Qayta tiklanuvchi energiya manbalari


 Shamolning aerologik va energetik xarakteristikalari



Yüklə 4,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/83
tarix21.10.2023
ölçüsü4,44 Mb.
#159411
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   83
Qayta tiklovchi energiya manbalari

4.4. Shamolning aerologik va energetik xarakteristikalari 
 
Ko‘pchilik shamolni zararli tomonini inobatga olib uni – bo‘ron, uyurma, 
to‘fon, tornado va boshqalar, foydali tomoniga e’tibor ham bermaydi. Shamollar 
buzish va vayronalar keltirib chiqarishi bilan bir qatorda insoniyatga foyda berib 
xizmat qilishi mumkinligi qadim zamonlardan ma’lum bo‘lgan. Shamol kemalarning 
yelkanlarini yoyib, shamol tegirmonlarning parraklarini harakatga keltirib bir necha 
o‘n asrlardan beri insoniyatga xizmat qilib kelmoqda. Insonlar shamol energiyasini 
boshqarishni qadimdan bilib, undan o‘z maqsadlarida foydalanib kelganlar. 
Xitoyda eramizdan 3 ming yil avval sodda shamol dvigatellaridan 
foydalanganliklari fanga ma’lum. Ular bu dvigatellar yordamida suv chiqarib dala 
ishlarida sug‘orish vositasi sifatida foydalanganlar. Keyinchalik bu usuldan 
Niderlandiya dengiz suvini qirg‘oq bo‘ylaridan chiqarib tashlashda foydalanganlar. 
1970-yillardagi neft tanqisligi va buning natijasida kelib chiqqan neft krizisi shamol 
energiyasidan xalq xo‘jaligining turli sohalarida zamonaviy agregatlarni ishlatishga 
va elektr energiyasi olishda foydalanish imkoniyatlari va istiqboli borligini ko‘rsatib 
berdi. Hozirda bu sohada Germaniya birinchilardan hisoblansa, Ispaniya va Amerika 
Qo‘shma Shtatlari ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda bormoqdalar. 2030-yillarga kelib 
Daniyada mamlakat uchun zarur bo‘lgan elektr energiyasining 50 % ini shamol 
energiyasidan olish rejalashtirilmoqda (4.3-rasm). 
1931-yili Qirimda dunyoda eng katta 100 kVt quvvatga ega shamol elektr 
stansiyasi (SHES) ishga tushirilgan. Stansiya Sevastopel shahriga 6300 V berib, 
1942-yilgacha ishlagan. Bu stansiya bir yilda 270 MVt/soat energiya bera olgan. 
Ulug‘ Vatan urishi yillarida Qirim SHES vayron bo‘lgan. Shu davrlarda 1000 va 
5000 KVt energiya bera oldigan SHES larning loyihalari yaratilgan bo‘lib, urush 
tufayli bu loyihalarni amalgam oshirish imkoniyatlari bo‘lmagan. 
1950-1965-yillarda shaxsiy xo‘jaliklarni energiyaga bo‘lgan talabini qondirish 
maqsadida har yili 8-9 ming o‘rtacha quvvatdagi SHES lari ishlab chiqarilgan. 
Dunyo iqtisodiyotidagi so‘ngi inqiroz, energiya manbalari bo‘lmish neft va 
gazni jahon bozoridagi narxini jadallik bilan o‘sishi, qayta tiklanuvchi energiya 


79 
manbalaridan foydalanishga va ularni samaradorligini oshirishga hamda tan narxini 
kamaytirishga katta talablar qo‘ymoqda. Bu qayta tiklanuvchi energiya manbalari 
qatoriga shamol energiyasini ham kiritish maqsadga muvofiqdir. 
4.3-rasm.

Yüklə 4,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin