Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli


  Vaqtning izmida ekanligingni unut, bari iziga tushadi



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/26
tarix22.03.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#89012
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
Qaytganimda uyda bo l


Vaqtning izmida ekanligingni unut, bari iziga tushadi... 
Dostu,
bugun nihoyat men litvaliklar nonini yopa oldim. Bunga bir necha 
haftadan beri urinardimu o’xshatolmasdim. Goh juda shirin, goh esa 
g’oyatda nordon bo’lib chiqardi. Bu non o’z ta’miga ko’ra nordon, uni 
asal yordamida me’yorga keltirishadi. O’sha me’yorning oltin oralig’ini 
topolmay xunob edim. Yana xamirni risoladagidek tindirishni eplay 
olmayotgandim, pishgan batonlarning yorig’idan ichidagi yumshoq 
mag’zi mo’ralab qolardi.
Amir litvaliklar retsepti bo’yicha tayyorlangan xamir juda sezgir 
bo’lishi, uning tayyorlanish jarayoniga bor diqqatni jam qilish 
zarurligini tushuntirdi. Bu xamirni qorayotganda boshqa narsaga 
chalg’imaslik kerak.
"Vaqt izmida ekanligingni unut va bari izga tushadi... " 
Urinib ko’rdim...
Non juda yaxshi, bus-butun, ko’rinishi esa shokolad rangida
judayam ishtaha ochadigan bo’lib chiqdi. Ikkinchi-uchinchi kunlarda 
yanada mazali bo’lib bordi.
Dostu, u senga ham yoqqan bo’lardi! 
Bizning xafsalamiz sovushiga sabab ko’pincha voqeylikdan uzilib 
qolgancha o’tmish xotiralari yoki kelajakni kutishimizga band bo’lib 
qolishimizda. 
Qizim, men seni ko’lincha shoshiltirardim, uzr. Seni ko’p narsaga 
ulgirishingni xohlardim. Balki o’z bolaligimda ko’p narsalarni boy 


Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli 
@BookBek 
berganim bunga sabab bo’lgandir? Urishdan kiyingi davrlar maktab va 
kutubxonalarni qaytadan qurishgandi. Menda o’qish, bilish, idrok etish 
uchun shu qadar ko’p istaklar bor edi-yu, ammo imkoniyatim yo’q edi. 
Bolam meni taqdirimni takrorlamasin deya qo’rqardim... 
Sening murg’ak hayoting o’z maromiga ega holida seni 
shoshilishga undab ancha qiynab qo’ygandim. 
Avvaliga 
sening 
sustkashligingdan 
xavotirga 
tushganman, 
keyinroq qarasam xammasi joyida. Dostu xammasiga ulguryapti.
Esengdami, boshlang’ich sinflar muallimasi Liza Burinovna seni 
«aqlli toshbaqacha» deb atagan edi. Sen bundan hafa bo’lmading. 
Aksincha, xursand bo’lgancha bizdan tug’ilgan kuninga akvarium 
toshbaqasi sovg’a qilishimizni so’rab, uni o’z noming bilan 
atamoqchiligingni aytganding. 
Sen oying ikkimizga lahzani qadrlashni o’rgatding. Biz buni 
tushunmasdik, xuddi uloqchi otlardek elib-yugurib , xammasiga bir 
vaqtda ulgurishga urinardik. 
Kim-qancha yillar ko’p narsalar: osudalik, xotirjamlik, bir holatdan 
boshqasiga o’tishlarni qo’ldan chiqarganimizni his qilish uchun to’xtash 
va o’zimizga vaqt qoldirmaganimizni anglash uchun sendan ayrilish, 
bo’shliqqa duch kelish va bu erga ko’cib kelishimiz kerak edi
Bu erda, abadiy qish shahrida ajoyib purma’no xalq ahli bor. 
«O’zing sira bo’lmagan joyga birovni boshlab kela olmaysan!» 
Odamlar o’zlarini xatti-xarakatlari bilangina baholashlari haqida 
yaqinda o’qib qoldim: ular o’limni, tog’rirog’i o’lim xaqidagi 
qo’rquvlarini unutishga xarakat qilisharkan. Yangi yutuqlarga, 
taassurotlarga bo’lgan intilish qayg’uli fikrlardan qochishga yordam 
berdi. 
Qochishdan esa foyda yo’q! 


Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli 
@BookBek 
To uning ko’zlariga tik boqmaguningcha qo’rquv oshib, tazyiq 
o’tkazaveradi. Tik qaraganingda esa qo’rqinchli narsaning o’zi 
yo’qligini tushunasan. 
Shoshganingdan vaqtga tobe bo’lib qolish mumkinligini unutma! 
Dadang 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin