Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli
@BookBek
Ammo oldimizdagi gʻovdan keyin bizni nimalar kutib turganligini
yodga oldim: baxt qasrimizga aylanajak oppoq uy, bepoyon toʻlqinlarga
ega ummon, apgʻuvon taxta ustidagi issiq non xidi, Van Gogning kamin
ustidagi chorcho’pli “Lolalar dalasi”, asrandixonada bizlarni kutayotgan
Marsning tumshugʻi va yana ko’p narsalar ko’z oldimga keldi va gazni
bosdim. Olgʻa!
Agar o’shanda biz o’tmishga qaytganimizda ko’p narsalarni
qo’ldan chiqarardik. Bu xatlar ham bo’lmasdi. Aynan qoʻrquv, ha,
ko’pchilik o’ylaganidek zulm emas, qoʻrquv va hadik muxabbatning asl
qiyofasini to’sadi. Shuningdek, agar qoʻrquvni boshkara olmasang,
ilohiy iqtidor ham tavqi laʼnatga evrilib, vayronagarchiliklar olib kelishi
mumkin.
Dostu qizim, yoshing bir joyga borib
aolganida hayot saboqlarini
qabul qilish qanchalar qiziqarli ekanini bilasanmi? Odamning ulkan
joxilligi – barcha - barchasini boshidan kechirgani va his qilganligiga
boʻlgan ishonchi. Bu esa haqiqiy keksalik va o’limdir. Keksalik deganim
ajinlaru oqargan sochlar emas, oʻlim deganiyam nafas olishdan to’xtash
degani emas. Bu o’lim kurashdan iborat hayot sahnasidan qoʻl siltab
ketmoq...
Bizning asrandixonada tasodifan
tanishib qolgan Jan ismli
psixolog doʻstimiz bor. Biz Marsni, u esa dumsiz malla mushukni olgani
borgan ekan. Yaqinda Jan odamlar orasida o’z hayotlaridan qoniqish-
qoniqmasligi to’gʻrisida so’rovnoma oʻtkazdi. Ko’pchilik ijobiy javob
berdi. Shunda Jan navbatdagi savolini berdi: “Sizlar
shu holatda yana
yuz yil yashashni xoxlaysizmi?” Javob o’rnida kishilarning yuzlari
burishib ketdi.
Odamlar shodon yashagan hollarida ham o’z-o’zlaridan bezor
bo’lib ketishadi. Ular o’zlari ko’nikkan
shart-sharoitlaridan, muqaddas
bilgan e’tiqodidan, yaxshi-yomon a’mollaridan, qolaversa mehr-
muhabbatidan evaziga biror narsa kutishadi.
"Hayot-shunchaki yo’l. Odimlashdan lazzat ol! "
Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli
@BookBek
Jan
tabassum bilan bizni uyiga, piyozli piyova sho’rva ichishga
taklif qiladi. Mehmondorchilikni keyingi yakshanbaga qoldirdik. Balki,
bizga qo’shilarsan?
Kutib qolamiz...
Dadang
Dostları ilə paylaş: