95
dvigatelining quvvat tebranishini silliqlash va generator klemmalarida normal
kuchlanish kattaligini ushlab turishdan iboratdir. Shamol dvigatelining aylanishi
pasayganda
generator
klemmalaridagi
kuchlanish
tushib
ketadi.
Agarda
akkumulyator batareyasi normal zaryad holatida bo‘lsa, uning kuchlanishi
generatordagiga qaraganda katta bo‘ladi. Shu sababli u shamol dvigatelini tokning
kamayishi xisobiga yuklamani bir qismini o‘ziga oladi. Bu bilan birga uning
aylanishi oshadi va generator kuchlanishi tiklanadi.
Izolyatsiyalangan turdagi shamol elektr stansiyalari sezilarli darajadagi
kamchilikka ega bo‘lib, u energiyani bir tekisda uzatishni ta’minlash uchun
akkumulyator va zaxira issiqlik dvigatelini o‘rnatish kerakligidan iboratdir. Buning
natijasida o‘zgarmas tokning katta quvvatli shamol qurilmasini amalga oshirish qiyin
bo‘lsa, olinadigan energiyaning tannarxi juda katta bo‘ladi. Izolyatsiyalangan turdagi
shamol qurilmasini energiyaning boshqa manbalari qimmat bo‘lgan joylarda
o‘rnatish maqsadga muvofiqdir. Biroq mazkur shamol qurilmalari agarda ular
mexanik uzatma bilan ishlasa, elektr energiya esa yordam maqsadida ishlab chiqarilsa
(xizmat qiluvchi xonalarni yoritish, zaryadlash va boshqalar) foydali bo‘lishi
mumkin. Bu holatda katta sig‘imdagi akkumulyator kerak bo‘lmaydi.
Elektr yoritish va motor yuklamaga xizmat qiluvchi shamol qurilmalar ham
mexanik ham elektr mashinalardagi yo‘qotishlarga ega bo‘ladi, ya’ni foydaliligi
kamroq bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: