Qayta tiklanuvchi energiya manbalari


Nurni fototermik va fotoelektrik o‘zgartirgichlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/83
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210355
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   83
Qayta tiklovchi energiya manbalari

Nurni fototermik va fotoelektrik o‘zgartirgichlar 
Quyosh energiyasini asosan ikki xilda o‘zgartirish usuli mavjud: 

fototermik; 

fotoelektrik. 
Birinchi, 
fototermik
usul juda sodda bo‘lib issiqlik eltuvchi (odatda suv) 
kollektor (bo‘yalgan, nur yutuvchi quvurlar) da yuqori haroratgacha qizdiriladi va 
xonalarni isitishda foydalaniladi. Kollektor binoning tomiga o‘rnatiladi va unga kun 


136 
davomida quyosh nurini eng ko‘p tushishiga e’tibor beriladi. Issiqlik energiyasining 
bir qismi qisqa muddatli issiqlikni saqlash qurilmalari (issiqlik izolyatsiyasiga ega 
bo‘lgan bochkalar) da to‘planadi yoki uzoq muddatli qishning sovuq kunlarida - 
kimiyoviy saqlanadi. 
Quyosh kollektori
– yuzasi 1 m
2
oddiy tuzilishga ega bo‘lib, bir kunda 50…70 l 
suvni 80 – 90
0
C gacha qizdirishi mumkin. Quyosh kollektori yordamida aholi turar 
joylari, hovlilar, maishiy ob’ektlar va korxona xonalarini isitish mumkin.
Quyosh energiyasidan elektr energiyasini fototermik usulda olishda yarim 
o‘tkazgichli fotoelement-
quyosh batareyasi
dan foylaniladi.
Akademik A.F Ioffening ta’kidlashicha o‘tgan asrning 30-yillarida birinchi 
fotoelektrik qurilmalarning foydali ish koeffitsienti (FIK) 1% atrofida bo‘lgan. Budan 
ancha vaqt o‘tib olimlar o‘z oldiga qo‘ygan vazifani 1950-yilda yerning birinchi 
yo‘doshini kosmosga uchirish orqali amalga oshira oldilar. Bosh energetik manba 
bo‘lib quyosh batareyalari paneli xizmat qildi. Hozirgi kunga kelib, butun dunyoda 
yangi tipdagi quyosh panellari ishlab chiqarish va sotish jadal sur’atlarda olib 
borilmoqda.
 
Quyosh elementlarining ish tartibi 
Quyosh elementlari (QE) quyosh nurini to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektr energiyasiga 
aylantiruvchi materiallardan tayyorlanadi. Aksariyat tijorat namunasidagi quyosh 
elementlari hozirgi paytda kremniy (Si) dan tayyorlanadi. Quyosh elementining 
tuzilishi 6.1-rasmda tasvirlangan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin