Qayta tiklanuvchi energiya manbalari


- jadval. Dunyo mamlakatlari bo‘yicha shamol energiyasidan foydalanish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/83
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210355
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   83
Qayta tiklovchi energiya manbalari

 
4.1.- jadval. Dunyo mamlakatlari bo‘yicha shamol energiyasidan foydalanish 
ko‘rsatgichlari 
Mamlakat, region 
2015 yilda kiritilgan 
quvvat, mVt 
2015 yil oxirida 
o‘rnatilgan quvvat, 
MVt 
AQSH va Kanada 

1685,0 
Janubiy va Markaziy Amerika 
1,05 
11,05 
Amerika qit’asi 
1,05 
1696,05 
Germaniya 
505,29 
1119,37 
Daniya 
78,0 
610,0 
Gollandiya 
94,0 
248,0 
Buyuk Britaniya 
39,50 
189,0 
Ispaniya 
46,5 
122,05 
SHvetsiya 
10,2 
32,20 
Gretsiya 
0,70 
27,40 
Irlandiya 
5,0 
21,48 
Portugaliya 
5,0 
13,50 
Finlyandiya 
1,5 
7,09 
Boshqa Evropa mamlakatlari 
10 
37,60 
Evropa qit’asi 
824,64 
2495,37 
Osiyo qit’asi 
380,0 
618,0 


64 
Avstraliya va yangi Zellandiya 

620 
Boshqa regionlar 
20,0 
63,7 
Jami: 
1225,69 
4878,27 
Shu sababli ko‘pchilik mamlakatlarda shamol energetikasi yagona energiya 
kompleksining alohida tarmog‘i sifatida shakllandi. Hozirgi paytda SHEQ ning 
umumiy o‘rnatilgan quvvati 8000 MVt dan ortiq. SHES lardan olinadigan 
energiyaning narxi AQSH ning ”EPRI” instituti ma’lumotlariga ko‘ra 5-7 
sent

(kVt·s) bo‘lib an’anaviy elektrostansiyalar ko‘rsatkichiga tengdir.
Umumiy xarajatlar bo‘yicha (xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, yonilg‘i) SHES 
larda -1,4 sent

(kVt·s) bo‘lib, u issiqlik elektr stansiyalari (IES)ning ko‘mirda [2,0 
sent/(kVt·s)], gazda [ 2,9 sent/(kVt·s)], mazutda [3,2 sent/(kVt·s)] ishlaydiganga 
nisbatan arzonligi bilan qulaydir. Keltirilgan ma’lumotlar yillik o‘rtacha shamol 
tezligi 5 - 6 m/s bo‘lgan hududlarga taalluqlidir. Shamol tezligining o‘rtacha 
ko‘rsatgichlari bundan yuqori bo‘lgan xududlarda SHES samaradorligi ham 
yuqoridir. Xozirgi kunda bir qator yangi energetika dasturlari qabul qilinib ularda 
qaytadan tiklanayotgan noan’anaviy energiya manbalarini joriy etib tannarxni 
pasaytirish siyosati olib borilmoqda. 
Niderlandiyada yangi energetik siyosatni qo‘llash yo‘li bilan 2020-yilga borib 
yangidan kashf etilayotgan noan’anaviy manbalar hisobiga umumiy elektr 
energiyaning 10% ini olish rejalashtirilmoqda.
Mamlakatning energiya ta’minotida SHES salmoqli o‘rinni egalashi uchun ular 
qurilishini yillik o‘rtacha shamol tezligi 8 m/s bo‘lgan joylarda qurib SHEU quvvati 
1000 kVt dan kam bo‘lmagan qurilmalar bilan ta’minlash joizdir. 
Niderlandiyada shamol energetikasi davlat tomonidan mablag‘ bilan qo‘llab-
quvvatlanib unga etakchi tijorat kompaniyalari ham salmoqli hissa qo‘shmoqda. 
Ishlab chiqaruvchilarga salmoqli foydani nafaqat uskunalar eksporti balki loyihalar 
ham keltiradi. Hozir AQSH da SHEU quvvati 1770 MVt ga yetgan bo‘lib, u


65 
jahondagi jami SHES quvvatining 40% ini tashkil etadi. Buning 1600 MVt dan 
ortig‘i Kaliforniya shtatiga to‘g‘ri kelib qolgan ulush esa boshqa shtatlar bo‘yicha 
taqsimlangan. 
Texas shtatidagi quvvat 42 MVt ga teng bo‘lib, yaqin muddatda uni 255 MVt ga 
yetkazish rejalashtirilgan. Shamol energetikasining rivoji davlat tomonidan amalga 
oshirilib asosan soliq krediti hisobigi qoplanib energetika bozoridagi 0,015 
dol/(kVt·s) ga tengdir. Bu foydada SHES larning ham ulushi bor. Shu sababli dastur 
2030-yilga borib harakatda bo‘lgan SHES quvvatini 10 000 MVt ga yetkazishni 
ko‘zda tutgan.
Xususiy investitsiyalarni jalb etish uchun imtiyozli soliqlar o‘rnatilgan bo‘lib, 
iste’molchilarga esa shamol elektr energiyasi uchun imtiyozlar joriy etilgan. Ushbu 
pul - kredit siyosati SHES quvvatini oshirish va shamol energetikasi rivojlanishi 
uchun omildir. 
AQSH dagi shamol energetikasini rivojlantirish dasturining barcha bandlari 
Milliy koordinatsiyalovchi ko‘mita bilan bog‘lik bo‘lib, u o‘z navbatida xususiy 
kompaniyalar, ishlab chiqaruvchilar, tijorat tashkilotlari va atrof muhitni himoyalash 
jamoatchilik tashkilotlari bilan uzviy bog‘langan. 
1995-yilda Godlend (Koliforniya sht.) shaxrida shamol energetikasi bo‘yicha 
yangi milliy markaz ochilgan bo‘lib, u SHEU ni sinash va sertifikatsiyalash, hamda 
sanoat namunalaridagi parraklarni tekshirishga mo‘ljallangan. Shamol energetikasini 
rivojlantirish dasturi elektr energiya narxini shamol stansiyalarida 1984-yildagi 0,35 
AQSH doll.dan 1996-yilda 0,05 dol.ga arzonlashtirishga imkon bergan. Bunday narx 
arzonlashuvi yirik shamol podstansiyalariga ega bo‘lgan mamlakatlarda ushbu 
sohaning rivojlanishiga zamindir. 
Shu sababli AQSH da yaqin o‘n yillikda tannarxini tushirgan holda elektr 
energiya miqdorini 2 martaga oshirish ko‘zlangan. 
Hozirgi paytda Germaniya shamol energiyasini qo‘llash va shamol energiya 
quvvatlarini ishga tushirish bo‘yicha Yevropada peshqadam davlat sifatida tan 
olingan. SHES da ishlab chiqarilgan elektr energiya mamlakatda ishlab chiqarilgan 


66 
umumiy elektr energiyaning 1% ni tashkil etib, 1996-yildan boshlab ishga 
tushirilayotgan SHEU soni va ularning quvvat birligi yil sayin ortib bormoqda. 
Daniya Yevropada birinchi bo‘lib, 1970-yilgi neft krizisidan keyin elektr 
energiyasini ishlab chiqarish uchun shamol energiyasidan foydalanish maqsadida 
keng miqyosdagi loyihalarni amalga oshirishga kirishdi. 1980-yilga kelib Daniya 
energo sistemaga 614 MVt quvvatli SHES ni qo‘shib peshqadamlikka erishdi. Faqat 
1995-yilda mamlakat 75 MVtli quvvatlarni kiritdi. Ekologik toza shamol energiyasi 
Daniyaning energo tizimlaridan foydalanadigan davlat va tijorat hamda eksport bilan 
shug‘ullanuvchi energiya iste’molchilariga davlatning yordami bo‘ldi. 
Ammo davlat ko‘magi SHEU ishlab chiqaruvchilardan, shamolning tezligi
8 m/s. dan yuqori bo‘lgan rayonlarda issiqlik va atom elektr stansiyalarida ishlab 
chiqariladigan ekvivalent qiymatni pasaytirishni hamda elektr energiyasi narxini 4,7 
sent/(kVt·s) gacha pasaytirishni talab etadi.
1991-yilda jahonda birinchi bo‘lib Daniyada “Vindeby” dengiz elektro-
stansiyasi ishga tushirildi. Uning tarkibida “Bonus” firmasining kuvvati 450 kVtli 
shamol g‘ildiragi 37 metr bo‘lgan 11 ta SHEU mavjud. 
SHES Lolland oroli qirg‘og‘idan 2 - 3 km masofada joylashtirilgan.
Hozirgi paytda SHEU ning birlik quvvati 5 MVt gacha bo‘lgan dengiz SHES 
qurish uchun maxsus dastur tayyorlanmoqda. Daniya ham barcha taraqqiy topgan 
mamlakatlar singari shamol energiyasidan foydalanish bozori mexanizmlarini keng 
rag‘batlantirib kelmoqda. 
Yangidan kashf etilayotgan energiya manbaalarini rivojlantirish asosan 
xususiy va kooperativ mablag‘lar hisobiga ta’minlanib, bir qancha normativ akt va 
hujjatlar bunga undaydi. Yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish uchun mablag‘ 
joylashtirishning aniq shartlari joriy etilgan bo‘lib, u yuqori foyda olish 
imkoniyatlarini kafolatlaydi. Shamol energetikasi SHES laridagi quvvatning ortib 
borish hisobiga rivojlanib, qurilmaning taxtligi 90 %ga teng bo‘lishi shart. Bu esa o‘z 
navbatida banklar va mablag‘ joylashtiruvchi investorlar oldidagi tahlikani 
kamaytiradi. Banklar quvvati 5000 MVt li SHES larni 10 yil muddatgacha mablag‘ 
bilan ta’minlashga tayyor. 


67 
Hindistonning shamol energetikasi dasturi yirik masshtabdagi tijorat SHES 
larni qo‘llashga qaratilgan. Dasturga ko‘ra, SHES larda ishlab chiqarilgan elektr 
energiya narxining an’anaviy usulidagi elektrostansiyalarda ishlab chiqarilgan elektr 
energiya narxi bilan farqini kamaytirish yoki tenglashtirish rejalangan.
Qabul qilingan 8 yillik davrga mo‘lljallangan milliy dastur SHES lardagi 
o‘rnatilgan quvvatni 500 MVt ga yetkazishni ko‘zda tutadi. Olib borilgan ishlarni 
markazlashtirilgan holda boshqarish noan’anaviy energiya manbaalari(MNES) 
vazirligiga yuklatilgan. Texnik siyosatning amalga oshirish va mablag‘ ajratishni 
nazorat qilish Hindiston yangi kashf etilayotgan energiya manbaalarini rivojlantirish 
(IREDA) agentligiga yuklatilgan.
Jahon rivojlanish va taraqqiyot banki IREDA ni mablag‘ bilan ta’minlash 
uchun 195 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya ajratdi. AQSH noan’anaviy 
energiya manbaalarini rivojlantirish maqsadida 2 ta loyihani: 
IREDA faoliyatidagi aniq maqsadli yo‘nalish dasturini rivojlantirish texnik 
yordam loyihasini. 
Quvvati 85 MVt li SHESlarni va umumiy quvvati 87,5 MVt li noan’anaviy
energiya manbaalari moliyalash loyixasini mablag‘ bilan ta’minlashni mo‘ljallagan. 
IREDA SHESlarda elektr energiya ishlab chiqaruvchilarning 5 yilgacha 
muddatga aksiz solig‘i va qo‘shimcha qiymat solig‘idan ozod qildi va elektr 
energiya tarmog‘iga energiya uzatish uchun imtiyozlarini ham berdi. 
SHEU kompleksi importyorlarni esa SHESning maxsus komponentlarining 
importi bilan shug‘ullanuvchilarni 100% bojxona to‘lovlaridan ozod qilib, elektr 
tarmog‘iga energiya uzatishga barcha imtiyozlarini yaratdi. Shvetsiyada alternativ 
energiya manbaali elektr stansiyalarni qurilish muammosini hal etish maqsadida 
Shvetsiya parlamenti a’zolaridan iborat nufuzli komissiya tuzildi. Shvetsiyaning 
energetik siyosatini tadqiqotlagan komissiya, milliy energiya tizimni qayta 
takomillashtirish bo‘yicha yagona dastur tuzishni taklif etdi. Shvetsiyadagi SHEU 
lardan uzatiladigan elektr energiya qiymatiga atrof-muhitni himoyalash xarajatlari 
ham qo‘shilgan. Aniq loyihalardagi elektr energiya narxiga 5% ustama narx qo‘yilib 


68 
bu qo‘shimcha qiymat SHES turbinalarini ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish 
xarajatlarini 25 yil mobaynida qoplab turish uchun mo‘lljalangan. 
Hozirgi paytda Shvetsiyadagi SHEU ayni olingan region uchun boshqa tur 
energiya manbaalari kabi aniq narx qo‘yish mumkin. Tender qatnashchilari uchun 
SHEU loyihasida asosan 2 ta kriteriya asos qilib olingan, ya’ni elektr energiyaning 
limitlangan narxi va shovqinning ortishi mumkin bo‘lgan darajasi. Pirovard natijada 
esa shved shamol bozorida yanada iqtisodiy tejamkor va samarador turbinalar paydo 
bo‘lishi kutilmoqda. 
Xitoy ham ulkan shamol energiya potensialiga egadir. Uning energetik 
potensiali 10 MVt ni tashkil etib, asosan mamalakat g‘arbi, shimoli va qirg‘oq bo‘yi 
regionlariga to‘g‘ri keladi. 
1980-yildan boshlab qishloq joylarida shamol energiyasini qo‘llash 
mamalakatning elektrlashtirish dasturining asosiy qismlaridan biri bo‘lib kelmoqda.
Bu davr moboynida quvvati 10 - 100 kVt li 15 mingdan ortiq SHEU o‘rnatilgan 
bo‘lib, ular avtonom holatda ishlaydi. Yagona elektr tarmoqqa ulanmagan va jami 
umumlashgan quvvati 17 MVt dan ortiqdir. Shamol energetikasi fani va 
texnologiyasining jadal rivojlanayotganligi SHES qurilish texnologiyasi o‘sishi va 
rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shamol agregatlarining ishonchligi 1980-
yildagi 50 % dan hozirgi kunda 90% ga yetdi. 
Xitoydagi shamol elektrostansiyalarida ishlab chiqarilgan yoki generatsiya 
qilinayotgan elektr energiyasining narxi issiqlik elektrostansiyalaridagiga teng, atom 
elektrostansiyalaridagidan esa arzondir. 
SHES larga mablag‘ kiritish har bir kilovvat uchun 10 ming yuanga teng. 
Shamol energetikasini umumenergetikaga qo‘shilishiga qarab bu ko‘rsatkichni 
kamaytirish ko‘zda tutilgan. 
Hozirgi kunda issiqlik elektrostansiyalaridagi har bir kilovatt elektr energiya
uchun narx 10 ming yuan bo‘lib, zamonaviy xorij uskunalarini o‘rnatilayotganligiga 
qaramasdan bu ko‘rsatgich ortib bormoqda. Kichik issiqlik elektrostansiyalaridagi 
qozonlar uchun saflangan mablag‘larni e’tiborga olmagan holda ham elektr 
energiyaning narxi 7 ming yuan/kVt ga tengdir. 


69 
Kichik gidroenergetikadagi o‘rnatilgan har bir kilovatt soat elektr energiya 6 
ming yuanga teng kelmoqda. Ammo shuni e’tiborga olish lozimki, SHES larning 
qurilish muddati juda oz bo‘lib, mablag‘ joylashtirish ham kam fursatni egallaydi, 
ya’ni qurilish tugagach moliyalash ham to‘xtaydi. Qurilishi bitgan SHES lar birinchi 
yilidanoq elektr energiya ishlab chiqarib foyda keltiradi.
Asosiy uskunalarning narxidan tashqari barcha xizmat ko‘rsatish va 
uskunalarni boshqarish uchun xarajatlar yil sayin kamayib boradi. Issiqlik elektr 
stansiyalarida (IES) ishlab chiqarilgan elektr energiyaning 80% i esa yonilg‘i narxiga 
to‘g‘ri keladi va elektr energiyaning tan narxi yonilg‘iga bog‘liq holda doimo o‘sib 
boradi. Shu sababli shamol energetikasi boshqa tur energiyasiga nisbatan ustundir. 
Har xil rayonlarda o‘rnatilgan quvatdan foydalanish turlicha bo‘lib u yil davomida 
2500 soatdan ortiqdir. Odatda katta nominal quvvatli agregati bo‘lgan SHESlarda 
iqtisodiy ko‘rsatgichlar ham yuqoridir. 
Xozirgi kunda Xitoy iqtisodiy yuksalish davrini o‘tamoqda. Yillik ichki milliy 
mahsulot ishlab chiqarishning o‘sishi 9 - 11 % ni tashkil etib, mamlakat janubida bu 
ko‘rsatgich 20% atrofidadir. Iqtisodiy va sotsial farovonlik zamirida elektr energiya 
ishlab chiqarish yotadi. 
Yigirma birinchi asrning boshida Xitoyda shamol elektr stansiyalari umumiy 
elektr energiyaning 0,3 % ishlab chiqarish rejalangan. 
Shunday qilib ko‘pchilik Yevropa mamalakatlari, Amerika va Osiyoning qator 
mamlakatlarida shamol energetikasini rivojlantirish katta masshtabda olib borilib 
davlat tomonidan mablag‘lanadigan milliy dasturlar qabul qilingan. Bir qator shamol 
energetikasi bo‘yicha jamoatchilik va davlat milliy markazlari tashkil etilgan bo‘lib, 
aholi tomonidan shamol energetikasining rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, hamda
pul mablag‘larini ham jalb etishga qaratilgan siyosat olib borilmoqda.
Milliy dasturlar asosan, an’anaviy elektr energiya manbaalari bilan 
raqobatlasha oladigan shamol energetikasini rivojlantirib tijoratlashtirishga erishishga 
qaratilgan.
Shu sababli Xitoyning noan’anaviy energetikani rivojlantirish bosh 
boshqarmasi bosh yo‘nalish sifatida, davlat tomonidan yirik sarmoya kiritilib 


70 
boshqarilayotgan tarmoqda SHES va SHEU laridagi elektr energiya narxini 
pasaytirishni, shamol trubinalari aerodinamikasini yaxshilashni, SHEU larda imkon 
qadar birlik quvvatni ko‘paytirib elektr energiya ishlab chiqarishni ko‘tarishni, SHEU 
ishonchliligi va ishlab chiqarish quvvatini oshirishni, ekspluatatsiya xarajatlarini 
pasaytirib, xizmat muddatlarini uzaytirishni belgilagan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin