Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli


  Nega odamlar orzumandligidan uyalishadi?



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/26
tarix22.03.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#89012
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
Qaytganimda uyda bo l

14 
Nega odamlar orzumandligidan uyalishadi? 
Dostu,
beshinchi kundirki yozmayapman, kechir. Uyga juda kech 
qaytayapman, ozgina tamaddi-yu, Mariya bilan bir-ikki og’iz 
gaplashishgagina holim yetadi, xolos, keyin esa toshdek qotaman. 
Novvoyxonada ish boshdan oshib yotibdi, kengayapmiz. Endi bizda 
tandir ham bor, elektr bilan ishlaydigan temir tandir emas, haqiqiy loy 
tandir, unda ham nonlar, patirlar yopamiz.
Xuddi tepasi kesib olingan gumbazga o’xshaydigan loy tandirni 
sariq tuproqdan yasashadi. Bunday tandirni ozgina o’tin bilan ham 
yaxshilab qizitsa bo’ladi, issiqni yaxshi ushlaydi.
Amir tandirni oqartirib, silliq yuzasiga bir-ikki hovuch suv sepadi 
va qo’liga rapida taqqancha yapaloq aylana nonlarni tandirga yopishtirib 
chiqadi. Tasavvur qilasanmi, bu xom nonlar qip-qizil cho’g’lar ustiga 
uzilib tushmasdan, ikki tomoni ham qizarib pishadi. O’n daqiqalardan 
so’ng qizargan nonlarni maxsus nonuzgich bilan uzib chiqadi.


Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli 
@BookBek 
Amirga tandir yasashni yaqin-atrofida to’qqiz xil iqlim 
qo’shnichilik qiladigan mamlakatda yashaydigan tog’asi o’rgatgan. U 
yerlarda o’tin degani taxchil ekan. 
"... Kuzda otam meni paxta teeish uchun tog’amnikiga yuborardi. 
U yerdagi odamlar tushlikka taklif qilishda "yuringlar, non yeymiz" 
deyishadi. Bu joylarda "non" va "yeyish" so’zini bir-biridan ko’pincha 
ajratolmaysan. Ochiqko’ngil, mehribon, kezi kelganda juda soddadil, bir 
so’z bilan aytganda, g’aroyib odamlar, ajoyib xalq... " 
Nega odamlar o’zining orzumabdligidan, muloyimligi va boshqa 
fazilatlaridan uyalishadi? Bunday tuyg’ularini soddadillik alomatidan 
deb bilib, qo’pollik va qo’rslik, ayyorlik va tilyog’lamalikni - siyosat 
deya atashadi.
Qoidaga ko’ra issiqqina tandir nonini qo’zi terisidan tayyorlangan 
meshda to’qson kun saqlangan qo’y suti pishlog’iga qo’shib yeyishadi. 
Buning uchun terini jundan tozalashadi, oshlashadi va teskariga 
ag’darishadi.
Kecha 
Amirga 
shunaqa 
pishloqdan 
keltirib 
berishdi. 
Novvoyxonada men ham bor edim. Qandaydir o’ziga xos hidini 
aytmasa, juda mazali. Amir xirgoyi qilguncha pishloqni kesishga tushdi.
"Uyida noni borning ko’nglida g’am na qilsin!"
Men tandirda non yopishni endi o’rganayapman, xamirini esa 
deyarli o’rganib oldim. Bu xamir yumshoqroq bo’lishi kerak. Buning 
uchun un, suv, quruq xamirturush, tuz, bir qoshiqcha shakar va o’simlik 
yog’i ishlatiladi. Amir zuvalalarni shaklga keltirib, kaftining qirrasi bilan 
ularning yon tomoniga izlar solgancha yapaloqlaydi, nonparga yuzini 
urib, sirtiga tuxum sarig’i suradi, keyin nonparga teskari urib, sirtiga suv 
sepalab-ishqab tandirga yopishtiradi. Tandirnonning sirti qisirlagan 
bo’lib, rangi tillarang tus oladi. Yopishib qolmaydi ham. 
Dostu, bugun qo’qisdan buvim bilan olmali somsalar yopganimizni 
eslab qoldim. Pechdan chiqayotgan iliq ifor, stoldagi un uyumi. Un 
changidan burnim qichishaverib rosa aksirgandim. O’sha kundagi 


Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli 
@BookBek 
boshqa tafsilotlarni ham eslashga rosa harakat qildim, bolmadi. Endi 
men uchun muhim bo’lgan ko’plab tafsilotlar xotiramdan o’chib 
bormoqda.
Xotiralarimda men bir paytda o’zi qo’limga kelib tushgan baliqli 
irmoqni eslayman. Nimagadir u qorni bilan tepaga to’ntarilib qolgandi. 
Keyin ularning ko’pligini bilib qoldim. Qanday zo’r! Qarmoqqa soatlab 
qarab o’tirish ham kerakmas. Apil-tapil ularni tergilab olgancha uyga 
chopdim. Oyim esa o’limtik baliqni axlat chelagiga tashladi. Men 
ko’zlarim to’la yosh bilan axlat chelagidagi kumushdek baliqlarga 
termulardim.
Baʼzan o’tmish hayotingni chidab bo’lmas darajada ajoyib qilib 
tashlaydi. Shu darajada ajoyibki, bunga ayrimlar toqat qilolmaydilar 
ham.
Sog’inch azobiga chidolmayotgan...
Dadang. 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin