112
hujjatlarni rasmiylashtirishga ketdilar, u еrdan chiqib tumanda
kengaytirilgan yig‘ilishga borar ekanlar. Agar ular soat 12
gacha
kelmasalar o‘qituvchilar majlisini o‘zingiz o‘tkazar ekansiz, bu majlisda 8
"b" sinfning davomatini ko‘rib chiqish kerak. Keyin soat 15.00 da
maktabimizga Polshadan kelayotgan mehmonlarni kutib olish uchun
aeroportga 1 ta "Neksiya" bilan 1 ta "Damas" avtomashinasini chiqarish
kerak ekan. Yana aytdilarki, soat 17.00 da RayoNOning ijtimoiy ta’minot
bo‘limidan go‘sht kelar ekan. Hamma o‘qituvchilarga 2 kilodan go‘sht
tarqatib direktorning ulushini xolodilnikka solib qo‘ysangiz o‘zlari kelib
olib ketar ekanlar".
Shundan so‘ng ma’lumotlar birin-keyin kirib kelayotgan
o‘quvchilarga uzatila boshlaydi.
Mashq so‘nggida odatda ma’lumotning buzilishi kuzatiladi. Mashqda
ishtirok etgan o‘quvchilar video yordamida ma’lumot
mazmunini bilib
oladilar. Shundan so‘ng o‘quvchilarga har qanday ma’lumotni birinchi
manbadan olish zaruriyati aytib o‘tiladi. Ma’lumotlarning bir kishidan
ikkinchi kishiga o‘tishi natijasida u qanchalik o‘zgarib ketishi paydo
bo‘ladigan mish-mish gaplarga asos bo‘lishi aytib o‘tiladi.
Ma’lumot uzatishdagi xatolarni bartaraf etish maqsadida faol
tinglashni o‘rganish mashqi taklif etiladi. Bu mashq yo‘riqnomasiga ko‘ra
hamma o‘quvchilar uch kishilik guruhlarga bo‘linadilar. Bu guruhdagi uch
o‘quvchi uch xil rolda ishtirok etadi: gapiruvchi, tinglovchi va nazoratchi.
Gapiruvchi hayotdagi biror bir voqeani aytib beradi va tinglovchi bu
voqeani
iloji boricha esida olib qolib, qaytadan takrorlab aytib berishi
kerak. Nazoratchining vazifasi yo‘l qo‘yilgan xatolarni aytishdan iborat.
Guruhdagi har bir ishtirokchi uchchala roldan birortasida ishtirok etishi
shart. Ushbu mashqni bajarish orqali ishtirokchilar verbalizatsiya, ya’ni
faol tinglash metodini o‘zlashtiradilar.
Sportchi shaxslararo munosabatlar va nizoli vaziyatlarni hal etish
usullari
Maqsad: Rolli o‘yin orqali hamkorlik
munosabatlari haqidagi
tasavvurlarni shakllantirish.
Boshlovchi 10 ta o‘quvchini xonaning o‘rtasiga taklif etadi. Ular ikki
qator bo‘lib, bir-birlariga qarama-qarshi turishadi va ular oldiga
yo‘riqnomaga binoan vazifa qo‘yiladi.
Yo‘riqnoma: "Tasavvur qiling, siz ikkita maktabning vakillarisiz.
Yaqinda fizika fanidan ikki kunlik olimpiada bo‘lishi kerak, lekin
olimpiadaning qaerda bo‘lishi hali aniq emas. Birinchi qator — A tomon
birinchi maktab vakillari, ikkinchi qator esa — V tomon ikkinchi maktab
113
vakillari. Olimpiada kimning maktabida o‘tishi
hozirgi sizning
harakatingizga bog‘liq. Har bir tomondagi o‘quvchi iloji boricha
qarshisidagi sherigini har xil va’dalar, takliflar bilan o‘z tomoniga og‘dirib
olishga harakat qilishi kerak. Lekin bu muloqot so‘zsiz — imo-ishoralar
yordamida o‘tishi kerak. Qaysi tomonga o‘tilsa, olimpiada shuning
maktabida o‘tadi. Buning uchun sizga ikki minut vaqt beriladi".
O‘kuvchilarning muloqoti tugagandan so‘ng bajarilgan vazifa tahlil
etiladi. Ishtirokchilar joylariga o‘tirganlaridan so‘ng boshlovchi bo‘lib
o‘tgan еchim variantlarini flipchartga yozadi.
Ushbu muzokaradagi
munosabatlar quyidagicha bo‘lishi mumkin.
1. A B. A tomon B tomonga o‘tadi va B joyida qoladi.
Munosabatlarning bu turi B nuqtai nazaridan qaraganda raqobat deb
ataladi.
2. A B. A tomon joyida qoladi, B tomon esa A tomoniga o‘tadi. B
nuqtai nazaridan qaraganda bu xil munosabat yon berish deb ataladi.
3. A B. A ham B ham bir-birlarining tomoniga o‘tishmaydi va o‘z
joylarida qolishadi, bu xil munosabat passivlik, ya’ni masalani hal etishdan
qochish deyiladi.
4. A B. To‘rtinchi munosabat tipi kompramist deb ataladi.
Bizning misolimizda olimpiada 3-bir maktabda o‘tkazilishi taklif etiladi.
5. A B. Bu munosabat turi hamkorlik deb ataladi. Va bunda muammo
ikkala tomonning manfaatlari hisobga olingan holda hal etiladi. Ya’ni
olimpiadaning bir kuni bir maktabda, ikkinchi kuni esa ikkinchi maktabda
o‘tadi. Bu holda ikkala tomonning qiziqishlari qondiriladi. Va hech qaysi
tomon o‘zini kamsitilgan deb his etmaydi.
Bu mashq xulosasiga ko‘ra, muloqotning hamkorlik uslubi eng
samarali va konstruktiv bo‘lib hisoblanadi.
Mashg‘ulotning ikkinchi yarmi nizoli
vaziyatlarni hal etishga
qaratilgan bo‘lib, o‘quvchilardan biron-bir nizoli, muammoli vaziyatni
aytish so‘raladi. Ushbu nizoli vaziyatning turli еchimlari o‘quvchilardan
so‘raladi va har bir taklif etilayotgan variant biron munosabat turiga
taalluqli deb topiladi. Odatda, muammoli vaziyat еchimlaridan
hamkorlikka taalluqli bo‘lgan variant nizoni hal etishdagi konstruktiv yo‘l
bo‘lib hisoblanadi. Bir necha nizoli vaziyatlarni
tahlil etish orqali
o‘quvchilardan ushbu xulosa mustahkamlanadi.
Dostları ilə paylaş: