Qayta tiklanuvchi energiya manbalari


Shamolni o‘lchash usullari va asboblari



Yüklə 4,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/83
tarix21.10.2023
ölçüsü4,44 Mb.
#159411
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   83
Qayta tiklovchi energiya manbalari

Shamolni o‘lchash usullari va asboblari
 
Havoning er sirtiga nisbatan gorizontal harakati 
shamol
deb ataladi. Odatda 
shamolning yo‘nalishi – gorizontning shamol kelayotgan tomoni va uning m/s lardagi 
tezligi aniqlanadi. Meteorologik stansiyalardagi kuzatishlarda shuningdek yo‘nalish 
min
1
p


min
0
p




N
p


2
N
p
p





min
max
3
p





max
p


82 
(doimiy yoki o‘zgaruvchan) va tezlik (bir tekis va kuchayuvchan) bo‘yicha 
shamolning o‘zgaruvchanlik darajasiga sifat xarakteristikalari beriladi. 
 
Anemometrlar. 
Tadqiqot 
vazifalariga 
bog‘liq 
ravishda 
shamolni 
kuzatishning turli asboblari va usullari qo‘llaniladi. Dala sharoitlarida havoning er 
yaqinidagi qatlamida shamol tezligini aniqlash uchun 
kosali, kontaktli va induksion 
anemometrlardan 
foydalaniladi (4.4-rasm).
4.4-rasm.
 Akustik anemometr 
Kosali va kontaktli anemometrlar odatda atmosferaning quyi qatlamidagi 
issiqlik va namlikning turbulent oqimlarini hisoblash uchun zarur bo‘lgan gradient 
o‘lchashlarida qo‘llaniladi. Ular yordamida vaqtning kerakli oralig‘i (bir necha 
minutdan 1-3 soatgacha) uchun shamolning o‘rtacha tezligini aniqlash mumkin. 
Induksion anemometrlar shamolning oniy (2-3 s) tezligini aniqlashda qo‘llaniladi. 
Bunday kuzatishlar, masalan, balans o‘lchagich ko‘rsatkichlariga shamol 
tuzatmalarini kiritish uchun zarur. 
Shamol xarakteristikalarini aniqlash uchun hozirgi vaqtda meteorologik 
stansiyalarda 
anemorumbometrlar 
qo‘llaniladi. Shamolni kuzatish quyidagilarni o‘z 
ichiga oladi: a) vaqtning 2 yoki 10 daqiqa oraliqlarida (o‘lchashlarda 
foydalanilayotgan asbobning texnik imkoniyatlariga bog‘liq holda) shamolning 


83 
o‘rtacha tezligini o‘lchash; b) vaqtning shu oralig‘idagi oniy shamol tezligining 
maksimal qiymatini aniqlash (kuchayuvchi shamol tezligi); v) 2 daqiqa ichidagi 
shamolning o‘rtacha yo‘nalishini aniqlash. Shamol tezligi va yo‘nalishini uzluksiz 
qayd qilib borish uchun 
anemorumbograflardan 
foydalaniladi. Ular yordamida 
shamol tezligining 1 soat ichidagi o‘rtacha qiymati, oniy tezlikning 1 soat ichidagi 
maksimal qiymati va 1 soat ichidagi o‘rtacha tezlikka mos keluvchi shamol yo‘nalishi 
aniqlanadi. 
Shamol 
tezligi 
datchiklarining 
konstruksiyasiga 
bog‘liq 
ravishda 
anemometrlarning quyidagi turlari ajratiladi: 
-
havo oqimining bosimini qayd etuvchi plastinka yoki boshqa shakldagi 
jism (flyuger, shamol o‘lchagich); 
-
shamol ta’sirida vertikal o‘q atrofida aylanuvchi bir nechta kosa yoki 
parraklardan tashkil topgan tizim (rotoanemometrlar, parrakli anemometrlar) 
-
harorati atrofdagi havo haroratidan farq qiluvchi jismlar (issiqlik 
anemometrlari). 

Yüklə 4,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin