Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli
@BookBek
"Sizni qancha kerak bo’lsa, shuncha kuta olaman... "
Mariya ishlaydigan kutubxonaga faqat kitob olgani borardim.
Mariyani, garchi u yonimga kelishga va’da bermagan bo’lsa ham, to’rt
yil kutdim.
Keyinchalik bildim: meni bir kuni o’zidan sovib, taqdirga tan berib
ketadi, deb o’ylagan. Ammo men o’z tanlovimda qat’iy edim. Bu bir
qarashdagi oniy muhabbat bo’lmay, azal-azaldan men uchun yaralga
xilqat edi. O’sha ilk ko’rgan paytimdayoq mana shu qizg’ish sochli ayol
mening rafiqamga aylanadi, deya o’yladim. Shunday bo’lib chiqdi ham.
Menga
uning hech narsasi emas, o’zi kerak ed. U menga
farzandlar tug’ib berishi va uyimni osoyishtalikka to’ldirishi, ikkimizni
uchrashtirgan yo’lda doimiy hamrohim bo’lishi...
Bu kabi rejalar
umuman xayolimga kelmagan. Har qanday sharoitda ham birga
bo’lishimizga chuqur ishonch boshqa har qanday shubha-gumonlarni bir
chetga supurib tashlagandi. O’zimni ovutishim mumkin edi, lek
hislarimni alday olmasdim...
Mariya bilan uchrashuvim - bu umid yo’qday tuyulgan paytda xam
ikkilanishdan xoli bo’lganim edi.
Men ishonardim. Azal-azaldan hayot yo’limiz
biz istagan
chorraxada kesishishini bilardim. Yo’llar ayroligida ishora qiluvchi
sabablar etarlicha edi, biroq barbir ishonardim.
O’z taqdiri bilan uchrashishga xar kimsa loyiq. Lek bu narsa
xamma taqdir peshonada xam sodir bo’lavermaydi.
Ayrimlarda
iroda etmaydi, tanlagan yo’lini boshqa so’qmoqqa
buradi. Boshqalari esa hafsala qilmaydi. O’tmishning muvaffaqiyatsiz
tajribasini o’z kuchini ko’rsatadi. Kimdir esa boriga baraka qilgancha
taqdir in’om etganidan ortig’iga umid qilmay qo’yadi.
Sening dunyoga kelishing Mariya ikkimizning oramizdagi ittifoqni
yanada mustahkamladi. Biz bir-birimiz va ishimizga shu qadar mahliyo
edikki bir kun farzandli bo’lishimiz hayolimizga xam kelmagandi.
Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli
@BookBek
Muhabbatni do’stlik va ehtirosning ajoyib uyg’unligi
deb atab yurgan
ekanmiz.
Muhabbat - bu oila ekan. Qanday tushuntirsam ekan senga,
ehtirosga to’la yuraklar aqilligining bir qumg’on atrofida, bir qo’rg’on
ostida faravon hayot kechirish ekan. Hullas hayot bizga mo’jiza ato edi.
Bu sen eding...Bizning qalbimiz va vujudimiz qovushib, yagonalik
kasb etdi. Hayot so’qmog’imiz umumiy yo’lga aylandi. To’g’ri, bu yo’l
bir tekis emas. Ba’zan xatolarga yo’l qo’yganimiz rost.
Biroq iloji
boricha qumg’ondagi gulxanni o’chirmadik, qo’rg’on soyasidan chetga
chiqmadik, seni sevishdan asrashdan to’xtamadik.
Mariya seni tebratayotib xavotirga tushadi. Men bunga javoban
jilmayib qo’yaman.
"Qizimizdagi o’zgarishlar kun
sayin shu qadar tezlashmoqdaki,
qani endi iloji bo’lsa-yu, vaqtni to’xtata olsa, to’yib-to’yib tikilib
boqsam... "
Uyqu elitayotgan ko’zlaringni ochgancha tabassum qilasan.
Shunday ota-onang borligidan baxtiyorsan go’yo. Bizga hech narsa
bundan ortiq baxt tortiq qilmagan...
Dostu, baxtga eltuvchi yo’llardagi g’ovlar - ongosti saroblari, qo’
rquvlar - puch xavotirlardan o’zga narsa emas. Orzularimiz - bizlarning
haqiqiy voqeiyligimiz.
Seni sog’inib,
Dadang
Dostları ilə paylaş: