129
Ushbu tipdagi kollektor juda ko‘p joylarda ishlatilishi mumkin. Qurilma qora
rangga bo‘yalgan oddiy metall bochkadan iborat bo‘lib, u juda sodda konstruksiyaga
ega. Qurilma ichidagi suv kun davomida qiziydi va undan kechqurun foydalanish
mumkin (5.18-rasm). Qurilma sodda tuzilishga ega va samaradorlik ko‘rsatkichi ham
juda past. Ish samaradorligiga salbiy ta’sir etuvchi omillarga quyidagilarni kiritish
mumkin.
Qurilmadagi suv qizdirish bochkasining issiqlik tushish yuzasi juda
kichkinaligi (bochkaning hajmiga bog‘liq) suv isishi juda sekin. Bochkaning
tashqarisida issiqlikdan muhofaza qavati bo‘lmaganligi sababli suv qisqa muddatda
juda tez soviydi. Kechqurun va ertalab ushbu qurilmadagi suvning sovib qolishi
sababli har doim ham undan samarali foylanib bo‘lmaydi.
5.18-rasm
.
Dostları ilə paylaş: