100
Faoliyatning bu turini amalga oshirishda guruhni 5-8 kishidan iborat
kichik guruhlarga bo‘lish mumkin. Shundan so‘ng kichik guruhlarning har
biriga quyidagicha topshiriq beriladi:
"Birgalikda
ish olib borib, yuqorida sanab o‘tilgan oila
muammolaridan birini tanlab oling va shu asosda 10 daqiqaga
mo‘ljallangan sahna ko‘rinishi tayyorlang.
Har bir guruh turli xil
muammolarni tanlab olishi lozim. Keyin esa ana shu muammoni sahna
ko‘rinishi asosida ochib berishlari lozim. Sizga muammoni tanlash va shu
muammo asosida sahna ko‘rinishi tayyorlash uchun 15
daqiqa vaqt
beriladi".
Bunda boshlovchi albatta har bir guruhning mavzu tanlashida turli
muammolarga murojaat qilishi uchun
ularga maslahat berishi va
tayyorlanayotgan sahna ko‘rinishlarini kuzatib borishi lozim. Muammolar
turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan: oiladagi ota-ona va bola o‘rtasidagi
kelishmovchiliklar, er-xotin o‘rtasidagi nizolar, ajralish,
qaynona-kelin
o‘rtasidagi kelishmovchiliklar, ichkilikbozlik, giyohvandlik muammosi va
hokazo.
Guruh a’zolariga o‘z chiqishlarini namoyish etishlarida turli xil
usullardan masalan: musiqa, raqs, yumor, dramatik o‘yin va h.k.
lardan
foydalanishlari mumkinligini eslatib o‘tiladi.
Guruhlar o‘zlari tayyorlagan sahna ko‘rinishini namoyish etib
bo‘lganlaridan so‘ng ko‘tarib chiqilgan
muammoning kelib chiqish
sabablari va bu muammoni hal qilishning turli еchimlarini barcha
ishtirokchilar tomonidan muhokama qilinishini tashkil qilish kerak.
Muhokamadan so‘ng o‘quvchilarga, hech qaysi oilaviy muammoning
еchimi yagona bo‘lmasligini, oilaviy hayotda
muammo vujudga kelar
ekan, uni albatta o‘sha vaziyat, o‘sha sharoitdan kelib chiqqan holda hal
qilish lozimligini alohida ta’kidlanadi.
Dostları ilə paylaş: