Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/90
tarix05.05.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#108121
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   90
e6188a6cf2bf964a3de7157b7ed01765 Sportchilarni psixologik tayyorlash

Men hech qachon ...maganman
Ishtirokchilar navbatma-navbat "Men hech qachon ...maganman" 
degan jumladan iborat gap aytishlari lozim (masalan, "Men hech qachon 
parashyutdan sakramaganman", "Men hech qachon musobaqada g‘alaba 
qozonmaganman", "Men hech qachon sigaret chekmaganman" va h.k.). 
Qolgan ishtirokchilar esa aytilayotgan gaplar, agar ular uchun noto‘g‘ri 
bo‘lsa barmoqlarini bukib boradilar. Ya’ni, masalan, biror ishtirokchi 
parashyutdan sakragan bo‘lsa bitta barmog‘ini bukadi, keyingi ishtirokchi 
tomonidan aytilgan gap ham uning uchun noto‘g‘ri bo‘lsa (ya’ni u 
dengizda cho‘milgan bo‘lsa) yana bitta barmog‘ini bukadi va h.k. 10 ta gap 
aytilganidan so‘ng kimningdir barmoqlaridan birortasi yoki bir nechtasi 
bukilmasdan qolgan bo‘lsa, o‘sha yutadi. Boshlovchi ishtirokchilarni 
oldindan aytilayotgan gaplar hayotiy bo‘lishi lozimligi va barmoqlarni 
adolatli bukish lozimligi haqida ogohlantirishi kerak. Jins xususiyatlarini 
e’tiborga olmasdan gap aytgan ishtirokchi yutqazadi. Bir xil hayot tarziga 
ega bo‘lgan odam (bukilmagan barmoqlari qancha ko‘p bo‘lsa) yutadi, 
aksincha boy hayotiy tajribaga ega bo‘lgan odam (barcha barmoqlari 
bukilgan) yutqizadi. O‘yin shu tarzda barcha ishtirokchilar bittadan gap 
aytgunlaricha davom ettiriladi. 
 
"Qadriyatlar" 
 
Maqsad: Sportchi shaxsiy qadriyatlar ierarxiyasi tuzilishi 
muhimligining ahamiyatlilik darajasini his qilish va anglash. 
 
Shart-sharoitlar: Mashq tinglantiruvchi, bir maromdagi musiqa 
sadolari ostida bajarilishi zarur. Bunda matn o‘qiyotgan boshlovchi 
ovozining qanday ohangda ekanligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
 
O‘yinning borishi
Ishtirokchilarga oltita varaq tarqatilib, mana shu qog‘ozlarga o‘z 
hayotlaridagi eng qadrli narsalarni ahamiyatlilik darajasiga ko‘ra yozib 
chiqishlari so‘raladi. Keyin varaqlar shunday aralashtiriladiki, eng qadrli
narsa yozilgan varaq oxirida turishi kerak. Boshlovchi ishtirokchilarga 
qandaydir hodisa ro‘y berib, birinchi varaqda yozilgan qadriyatdan 
mahrum bo‘lganliklarini his qilib ko‘rishlarini taklif qiladi. So‘ngra 
boshlovchi ishtirokchilardan shu qadriyat yozilgan qog‘ozni g‘ijimlab 


109 
uloqtirishni va hayotni ana shu qadriyatsiz tasavvur qilib ko‘rishlarini 
so‘raydi. 
Shu tariqa har bir qadriyatdan voz kechib boriladi. Shundan so‘ng 
ishtirokchilarga qadriyatdan ajralayotgan vaqtda qanaqa hissiyot, qanaqa 
tuyg‘uni his qilganligini eslash taklif qiladi. Keyin boshlovchi mo‘jiza ro‘y 
berib, qadriyatlarni birma-bir qaytarish imkoniyati tug‘ilganligini e’lon 
qiladi va g‘ijimlangan qog‘ozlarni birma-bir qaytarib oladi. So‘ng 
ishtirokchilardan qadriyatlarning yo‘qotilgan paytdagi holati va 
g‘ijimlangan qog‘ozlarga yozilgan holatini solishtirib, yo‘qotilgan paytdagi 
qadriyatlarni hozir ham xuddi shunday qadr-qimmatga egami yoki yo‘qmi 
ekanligini so‘raydi. Agar guruh a’zolari qadriyatlarni ahamiyatiga ko‘ra 
o‘rinlarini almashtirgan bo‘lsa, buni ham bayon qilishlari kerak. 
Mashg‘ulot so‘ngida boshlovchi natijalarni muhokama qilib, xulosalarni 
bayon etadi. 
Diqqat! Mashg‘ulot jarayonida ishtirokchilar kuchli ruhiy 
kechinmalarni, zo‘riqishlarni his qilishlari mumkin. Shuning uchun 
mashg‘ulot ortiqcha shovqin-suronsiz o‘tishiga, ortiqcha ovozlar 
bo‘lmasligiga, ishtirokchilarning bir-biriga halaqit bermasligiga va begona 
odamlarning xonaga kirmasligiga e’tibor berish lozim. Shu bilan birga 
boshlovchi ham ishtirokchilarga diqqat-e’tiborli bo‘lishi zarur. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin