Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli


  Tirik narsalar o’zgarib turishga mahkum



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/26
tarix22.03.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#89012
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
Qaytganimda uyda bo l

11 
Tirik narsalar o’zgarib turishga mahkum... 
Dostu,
tush mahali Amir bilan masjidda bo’ldik. Bugun uning ota-onasi 
tug’ilgan kun. Ular bir kunda, uch yil farqi bilan vafot etishgan. Ular 
Amirning vatanida, behizorlar bilan qurshalgan qishloqda dafn etilgan.
Mening do’stim ota-onasini, o’z vatanida qoldirgan barcha 
narsalarini sog’inadi. U yerda yetti yildan beri hukumat qo’shini va 
qurollangan muholifatchilar orasida ayovsiz uzrush bormoqda. 
Muholifatchilar o’z hukmronligiga olgan yerlarda qullikni joriy 
qilishgan. Naq yigirma birinchi asrda-ya! 
"Urush tufayli yurtimga qayta olmayman, buning ustiga xotinim 
ham, bolalarim ham qarshi. Qishloqdagi qabristonni portlatib 
yuborishibdi, odamlar marhumlarni ziyorat qilishdan-da mahrum. 
Unchalar taqvoli bo’lmasam ham tez-tez masjidga borib turaman. O’sha 
yerda Ota-onamning ovozini boshqa joylardagidan ko’ra aniq-tiniq 
eshitaman... " 
Yosh o’tgan sari odam o’limdan keyin nimalar bo’lishini o’ylay 
boshlaydi. Islomga ko’ra, har bir musulmonni Arshi-A’loda yoki 
do’zaxda yangi hayot kutadi. Bu esa uning qanchalar savobli yoki 
gunohkorligiga bog’liq. Amirdan qabrdan so’ngi hayotga ishonish-


Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli 
@BookBek 
ishonmasigini 
so’ragan 
bo’lib 
uni 
battar 
tushkun 
gaplardan 
chalg’itaman. 
«Qaydam... Jannat ham, do’zax xam xuddi boshqa rag’batu jazolar 
kabi er yuzida bo’lsa kerak. Menimcha, u yoqda har kim bu erda 
nimalarga ishonishga qarab ajr oladi...» 
Amir masjidga kirib chiqqunicha uning artofida aylanib yuraman. 
Ota-onalarini kutayotgan bolalar qor bo’ron o’ynashar, ularning 
shovqin-so’ronidan simlarda o’tirgan chumchiqlar bolalarning boshi 
uzra uchib yurishardi. Shahrimiz qanchalar ajoyib. Yil bo’yi qorga 
burkanganidan xuddi qor kabi oppoq sovuq va chiroyli. 
Masjid ortidagi maydonda qabrtoshlar ko’zga tashlanadi. Ilgari 
masjid yonidagi mozor oliy martabalilarga munosib sanaladigan bu erga 
diniy rahnamolar dafn etishgan. Men bu qabrlarga termulgancha ayni 
damda va ayni joyda yashash mavjudlikning eng maqbul shakli deya 
o’ylardim. 
«Biz 
hammamiz 
bu 
dunyoga 
mehmonmiz 
va 
bizning 
tasarrufimizdagi vaqt juda oz!» 
Do’stim Amir - surati va siyrati juda xotirjam kishi. U mendan 
yigirma olti yosh kichik bo’lishiga qaramay tashqi dunyodagi 
xodisalarga juda xotirjamlik bilan, mo’minlarcha, qaxr-g’azabsiz, 
noo’rin savollarsiz munosabatda bo’ladi-ki menda hamma vaqt ham 
bunday bo’lavermaydi. U kuzatuvchi, ammo befarq emas. 
Amirning kundalik hayoti bir xilda kechadi: u tonggi besh yarimda 
uyg’ondi, 
kardomonli 
qahva 
damlaydi, 
uydagilarga 
nonushta 
tayyorlaydi, novvoyxonaga otlanadi, tushlik payti gitara chaladi
kechqurin uyiga qaytadi, kechki ovqatni baquvat qiladi: birinchi ovqat 
zarg’aldoq yasmiqli sho’rva ichadi, ikkinchisiga issiqlik va quvvat 
beradigan taom, so’ng bolalariga kitob o’qib beradi va uxlashga yotadi. 
Keyingi kun yana bari boshdan boshlanadi


Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli 
@BookBek 
Bunday bir tarzdagi kun tartibi menga zerikarliroq tuyuladi. Amir 
esa baxtli. Izohsiz, qiyoslashlarsiz. U bunday hayot tarzi - o’z-o’zi bilan 
uyg’unlikka, Yaratganga muhabbatga birdan erishmagan albatta. 
«Men uzoq yillar ota-onam istaklari etagida kun kechirdim. Ular 
mening novvoylikka bo’lgan qiziqishimga qarshi edilar. Menga esa non 
yopish juda qiziqarli tuyular, onamning anisli non yoki zog’ora undan 
pirog yopishlarini soatlab kuzatardim. Otamning bundan jahli 
chiqqancha meni kaltaklab qolar, uning ishini davom ettirishim uchun 
qushxonaga sudrab ketadi...» 
Amirni qarindoshlarining ko’ziga uylantirib qo’yishadi. Ular bor-
yo’g’i to’qqiz oy birga yashashgan, kelinchak bezgakka chalinib vafot 
etadi. 
«Nima qilay, Ota-onamning istagiga qarshi bora olmadim. Baxting 
har doim ham ota-onangni quvontirish bilan boshlanavermas ekan...» 
Ota-onasi o’limidan so’ng sevgan qiziga uylandi.
Urush tufayli qishlog’i, vatanini tashlab ketdi. Abadiy qish shahri 
Amirning o’z quchog’iga oldi, bu yerda u novvoyxona ochdi, egizak 
qizlarini voyaga yetkazayapti.
Dostu, o’zgarishlar, hatto eng tavakkallari ham hayot uchun eng 
soz ziravorlardir. Ularsiz unchalar o’xshamaydi. Tirik jon o’zgarmasdan 
qolmaydi. Tirik narsalar o’zgarib turishga mahkum. Sen esa... 
Sog’inch bilan,
Dadang. 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin