Qayta tiklanuvchi energiya manbalari


Shamol elektrostansiyalarining iqtisodiy ko‘rsatkichlari va istiqbollari



Yüklə 4,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/83
tarix21.10.2023
ölçüsü4,44 Mb.
#159411
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   83
Qayta tiklovchi energiya manbalari

4.7. Shamol elektrostansiyalarining iqtisodiy ko‘rsatkichlari va istiqbollari 
 
Hozirgi kunda shamol generatorlari bozorida 0,5-3 MVt quvvatga ega 
turbinalar xaridorgir. Kelajak bashoratlariga ko‘ra, shamol generatorlarining o‘rtacha 
quvvati 2020-yilga borib, 5 MVt gacha ko‘payadi. Ayni paytda shamol 
generatorlarining ishlash muddati 30 yilni tashkil etadi. 
Shamol generatorlarining narxi taxminan 0,93-1 AQSH dollari/Vt.ni tashkil 
etadi. 2010-yilda narxni 0,80 AQSH dollari/Vt. ga, 2020-2030 yillarda esa 0,65 
AQSH dollari/Vt.gacha kamaytirish kutilmoqda. 


96 
Kichik shamol generatorlari elektr ta’minotidan uzoqda joylashgan tumanlarda 
maishiy iste’molchilar va qishloq tumanlarini mustaqil elektr energiyasi ishlab 
chiqarishni ta’minlash uchun foydalanish mumkin. Buning uchun 100 Vt va undan 
yuqori quvvatga ega ishonchli shamol generatorlari mavjud.
Kichik shamol generatorlari yaxshi loyihalashtirilgan minora, nazorat tizimi va 
zaxira ta’minot manbaiga ega bo‘lishi kerak. Bu manba akkumulyator ko‘rinishida 
ta’minlanishi mumkin, biroq mos keladigan energiya manbai mavjud bo‘lsa, gibrid 
tizimlardan ham foydalansa bo‘ladi. Bunday manbalar dizel generatorlari, quyosh 
fotoelektr tizimlari, kichik GES lar yoki kichik biogaz reaktorlari bo‘lishi mumkin. 
Odatda kam quvvatli shamol generatorlaridan yorug‘lik bilan ta’minlash, kam 
quvvatli muzlatgichlar, radiotelevizion moslamalarni, shuningdek, elektr nasoslarni 
ishlatish uchun foydalaniladi. 
1 kVA dan kam quvvatli shamol generatorining narxi taxminan 0,6-2 AQSH 
dollari/kVt soat, 1 kVA dan ortiq quvvatga ega shamol generatorlarning narxi 0,4 -
1,6 AQSH dollari/kVt soatni tashkil etadi. 
4.8. Shamol elektr qurilmasidan uy joylarni ta’minlashda foydalanish 
 
Shamol
elektr qurilmalari uy-joylarni isitish, yoritish, shamolatish, sovutish, 
uy-ro‘zg‘or anjomlarini ishlatish, xo‘jalikdagi uskunalar, issiqxonalarda o‘simliklarni 
o‘stirish, parvarishlash, mikroiqlim muhitini yaratishda markazlashgan elektr 
ta’minot tarmoqlardan olinadigan energiyani tejashga imkon beradi.
Ammo
faqat shamol elektr qurilmalari yordamida yuqorida keltirilgan 
jarayonlarni amalga oshirishni to‘liq rejalashtirish o‘ta murakkab masala hisoblanadi. 
Buning uchun shamol qurilmasi parragining diametri 20 metrdan ortiq bo‘lib, shamol 
doimo esib turishi kerak. 
Bundan tashqari shamol esishining notekisligini bartaraf etish maqsadida 
generatsiyalovchi 
va 
shamolni 
yumshatuvchi 
qurilmalar 
(stabilizator)larni 
qo‘shimcha qurish kerak bo‘ladi. Bu esa murakkab vazifadir.


97 
Xonadonlar uchun sodda tuzilishga ega bo‘lgan shamol elektr qurilmasini 
yasash mumkin. Buning uchun shamolning tezligi va shamol g‘ildiragining 
diametrini bilish kerak bo‘ladi. Respublikamizning quruq iqlimli hududlarida
(1,1...1,3 jadvallar) shamolning tezligi 5 m/s dan 15 m/s gacha, o‘rtacha tezligi esa 
1,3 ... 4,2 gacha. Shamolning esish vaqti esa yil davomida 2 kundan 64 kungachani 
tashkil etadi. 
Shamol generatorining muhim xususiyati uning - shamol energiyasidan 
foydalanish koeffitsienti (SHEFK) hisoblanadi. Eng yaxshi shamol generatori 
namunalarida ushbu ko‘rsatkich 60...80% (o‘rtacha 40... 45%) ni tashkil etadi. 
Havaskor hunarmandlar tomonidan tayyorlangan qurilmalarda SHEFK 35% ni 
tashkil etadi.
Bunday holatda shamolning tezligi 5 m/s bo‘lganda: 35 · 90 = 31,5 Vt quvvatni 
olishimiz mumkin.
4.6 – jadvalda, suratda havaskor hunarmandlar tomonidan yasalgan shamol 
qurilmasining quvvati kilovattlarda (SHEFL = 35%), maxrajda parrakning aylanish 
tezligi ayl/minut 
Z = 6
ayl/min bo‘lganda. Shamol qurilmasining quvvati parrakning 
diametri va shamolning tezligiga bog‘liq holda o‘zgaradi.

Yüklə 4,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin