Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/26
tarix22.03.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#89012
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Qaytganimda uyda bo l

 
 
 
 

 
 

Qayiqdasan, qayoqqa suzayotganingni unutma! 
Dostu, 
bizning oppoq uyimiz ummondan 34 qadam beri joylashgan. U 
ko’p yillardan beri bo’m-bo’sh, unga eltadigan yo’llar esa qalin muz 
bilan qoplangan. Mo’rkoni qum chag’alaylar pati va sichqon tezagi bilan 
to’la. Pechkasi olovni devorlari esa iliq haroratni unutib qo’ygan. 
Muzlagan deraza oynalaridan ummon deyarli ko’rinmasdi. 
Shu yerliklar bu uydan hadiksirashadi va uni " мечес" ya’ni 
"og’riq keltiruvchi " deb atashadi. 
"Bu uyda yashaganlar o’z qo’rquvlari asiriga aylanishib, esdan 
ayrilganlar..." 
Bunday axmoqona ta’riflar ham bizni to’xtatib qololmadi va unga 
qadam qo’yganimizdayoq bu uyni yaxshi ko’rib qoldik. Balki 
kimlargadir u zindonga o’xshab qolgandir, ammo bizlar uchun chinakam 
baxt qasriga aylandi. 
Ko’chib kelgan zaxotimiz pechkaga o’t qaladik, choy damladik, 
tuni bilan iliqlik singan devorlarga ertasi kuni bo’yoq tortik. Oying 
binafsha va lavanda oralig’idagi "yulduzli tun" rangini tanladi. Ajoyib 
manzara. 
Bizga bu rang yoqib qolganligidan devorlarga rasmlar osib ularni 
to’sib qo’ymaslikka kelishdik. 
Endi uyimiz ichida ham yulduzli tunimiz bor. 


Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli 
@BookBek 
Pechka atrofiga surat ilmagan bo’lsakda mexmonxonamiz 
devorlaridagi tokchalarni to’ldirdik. Do’stu, tokchalar sening bolalik 
olamingni to’ldirgan rangli kitoblar bilan to’la. 
Oying aytgan gaplar esingdami? Bu o’gitlarni sirg’a qilib 
taqaningga shubxa yo’q. 
"Agar ishlaring o’xshamasa qo’linga yaxshi kitobni ol u yordam 
beradi!" 
Olisdan uyimiz qorning oqligiga qo’shilib ketti. Ertalablari oppoq 
kenglikka qarab ko’zing qamashadi. Faqat ummoning ko’kimtir sahni va 
O’zg’irning zanglagan yonlari ko’rinadi, xolos. Bu bizning do’stimiz, 
uning suratini ham yuboryapman tanishib ol. 
O’zgalar uchun bu alimsoqdan qolgan baliqchilar kateri. Biz uchun 
esa o’zgarishlarni mardlarcha qabul qilish muhim ekanligini eslatadigan 
qadrdonimiz. Bir paytlar O’zg’ir haybatli to’lqinlar qanotida ummon 
bag’riga to’r otgancha yarqirab suzib yurgan, endi esa xorg’in va yuvosh 
holda qirg’oq labida kun ko’rmoqda. U hamon mavjudligi va ummonni 
olisdan bo’lsa-da ko’rib turganidan xursand. 
O’zg’irning kayutasidan turli g’aroyib fikrlar bilan to’ldirilgan bort 
jurnalini topib oldim. Qaydnoma daftari shu yerliklar lahjasida 
to’ldirilgan. Bu yozuvlar kimga tegishli ekanligi noma’lum bo’lsa-da, 
O’zg’ir xotira daftari orqali biz bilan gaplashmoqda, degan qarorga 
keldim. 
Kecha O’zg’irdan taqdir hukmiga ishonish – ishonmasligini 
so’radim. Jurnalning uchinchi sahifasidagi yozuvlar meni hayratga soldi.
"...Bizga vaqtni boshqarish hukmi berilmagan, ammo uni nima 
bilan va qanday to’ldirishni o’zimiz hal qilamiz. " 
O’tgan yili mahalliy hokimiyat vakillari O’zg’irni metall-lomga 
topshirib yubormoqchi bo’lishdi. Agar Mariya bo’lmaganida katerning 
umri yakuniga yetardi. U katerni hovlimiz yoniga tashitib keldi.


Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli 
@BookBek 
Dostu qizim, o’tmish va kelajak bugundan ko’ra ahamiyatliroq 
emas. Bu dunyo sufiylarning marosim raqsi hisoblangan semaga 
monand: bir qo’l kafti bilan duo talabida osmonga qaragan bo’lsa, 
boshqasi olganini baham ko’rish uchun yerga qaragan holda.
Hamma gapirayotganda sukut saqla. So’zlaring sevgi haqida 
jaranglasa ham, jarangiga ko’zyoshlaring hamrohlik qilsa gapir! 
Yoningdagilarni kechira olishni o’rgan, shunda o’zing ham kechirilishga 
muyassar bo’lasan. Shoshqaloqlik qilma, ammo qayig’ing qayoqqa 
suzayotganini ham esdan chiqarma. Balki, u yo’lidan adashgandir?
Sog’inch bilan...
Dadang 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin