ma’nosi aralash demakdir. Temperament deganda biz, 
odatda, insonning tabiiy, tug‘ma xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan 
individual xususiyatlarni tushunamiz. 
Agressiya – sportchilarga, odamlar guruhiga nisbatan jismoniy yoki ruhiy 
zarar еtkazishga qaratilgan xatti-harakat. 
Agressiv xulq – inson bilan vaziyat o‘rtasidagi o‘zaro ta’siri natijasida vujudga 
keluvchi agressiv jarayon. 
Asabiylashish – sportchi organizmining barcha funksiyalarini o‘zaro hamda 
tashqi muhit bilan aloqasidagi nerv psixik zo‘riqish. 
Aqliy xujum – muhokama qilinayotgan mavzu yuzasidan ishtirokchilarning 
aytgan fikriga hech bir shubha qilmaslik, aksincha har qanday fikrni bildirishda 
to‘la erkinlik yaratib berishga qaratilgan interfaol usul. 
Barkamollik – insonning har tamonlama еtuklik darajasi. 
Bahs-munozara – bu faoliyatning diologik shakli bo‘lib, turli fikrlar orasida 
boradigan shiddatli kurashni, suhbatni yuzaga keltirishdir. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin