Qayta tiklanuvchi energiya manbalari


Vertikal o‘rnatilgan cho‘michli ish g‘ildirakli kichik



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/83
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210355
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   83
Qayta tiklovchi energiya manbalari

 Vertikal o‘rnatilgan cho‘michli ish g‘ildirakli kichik
GES mashina zalining ko‘rinishi 


57 
 
3.16-rasmda vertikal o‘rnatilgan cho‘michli ish g‘ildirakli kichik GES mashina 
zalining ko‘rinishi keltirilgan. 
Ma’lumki, soplolar sonini ko‘paytirish orqali cho‘michli ish g‘ildiragining 
aylanishlar soni va quvvatini oshirish mumkin. Ammo soplodan uzatilayotgan suv 
faqat bir marta bir necha cho‘michga urilishi mumkin. Uzatilayotgan suv 
energiyasidan bir necha marta foydalanish ustida olib borilgan tajribalar natijasida 
Banki turbinasi yaratildi. 
Banki turbinasi, ma’lum masofaga joylashtirilgan ikki dona aylana shaklidagi 
gardishlarga, suv energiyasi quvvatini maksimal qabul qiluvchi shaklga ega bo‘lgan 
parraklar o‘rnatilgan. 


58 
4. SHAMOL ENERGIYASI VA UNDAN FOYDALANISH 
IMKONIYATLARI 
 
4.1. Shamol energetik qurilmalarini qo‘llashning imkoniyatlari 
 
Shamol energiyasidan
mexanik yoki elektr energiyasini ishlab chiqarish 
uchun foydalanish mumkin. Shamol turbinasi (shamol elektrostansiyasi yoki shamol 
energetik qurilmasi) shamolning kinetik energiyasini elektr energiyasiga aylantirib 
berishga xizmat qiladi. Energiya miqdori esa bevosita shamol tezligiga bog‘liq. 
SHamol generatorining standart turbinasi quvursimon po‘lat tirgakda joylashgan uch 
parrakli rotordan iboratdir (4.1-rasm).
4.1 - rasm. Shamol elektrik qurilmasi (elektrostansiyasi) ning tuzilishi. 


59 
Burilish mexanizm rotorni shamol esayotgan tomonga yo‘naltirib turadi. Rotor 
reduktor va asinxron generatorni ishga tushiradi.
Ko‘pgina shamol generatorlari sekundiga 3-4 metrdan yuqori tezlik bilan 
esadigan shamol yordamida ishlaydi va turbina turi hamda shamol kadastriga qarab, 
sekundiga 8-25 metr tezlikda esadigan shamol yordamida maksimal quvvatga ega 
bo‘ladi. Odatda maksimal ishlash tezligi sekundiga 25-30 metrni tashkil etadi. 
Shamol generatorlari olisdan turib boshqarilishi va nazorat qilinishi, alohida 
yoki bir qancha yoxud ko‘plab qurilmalardan iborat yirik shamol fermasi sifatida 
o‘rnatilishi mumkin. Bunday fermalarga birlashtirilgan shamol generatorlaridan 
asosiy energiya tizimi uchun elektr tarmog‘ining yuklamasini boshqarishda 
foydalanish mumkin. 
Shamol generatorlarini ikki turga ajratish mumkin: sanoat va mahalliy (xususiy 
foydalanuvchilar uchun). 
Sanoat shamol elektrostansiyalari davlat yoki yirik energiya kompaniyalar 
tomonidan o‘rnatiladi. Odatda, ular tarmoqqa ulangach shamol elektr stansiyasi 
maqomiga ega bo‘ladi. 
Shamol elektrostansiyalari odatdagi an’anaviy: issiqlik, atom va h.k. dan 
xomashyo va chiqindisining umuman yo‘qligi bilan farq qiladi. Shamol elektr 
stansiyalari (SHES) uchun yagona muhim talab shamolning o‘rtacha yillik 
darajasidir. Zamonaviy shamol generatorlarining quvvati 6 MVt gachani tashkil 
etadi. 
Hozirgi paytda unchalik qimmat bo‘lmagan o‘rtacha narxlarda shamol 
elektrostansiyalarini sotib olib dalahovlilarni yoki qishloq joylardagi uylarni uzoq 
muddatli elektr energiyasi bilan ta’minlash mumkin.
Dunyo iqtisodiyoti instituti ma’lumotlariga asosan oxirgi 30 yillikda jahon 
miqyosidagi elektr energiyaning iste’mol miqdori har 10 yillikda ikki marotaga 
o‘smoqda. O‘sib borayotgan energiya iste’moli esa asosan an’anaviy energiya 
manbaalar - ko‘mir, neft, gaz, torf va suv resurslari hisobiga qondirilmoqda. 
Energiyaga bo‘lgan iste’molchilarning jadal suratda o‘sayotgan talabi o‘z navbatida 
yonilg‘i va energiyaning qimmatlashuviga, yonilg‘i energetika komplekslaridagi 


60 
(YOEK) iqtisodiy va ekologik muammolarning keskinlashuviga olib kelib, tabiiy 
resurslardan tejamli va oqilona foydalanishning yanada asoslangan tartib-qoidalarini 
ishlab chiqishni talab etadi. Shu sababli yil sayin noan’anaviy elektr energiya 
manbaalaridan foydalanishning alternativ usuli sifatida shamol energetikasiga 
qiziqish ortmoqda. Noan’anaviy energiya manbaalarining (quyosh, shamol, 
geotermal, kichik suv oqimlari va h.k.) ma’lum qismini, yagona umumiy elektr 
energiya ishlab chiqarishning 2% ni tashkil etib, 2020-yilga borib davlat tomonidan 
imtiyozli ko‘mak ko‘rsatib uni 4% dan ham oshirish mo‘ljallangan. Qayta 
tiklanadigan energiya manbaalarida shamol energetikasi asosiy o‘rinni egallaydi. 
AQSH ning “Pacific Northwest Laboratory” ma’lumotlariga ko‘ra flyugerning
baladligi 8 - 10 m bo‘lib, shamol tezligi 5,1 m

s li bo‘lgan maydonlar er yuzining 
25% ni tashkil etadi. Iqtisodiy, texnikaviy, ekologik va boshqa cheklanishlarni 
e’tiborga olib 2030-yilga borib shamol elektr stansiyalari (SHES)ning umumiy 
quvvati 450 mln.kVt ga teng bo‘ladi, u yer yuzida ishlab chiqariladigan elektr 
energiyaning 3,5 % ni tashkil etadi. Sanoati rivojlangan va shamol podstansiyalariga 
ega bo‘lgan aksariyat mamlakatlarda, jumladan shamol texnikasidan foydalanish 
rivojlangan va shamol texnikasini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlari ishlab 
chiqilayotgan davlatlarda bu sohani rivojlantirish davlat tomonidan qo‘llab 
quvvatlanib kelgusida undan tijorat usulida elektr energiya ishlab chiqarish 
mo‘ljalangan. 
Daniyada, umumiy elektr energiya ishlab chiqarishning 35% ni shamol elektr 
stansiyalarda ishlab chiqarilgan energiya tashkil etadi.
Niderlandiya 2018-yilda SHES quvvatini 1800 mVt ga etkazilgan, Finlandiyada 
yaqin 5 - 10 yilda 1050 mVtga, Avstriyada 50, Hindistonda 2000, Ispaniyada 40, 
Braziliyada 60 mVt ga etkazish ustida jiddiy ishlar olib borilmoqda. 
Shamol energetikasini rivojlantirishning yirik tadqiqot dasturlarida va ularni 
ishlab chiqarishga joriy etishda alohida mamlakat yoki xudud tadqiqotchilari 
qatnashmoqdalar. Masalan, AQSH shamol energetikasi bo‘yicha taraqqiyot dasturi 
federal byudjet tomonidan mablag‘ bilan ta’minlanib, uni ishlab chiqish ”EPRI” 
elektroenergetika instituti tomonidan amalga oshirilmoqda. 


61 
Energetika vazirligi bilan hamkorlikda yangi texnikani ishlab chiqish, loyihalar 
samaradorligini baholash, shamol turbinalari xarakteriskalarini optimallash kabi 
muammolar echilmoqda. Shu bilan birga dasturda ekspluatatsiya qiluvchi xodimlarni 
o‘qitish, yangi loyihalarni muhokama qilish, Yevropa iqtisodiy jamiyati bilan 
hamkorlikni muvofiqlashtirish masalalari nazarda tutilgan. Kelajakda energetika 
sohasining alternativ energiya manbalari sohasida yangi texnologiyalarni ishlab 
chiqish, yangi shamol turbinalarni yaratish bo‘yicha Yevropaning yirik: Germaniya, 
Italiya, Daniya, Shvetsiya, Shotlandiya, Ispaniya, Gretsiyadagi firmalari hamkorligini 
mustahkamlash ko‘zda tutilgan. Hozirgi paytda shamol energetikasini rivojlantirish 
bo‘yicha yetakchi o‘rinni Germaniya egallagan bo‘lib, quvvati 1,5 mVt bo‘lgan 
SHES larini ishlab chiqarish tijorati bilan 20 dan ortiq firma banddir. Shamol 
energetikasi muammolari bilan 10 dan ortiq institut va tashkilot federal yerlarda 
mashg‘ul. 
1995-yildan boshlab har yili umumiy quvvati 300 - 500 mVt li SHES ishga 
tushirilmoqda. SHES larni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturlarni 
ishlab chiqish va yuzaga keluvchi muammolarni yechish Shvetsiyada ham olib 
borilmoqda. Dasturning mohiyati, SHESlarning quvvati 1 MVtdan yuqori bo‘lgan 
sinfini yaratishga va 2005-yilda havoga chiqariladigan karbonat angidrid gazlarini 
20% ga kamaytirishga erishilgan. Ushbu dasturga binoan Germaniyada quvvati 3 
MVt li SHES qurish mo‘ljallangan. Ushbu dasturni bajarish Daniya mamlakatini jalb 
etish bilan amalga oshirilib ushbu mamalakat, jahonda yirik SHES lar ishlab 
chiqarish tijorati bilan shug‘ullanadi. 
Yevropa iqtisodiy ittifoqi tomonidan mablag‘ bilan ta’minlangan Buyuk 
Britaniya va Ispaniya energiya kompaniyalari, universitetlari, yakka tadqiqot-
chilarining hamkorlikdagi ilmiy izlanishlari ham yirik shamol elektr quril-malarini 
(SHEQ) yaratishga qaratilgan.
Kanadaning Monreal politexnika institutida SHES aylanish o‘qi vertikali 
bo‘lgan turini yaratish ustida izlanishlar olib borilmoqda. Bunday SHEQ bir qancha 
turi tajriba tariqasida sinovlarni o‘tayotgan bo‘lib, ulardan eng kattasining quvvati 4 
MVt dir.


62 
Avtraliyaning Melburn universitetida va Angliyada SHEQ parraklari vertikal, 
sharnir yig‘iladigan xili ustida sinov tadqiqotlari o‘tkazilgan. 
Buyuk 
Britaniyaning chekka tumanlaridan biri bo‘lgan Korrour temir yo‘l 
stansiyasida temir yo‘l stansiyasining elektr energiyasi ehtiyojlari uchun mazkur 
tipdagi shamol generatori o‘rnatilgan. Buning natijasida hozirgi kunda xizmat 
ko‘rsatuvchi xodimlarsiz ishlaydigan stansiya sifatida faoliyat ko‘ratmoqda. Bu erda 
elektr ta’minotining butunlay yo‘qligi va uning oqibatida yorug‘likni ham yo‘qligi 
yo‘lovchilar uchun ertalab va kechqurun poyezdlarga chiqish hamda tushishda 
qiyinchiliklar tug‘dirar edi. SHEQ yordamida elektr energiyai bilan ta’minlanishi 
stansiyaning avtomatik boshqarilishiga imkon yaratdi. 
1993-yilda Shotlandiya temir yo‘l kompaniyasi akkumulyatorlarni zaryadlash 
uchun 2,5 kVt quvvatli kichik shamol generatorni ishlab chiqargan va o‘rnatgan. 
Ushbu qurilma yorug‘lik darajasini o‘lchaydigan datchik va poyezdlar jadvali uchun 
dasturlangan taymerni elektr energiyasi bilan ta’minlamoqda. Tunda bu datchik 
zarur yorug‘likni belgilaydi, taymer esa chiroqning poyezd kelishidan yarim soat 
oldin yonishi va ketganidan so‘ng yarim soat keyin o‘chishini ta’minlaydi. 
Rivojlangan mamalakatlarning (Daniya, Italiya, Yaponiya va boshqa) bir qator 
ilmiy tadqiqot dasturlari, o‘zgaruvchan aylanish chastotasida ishlovchi shamol 
turbinalarini boshqarish muammolarini va ularning asosiy ustunligini baholovchi 
samaradorlik ko‘rsatkichlaridan - shamol tezligi o‘zgaruvchan bo‘lgan paytdagi 
quvvatni oshirish - elektr energiyasini o‘zgartirishdagi (o‘zgartirish boshqaruv 
uskunalari) qo‘shimcha tizim uskunalari va natijada vujudga keluvchi ortiqcha 
energiya isroflari uchun sarflanadigan kapital sarmoyalarni solishtirishga qaratilgan. 
Shamoldan foydalanish bo‘yicha yetakchi o‘rinni AQSH egallagan bo‘lib, 
Kaliforniyada jahondagi eng yirik uchta: Altamont Pass (taxminan 1500 mVt) li, 
Teksachi Pass, San Jorjinio Pass SHES laridan foydalanilmoqda. 
Shamol energnetika komplekslarni boshqa tur energiya manbalari yoki 
akkumlyatorlar bilan uyg‘unligi shamol bor yoki yo‘qligidan qat’iy nazar avtonom 
iste’molchilarni uzluksiz elektr energiya bilan ta’minlaydi.


63 
Xorij mamlakatlarida shamol dizel elektr stansiyalari keng tarqalgan bo‘lib, 
bunday 
tizimlar 
tadqiqotlarini 
Germaniya 
shamol 
energetika 
intitutining 
(ENERCON) firmasi (DEWI tajriba kompleksi) va Fransiyadagi energetikaning 
tadqiqotlash markazi, Avstraliya, Ispaniya, Gretsiya va boshqa mamlakatlardagi 
yetakchi firma va kompaniyalar olib bormoqda. 
Hozirgi paytda shamol energetikasining xususiyat ko‘rsatkichlari 4.1 - jadvalda 
berilgan.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin