4.9. Shamol generatorini hisoblash
Shamol generatori o‘rnatiladigan joy xususiyatidan kelib chiqib shamolning
yo‘nalishini va tezligini aniqlash kerak. Shamol generatorining maksimal samara
bilan ishlashi uchun parragining boshlang‘ich aylanish tezligi 2 m/s bo‘lishi va
generatorning tezligi 9 … 12 m/s bo‘lishi talab etiladi. Shamol generatorining
quvvati shamolning tezligi va parragining diametriga bog‘liqligini esdan
chiqarmaslik kerak.
Jixozni tanlash uchun shamol generatorini o‘rnatilishi kerak bo‘lgan joyga
aniq yo‘nalishni va o‘rtacha shamol tezligini aniq belgilash kerak. Shuni esda tutish
kerakki, shamol generatorlarining pichoqlari aylanish tezligi 2 m/s, generator
maksimal rentabellik bilan ishlayotgan tezlik esa 9-12 m/s dir. Yana bir izoh, shamol
98
generatorining quvvati shamol tezligiga va vintning diametriga bog‘liq. Maxsus
adabiyotlarda hisoblash uchun bir qancha formulalar ishlab chiqilgan. Ushbu
formulalardan ikkita eng oddiy formulani keltiramiz. Ularning har biri ham bir xil
natija beradi.
кВt
V
D
P
,
1000
3
2
Bu yerda R - quvvat, kVt;
D - vint (parrak) ning diametri, metr;
V- shamolning tezligi m/s.
Вt
V
S
P
,
65
,
0
3
Bu yerda R - quvvat, Vt;
S - shamol esadigan perependikulyar yuza, (m
2
)
V - shamolning tezligi, m/s (formulada m
3
).
Shamol o‘rtacha tezligi ma’lum bo‘lganda tanlash vint (parrak) ning diametriga
asosan amalga oshiriladi. Bundan tashqari hisoblarni talab etiladigan quvvatga qarab
bajarish mumkin.
Agarda ushbu ma’lumotlar mavjud bo‘lmasa quyidagi holatlar o‘rinli bo‘ladi:
♦ boshqa energiya manbaini qidirish kerak;
♦ bir qancha shamol qurilmalarini qurish kerak.
|