Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/26
tarix22.03.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#89012
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Qaytganimda uyda bo l

 
 
12 
Oramizdagi joziba o’z hayoti bilan yashaydi... 
Dostu, 
bu erda iliq kunlar xam bo’lib turadi. Xuddi jadvaldagidek
yigirmanchi martda bu erda quyosh o’zini ilk bor namoyon qiladi va 


Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli 
@BookBek 
shuning sharafiga bayram uyushtiriladi. Mataxari - saryog’ ta’mli mayiz 
qo’shilgan tillarang bulochkalar uning eng muhim shirinligi. Boshida bu 
biror raqqosaning nomi bilan atalgan bo’lsa kerak, deb o’yladim. Ammo 
raqqosaning bu shodyoniga xech qanday aloqasi yo’q. Mataxari malay 
tilida «quyosh» degani ekan. 
Shu erkak bekalar uni ilohiy taom deb atashadi - u yangi qo’yilgan 
tandirga birinchi bo’lib yopilsa, nonlari shirin va yumshoq chiqadi. Amir 
ikkimiz xam ilohiyli uchun, nima bo’lganida xam buni qanday qabul 
qilish xar kimning o’z ixtiyorida. 
Qizim, o’zing xam bir unab ko’rishing uchun qisqacha retseptini 
yozib borama. O’zing nonvoyxonamizga kelsang xam mayli. 
Sariyog’ va jigarrang shakarni ko’pirtirasan, bir stakan sarqaymoq 
sut, keyin uz yuz gramm unni oz-ozdan bir chimdim tuz, qavartqi 
qo’shasan.Yaxshilab aralashtirganingdan keyin mayiz, sut va yana 
shuncha un qo’shasan. 
Tayyor xamirni stolga enlikkina yoyganingdan keyin shakadon 
bilan dumaloqlarni kesib olasan. 
Pishiriq patnisiga nonvoy qog’ozi to’shab, unga bolochkalarni terib 
chiq, sirtiga ko’pirtirilgan tuxum sarig’i surt, keyin 190 darajali 
duxovkada yarim soatga qo’yib qo’y. 
Matari, ayniqsa, nonushta payti senga juda yoqadi. 
Sening qanday xamir qorayotganing, chimchilog’ing bilan bosib 
ko’rayotganing, duxovkadan patnisni olayotganing, ortidan bahor 
mo’ralab turgan derazasin ochishing va issiq pishirig’ing isi o’rrik 
gullari iforiga aralashib ketishini tasavvur qilaman... 
Seni sog’indim qizim. 
Dostu, sen bizni tashlab ketganingdan keyin oying ikkimiz 
ajralishdik. Ha eshitganing rost, ajralishdik, ayrildik emas. Shunday 
ittifoqkor borki, ular ayrila olishmaydi. Ularning ikkisini qanchadan-
qancha quvonchlar va qayg’ular, topishlar va yo’qotishlar bog’lab 


Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli 
@BookBek 
turadiki, ular orasidagi tortishish - joziba o’z hayoti bilan yashaydi va 
kesib bo’lmaydigan kindikdek ularni bog’lab turadi. 
Bizlarning oramizdagi ittifoq, garchi boshida buni anglamagan 
bo’lsak-da, yana shundaylardan edi. 
Bizlarda ayriliq azobi og’irlashib borib, shu qadar ulkan dardga 
aylandiki, boshqa tuyg’ularga o’rin qoldirmadi. Yonma-yon bo’lishimiz 
esa bu og’riqni yanada kuchaytirardi, zero har birimiz o’zimizni aybdor 
hisoblardik.
Bir kuni tongda Mariyani uydan topolmadim. U sening surating 
ostiga qog’ozcha qo’yib ketibdi. 
"Hozir ketishdan bo’lak hech narsa qo’limdan kelmayapti. Menga 
vaqt kerak... Tushunishga harakat qil va xavotir olma. Mariya." 
Avvaliga o’zimni yo’qotib qo’ydim, keyin jahlim chiqdi, undan 
keyin o’z qayg’ularimga berilib ketgancha oyingga kerakli bo’lgan 
lahzalarni boy berganim uchun o’zimdan nafratlandim. 
U oradan bir yarim oy o’tganidan so’ng qaytib keldi. Bu orada 
menda va bizda ko’p narsalar o’zgarishga yuz tutgandi. Hozir ikkimiz 
uchun o’z-o’zimizni ayblamagan holda og’riqni qabul qila olishimizga 
yordam bergan tanaffusni e’lon qilishga kuch topa olganligi uchun 
Mariyadan minatdorman.
Og’riq o’tib ketmadi, unga bo’lgan munosabatimiz o’zgardi. Endi 
u qalbimizda. Mariya ikkimizni hech qachon tark etmagan tuyg’u - 
sevish istagiga joy ajraygancha o’zini chetroqqa oldi.
Sen ham bizni tushunishga harakat qil...
Dadang 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin