Qayta tiklanuvchi energiya manbalari



Yüklə 4,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/83
tarix21.10.2023
ölçüsü4,44 Mb.
#159411
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   83
Qayta tiklovchi energiya manbalari

Rotoanemometrlar. 
Rotoanemometrlarda shakli bo‘yicha yarimsfera yoki 
yarim silindrlarga yaqin keluvchi kosa yoki havo parragi ko‘rinishida tayyorlangan 
«kurakchali» parraklar shamol tezligining birlamchi datchigi vazifasini bajaradi (4.5-
rasm).
 
4.5-rasm
. Rotoanemometr tenglamasini keltirib chiqarish sxemasi 


84 
 
Havo oqimining parrakka bosimi oqim tezligi qancha katta bo‘lsa, parrakni 
shuncha tez aylanishga majbur qiluvchi aerodinamik kuch momentini hosil qiladi. 
Biron yo‘l bilan parrakning aylanish tezligini o‘lchab, uni aylanib o‘tuvchi havo 
tezligini aniqlash mumkin. 
Shunday qilib, aylanish tezligini o‘lchovchi taxometr rotoanemometrning 
ikkilamchi datchigi vazifasini bajaradi. 
Aniqlik maqsadida to‘rtta kosali parrak uchun havo oqimining tezligi va 
parrakning aylanish tezligi orasidagi bog‘liqlikni o‘rganamiz 
Tretyakov shamol o‘lchagichi 
 
Bu asbob dala sharoitida shamolning tezligi va yo‘nalishini aniqlashga xizmat 
qiladi. Flyuger kabi bu asbobning ishlashi ham erkin osib qo‘yilgan qoshiqsimon 
shaklli metall plastinaning aylanishiga asoslangan (4.6 - rasm). Shamolning 
yo‘nalishi flyugarka yordamida aniqlanadi. 
4.6-rasm
. Tretyakovning shamol o‘lchagichi
 
Asbob quyidagi tuzilishga ega. Uchli nayza bilan tugovchi vertikal o‘q 1 da 
rumblarning nomi tushirilgan sakkiz qirrali yig‘ma yulduz 2 mahkamlangan. 
Kuzatishlarda hisoblash oson bo‘lishi uchun yozuvlar yulduzning pastki yuzasiga 
tushirilgan. Vertikal o‘q 1 ga kichkina silindr 3 yordamida 5 posongili flyugarka 4 va 


85 
o‘zaro 76° burchak ostida qattiq mahkamlanib, o‘q 8 da erkin aylana oladigan 6 va 7 
plastinkalardan iborat harakatchan tizim kiydiriladi. Flyugarka 4 qirqimlarga ega 
bo‘lgan to‘lqinsimon egilgan plastina ko‘rinishida tayyorlangan. Posongi 5 sharnirli 
tirsak 9 ga ega va asbob qutiga yig‘ilgan vaqtda yuqoriga ko‘tariladi. Plastinka 6 ning 
pastki qismida uchli nayza ko‘rinishidagi ko‘rsatgich 10 o‘rnatilgan bo‘lib, 
qoshiqsimon ko‘rinishga ega va botiqlik tomoni bilan shamolga qaratib qo‘yilgan. 6 
va 7 plastinkalarning o‘rta qismida qirqimlari bor. 
Shamol ta’sirida butun tizim shamol bo‘ylab buriladi hamda 6 va 7 plastinkalar 
kuzatish vaqtidagi shamol tezligiga bog‘liq holda biror burchakka og‘adi. Plastinka 6 
ning ko‘rsatgichi 10 flyugarka tekisligiga tushirilgan shkala bo‘ylab harakatlanadi. 
Bu shkala bo‘limlariga shamolning m/s lardagi qiymatini ifodalovchi 0, 1, 2, 3, 4, 5, 
6, 7, 8, 9, 10 raqamlari tushirilgan. 
Bu shamol o‘lchagichning shkalasi V.D.Tretyakov tomonidan tajribada 
aerodinamik trubada berilgan shamol tezliklarida qoshiqsimon plastinka 6 ning og‘ish 
burchagini ko‘p marta aniqlash yo‘li bilan hosil qilingan. 
Tretyakov shamol o‘lchagi yordamida kuzatishlarni o‘tkazish
. Yog‘och tayoq 
vertikal o‘rnatiladi va unga yo‘nalish ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan o‘q 1 kiydiriladi. 
Bundan keyin asbobning harakatchan qismi – flyugarka kiydiriladi. Kompas 
yordamida yulduz 2 ning uchlari dunyo tomonlari yo‘nalishida o‘rnatiladi. 
Kuzatishlar oldidan vertikal o‘q 1 ni, shuningdek flyugarka hamda 6 va 7 
plastinkalarning harakatida ishqalanishning yo‘qligini tekshirish lozim. 
Asbob o‘rnatilganidan so‘ng kuzatishlarga kirishiladi. Shamolning yo‘nalishini 
aniqlash uchun flyugarka posongisi 5 ning ko‘rsatgichi holati 1-2 daqiqa davomida 
kuzatiladi va uning o‘rtacha holati yozib olinadi. 
Shamolning tezligi shamolning yo‘nalishi aniqlangan vaqt oralig‘i uchun 
ko‘rsatgich 10 ning shkaladagi o‘rtacha holati bo‘yicha aniqlanadi. Shamol 
o‘lchagichning aniqligi shkalaning 1-6 m/s oralig‘ida 0,5 m/s, bundan katta 
tezliklarda 1 m/s ni tashkil etadi. 


86 
10 m/s dan katta shamol tezliklarini o‘lchash uchun plastinka 7 ning o‘rtasiga 
tilcha yordamida yuk qo‘yiladi. YUK bilan kuzatishlar olib borilganda shkala 
bo‘yicha hisoblangan barcha shamol tezliklari ikkiga ko‘paytirilishi kerak. 
Kuzatishlardan keyin asbob sochiladi va yassi yog‘och qutiga joylanadi. 
Dala sharoitlarida kuzatishlarga mo‘ljallangan Tretyakov shamolo‘lchagichi 
qo‘l anemometrlaridan ustunlikka ega. Uning ko‘rsatkichlari vaqt o‘tishi bilan 
o‘zgarishi mumkin bo‘lgan o‘tkazish ko‘paytiruvchilariga bog‘liq emas. Dala 
sharoitlarida asbobni tekshirish va o‘tkazuvchi ko‘paytiruvchilarning o‘zgarish 
qiymatlarini aniqlab bo‘lmasligi tufayli bu holat dala kuzatishlarida muhim 
hisoblanadi. 
Tretyakov shamol o‘lchagichi ko‘rsatkichlarining to‘g‘riligini saqlash uchun 6 
va 7 plastinkalar orasidagi burchakning doim bir xil, ya’ni 76° ga teng bo‘lishini 
nazorat qilish kerak bo‘ladi. Faqat shu burchakdagina shkala o‘z qiymatini saqlab 
qoladi. SHuningdek 6 va 7 plastinkalar shaklining o‘zgarmasligiga ham ahamiyat 
berish lozim. 
Ta’kidlash lozimki, Tretyakov shamolo‘lchagichida etarli sezgirlikni saqlagan 
holda yo‘nalish ko‘rsatgichi va shamol kuchining tebranishlarini kamaytirish 
choralari ko‘rilgan. Shakli bo‘yicha plastinka 6 dan farq qiluvchi yuqoridagi plastinka 
7 plastinka 6 ning dinamik posongisi hisoblanadi va shamolning kuchayishlarida 
shamol tezligi ko‘rsatgichining tebranishlarini kamaytirishga xizmat qiladi. 
Flyugarkaning dum qismi uning tebranishlarini tinchlantirish maqsadida to‘lqinsimon 
shaklda yasalgan. 

Yüklə 4,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin