Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli
@BookBek
"Har kim o’z ezgu so’zi,muomalasi,gap-so’zsiz madadi, suyanchiq
bo’la olishi, ochiq dasturxoni bilan hayot yo’lida yengil va boy
berishlarsiz odimlashda yordam ko’rsatganlarni umri davomida
uchrataveradi. Qaytar dunyo deganlari shumikan..."
Marsning ertalabdan kayfiyati yaxshi. Bugun yakshanba, Mariya
bilan uydaligimiz uchun ertalabki sayrga hammamiz chiqdik. Issiqqina
kiyinib, qo’limizga choyli termosni olgancha sokin paytlari chag’alaylar
dam oladigan tashlandiq bandargoh tomon jo’nadik.
Mars qushlarni
xurkitmasdan ulardan beriroqda yotib oladi va ularga havas bilan
termuladi. Itimiz qornini sovuq oldirmasligi uchun unga issiq kiyim tikib
berganmiz.
Men Mariyadan nima uchun Mars xuddi odamlardek qushlarni
kuzatishni yaxshi ko’rishini so’radim.
"Qushlar, biz odamlarga tuyulganidek, mutlaqo erkin va ozod. Ular
bizga o’xshab dardlarini eslatadigan joylarga borolmay o’tirishmaydi... "
Dostu, kechirasan, gap bilan bo’lib seni
Mars bilan tanishtirishni
unutibman. Taska nomli zotdor it bilan oddiy ko’ppakning
chatishtirilishidan dunyoga kelgan bu itimizni asrandixonadan
olaganimizda juda qo’rqoq va xurkak edi. Karamog’imizga oldik, mehr
ko’rsatdik.
Uning o’tmishi juda ayanchli. Mars bir necha yilni qop-qorong’u
yerto’lada o’tkazgan, berahm xo’jayini uni turli tajribalarga giriftor
qilgan. O’sha berahm jallod bandalikni bajo keltirganidan so’ng arang
jon saqlab qolgan kuchukchani qo’shnilar topib olishgan va
valontyorlarga topshirishgan.
Mars bir o’zi, ayniqsa qorong’u tunlarda, tanho qololmaydi. Uning
atrofida iloji boricha ko’pchilik bo’lishi kerak. Uni ko’pincha o’zim
bilan ishxonamga olib ketaman. Badqovoqqina bo’lsayam,
tanish-
bilishlarim Marsni yaxshi ko’rishadi. Unga atab uylaridan yeguliklar
olib kelishadi.
Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli
@BookBek
Biz uni nimaga "Mars" deb ataganimizni bilasanmi? Uning
qizg’ish-olovrang junlari olis sayyora tabiati kabi sirli va maftunkor.
Buning ustiga u o’zini sovuqda yaxshi his qiladi,
qor uyumlarida
umbaloq oshishni yaxshi ko’radi. Mars sayyorasi ham qizg’ish-olovrang
tusga ega bo’lsada sovuqsevar. Xullas, itimizga o’zining ajoyib laqabi
yarashadi.
Sayrdan qaytayotganimizda qor yanada kuchaydi. Qo’riqchi
askarlardek tizilib olgan elektr ustunlarini tutashtirib turgan uzun-uzun
simlar qordan qobiq yasay boshlaydi. Yo’lovchilarning ayrimlari
yog’ayotgan qordan quvonib, kiprigiga qo’nayotgan
qor parchalarini
tomosha qilishdan zavqlanganbir paytda boshqalari so’kingancha tezroq
odimlashga tushdi.
Dostu, bilasanmi, kishilar bir-birlariga xalal bermasliklari naqadar
muhim bu hayot onlarida. Mayli, ular yaratayotgan mo’jiza kichik va
oddiygina bo’lsin. Har kimda o’ziga xos sokinlik mavjud. Kimdir
oddiygina oppoq varaq qarshisida, kimdir deraza pardasi ko’tarilgan
oshxonada, yana kimdir chekka qishloqdagi shifoxonada, boshqa
biri esa
jimjit zalning sahnasida....
Buni qaraki, tashqariga chiqarishdan cho’chigancha botinida
g’aroyibot yaratayotganlar ham ozchilik emas.
Yaqinlaring iqtidorini shubha ostiga olish yaxshimas. Oq varaqqa
tikilgancha ilhomi bilan suhbatlashayotgan, pishirgan taomini tatib
ko’rib sevinadigan kishisi deraza ortida paydo bo’lishini
kutayotgan,
balanddagi buyuk ishlarni pastdagi oddiy yumushlardan boshlagan,
jimjitlikda gulduros qarsaklarni tinglay olayotgan kishilarga halal
berishning nima keragi bor.
Odamlarga juda ko’p narsalar shunchaki tekinga beriladi. Ular esa
haqiqiy go’zallikni qadrlash o’rniga uning qiymati va to’lovi ustida bosh
qotiradi. Umr deya atalmish ne’mat o’tib borayotgan lahzadan
lazzatlanish o’rniga qora kunlariga yig’inadi....
Seni sog’indim!