110
Nizoli vaziyatlar o‘yinlari
"Nizoli vaziyatlarni hal etish"
Maqsad: Nizoni bartaraf etuvchi harakatlar namunasi havola
etishdan iborat (ayni holatda bu — o‘z-o‘ziga ishonchli hulq-atvor
ko‘rinishidir). Ishtirokchilarni "ichi puch" nizolarning sabablari bilan
tanishtirish.
"Ijtimoiy xavfli" vaziyatlardan konstruktiv (ijobiy еchim
topgan holda) chiqib keta olish va nizodan
chetda qolish malakalarini
shakllantirish.
Materiallar: Vaziyatlar bayon etilgan 3 xil rangli qog‘ozlar.
Vaziyatlar:
N1: "Tengqurlarining hali biror marta sigaret chekib ko‘rmaganini
mazax qilib ustingdan kulishyapti. Ulardan biri senga: "Sen hali yosh
bolasan va bunday jiddiy ishlar bilan shug‘ullanishga ertalik qiladi", —
dedi. Uning gapi senga juda og‘ir botdi va sen unga javob berishga qaror
qilding.
N2: Xulqi yaxshi bo‘lmagan tengqurlaringdan biri kechqurun
qaerdadir o‘tadigan kechaga seni taklif qilyapti. U bola (qiz) spirtli
ichimlik iste’mol qiladi va hatto sigaret ham chekadi. U senga: "Yur, bir
dam
olib kelamiz, sen axir katta yigitsan-ku (qizsan-ku), uyingdagilar
senga ruxsat berishadi-ku", — deyapti. Bu vaziyat seni bezovta qilyapti va
sen unga rad javobini bermoqchisan.
N3: Agressiv holatdagi kishi ikkinchi — o‘ziga ishongan va e’tiroz
bildirayotgan odamni spirtli ichimlik ichishga undayapti.
O‘yinning borishi: O‘yin 20 minut davom etadi.
1. Boshlovchi ko‘pincha uchraydigan nizoli vaziyatlarning
sabablarini aytadi va ularning oldini olish yoki ulardan chiqishning qadam-
baqadam bosqichlarini sanab o‘tadi.
"Ichi puch" nizolarning sabablari:
Ko‘pincha odamlar o‘rtasidagi nizoli munosabatlarning sababi —
ular bir-birlarini yoki biron muammoga nisbatan sherigining munosabatini
oxirigacha yaxshi tushunmasligi. Bunday vaziyatlarda suhbat kelishish
yo‘nalishida emas, balki o‘zaro talablar qo‘yish darajasida olib boriladi.
Ko‘p
jihatdan, bu xil harakat uslubini tanlashning sababi nizoli
vaziyatlardan chiqish tajribasining yo‘qligi va nizolarni konstruktiv hal eta
olmaslikdir.
Nizoli konstruktiv hal etish uchun har ikki tomonni nima
qoniqtirmayotganligini aniqlab olish zarur. Buning uchun esa bir necha
qadamdan iborat bo‘lgan quyidagi algoritmni o‘zlashtirib olgani ma’qul:
111
***Muammoning mohiyatini
va ayni paytda nimani his
etayotganligingizni tushuntiring. Muammo haqidagi o‘z fikringizni to‘la
bayon eting.
Ushbu vaziyatdan chiqish еchimini, o‘z talabingiz va
iltimosingizni ayting.
***Sizning talabingiz yuzasidan sheringingizning fikrini aniqlang.
*** Sherigingizning samimiy gaplari yoki u taklif etgan еchim uchun
unga tashakkur bildiring.
2. Boshlovchi ishtirokchilar orasidan N3 vaziyatni ijro etish uchun
ko‘ngillilarni chaqiradi va bu o‘yin orqali nizoli vaziyat kelib chiqishining
oldini olish imkoniyati namoyon etiladi. Muhokama.
3. Guruh uchliklarga bo‘linadi.
Har bir uchlikda uchta vaziyat o‘yin
tariqasida ijro etiladi
(har bir ishtirokchi agressiv, nizodan chiqa oluvchi va o‘ziga ishongan
odam rolida hamda kuzatuvchi rolida ishtirok etishi shart).
4. Har bir vaziyat ijro etilganidan keyin kuzatuvchilar o‘z
taassurotlari bilan o‘rtoqlashadilar.
5. O‘yin nihoyasida ishtirokchilar o‘z kechinmalari haqida fikr
almashadilar,
qanday
ijobiy
natijalarga
erishilganligi
yoki
muvaffaqiyatsizliklarning sabablari muhokama qilinadi.
Dostları ilə paylaş: