Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/26
tarix22.03.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#89012
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
Qaytganimda uyda bo l

 
 
20 
Boshqalarning baxti haqida qayg’urishda ham baxt bor...
Dostu,
bugun Abadiy qish shahrida qor uyum-uyum boʻlib yotganiga 
qaramay iliqlik bor. Amir bunday ob-havoni issiq yurtlardan tashrif 
buyurgan janub shamolining sharofatidan deydi. Men novvoyxonaga 
yoʻlning quyoshli tarafidan borayotib vaqt-vaqti bilan toʻxtayman. 
Tanimga iliqlik kiradi. Koʻz oʻngimda koʻm-koʻk adirlar, qizgʻaldoqlar 
dalalar paydo boʻladi. Dalaga tutash yoʻl biqinidagi qahvaxonada 
kimlardir issiqqina qahva ichish bilan mashgʻul, yana kimlardir oʻtgan 
yili kuzda tayyorlangan vinoning oxirgi ochilganlaridan taʼtib 


Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli 
@BookBek 
koʻtmoqda. Barchasining liboslari yorqin rangda, xursand deyish xato 
boʻlar, lekin xafa ham emas. Xotirjam suhbat davomida ular dunyoning 
u yogʻidan kirib, bu yogʻidan chiqadilar.
Jan va Darʼyani taʼtilga kuzatib qoldik. Ular Leon va mushuklari 
Matisni tashlab ketishdi. Mariya ularni toʻyimli nonushtasiz qoʻyib 
yubormadi. Men kunjutli nonni isitayotganimda Mariya stolni 
kardamonli qaynoq choy, eritilgan yogʻda tayyorlangan sariq pishloqli 
omlet, pomidor, bodring va qizil piyoz halqachalaridan iborat salat, 
asalli qaymoq, eng sifatli yogʻga bulangan va ustiga maydalangan qizil 
qalampir sepilgan zaytunlar bilan dasturxonni toʻldirib tashladi. Qanday 
ajoyib! Yaxshiyamki, bu yerga oʻgʻillari bilan janubdan mahsulot 
yetkazib keladigan Solihning doʻkonk yonginamda.
Dasturxon atrofida seni esladik. Hamisha sen uchun ham ummon 
tusidagi tarelkani dasturxonga qoʻyamiz. Oying uni sahiylik bilan 
yeguliklarga toʻldiradi. U sening parhezing uchun qanchalar 
kuyinganlari esingdami? Sen unga aytardingki, taom ---- eʼtiqodmas, 
quvvatga aylanganida yaxshi. Oshiqcha vazn esa haddan tashqari koʻp 
yeyishdanginamas, 
kamharakatlik, 
ovqat 
haqidagi 
hayollardan 
chalgʻituvchi mashgʻulotlarning yoʻqligi hamdir, der eding.
Qizim, sening maslahatlaringga amal qilaman, shirinlikka ruju 
qoʻymayman, kunni bir stakan iliq suv hamda gimnastika bilan 
boshlayman ---- nonushtaga loyiq harakat qilish kerak.
Yonida dumini likkillatib turgan Mars bilan onasini odatda 
indamay kuzatib qoʻyadigan Leon bugun uzoqlashayotgan mashina 
ortidan yigʻlab qoldi. Darʼya qolishga harakat qilib koʻrdi 
"Jan, balki bir oʻzing ketarsan? Leon yigʻlayapti..." 
Bolakayning qorni ochib, injiqlik qilayotgan boʻlsa kerak deya 
ularni qolmaslikka undadik. Ular joʻnab ketishdi.
Leon Mariya bilan ummon sohiliga chiqqan zahoti tinchib qoldi.


Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli 
@BookBek 
Darʼya oʻgʻli bilan ziyrak munosabatda boʻlishga harakat 
qilayotganliginisezib turaman. Onalik ---- bu faqat instinkt va 
xohishmas, oʻzingda eʼtibor va intizomni tarbiyalash ham. Shu bilan 
birga, bu gʻashlanishu toliqishni yengib oʻtish. Darʼya oʻzini aqidaparast 
ona hisoblaydi.
"Bolaga butunlay baxsh etilgan vaqtning oʻrni hech qachon 
qoplanmaydi, farzandlardan bunga teng badalni kutish befoyda." 
Faqat Jan emas, Darʼya ham charchagan.
"Yogurtni sochlariga surkab, yeguligini yerga sochib, flomaster 
bilan qoʻllariyu bilaklariga chizib tashlaganida joning hiqildoqqa keladi. 
Har bir ona bunda oʻziga yoʻl oʻzicha yoʻl tutadi. Men uchun devordagi 
sabzi pyuresi yoki suli boʻtqasini yuvib tashlash qiyinchilik 
tugʻdirmaydi, boshqa birovning esa asablari dosh bermasligi mumkin... 
Otalik va onalikdan huzurlana olgan odamlarga qoyil qolaman. Menda 
garchi farzandimga boʻlgan muhabbat va hayotimdan baxtiyorligim 
mavjud boʻlsa-da, huzur va zavqqa joy ajratolmayapman... " 
Dostu, baxt ---- oʻzgalar baxti uchun qaygʻurishda hamdir. Biz 
Mariya ikkovimiz Jan va Darʼyani bir muddat koʻzlariga tashvish 
nigohisiz boqishlari uchun imkon yaratganimiz uchun baxtlimiz.
Seni sogʻinganmiz....
Dadang 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin