Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli


  Qo’rqma, tanlagan yo’ling seni jarlikka yetaklamaydi



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/26
tarix22.03.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#89012
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Qaytganimda uyda bo l

21 
Qo’rqma, tanlagan yo’ling seni jarlikka yetaklamaydi. 
Dostu
men Mariya va Leon bilan birga boʻlish uchun novvoyxonadan 
ikki kunga javob oldim. Bolakay onasini sogʻinyapti. Uning sogʻinchini 
itimiz Mars va dengiz sohilidagi sayr yumshatadi. Izgʻirin shamol 
koʻtarilib sayrga chiqishning iloji boʻlmasa yoki kech tushib qolsa, ikkisi 
ummon koʻrinib turgan deraza qarshisida oʻtirishadi. Gohida Leon bilan 


Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli 
@BookBek 
velosipedga mingashib, shaharga eltuvchi yoʻl boʻylab sayr qilamiz. 
Bolakay mening gaplarimga hech qanday belgi- ishora bildirmasada u 
bilan suhbatlashaman.
"Mana shu yoʻldan Jan oying Darya bilan biz tomonga 
shoshilmoqda... " 
Velosipedning orqa oʻrindigʻida oʻtirgan Leon oʻziga xos ovozda 
baqirgancha ortimizda qolayotgan uylarning raqamlarini eʼlon qilib 
boradi. Qiqirlaydi. Oftobdan biroz qurigan asfalt boshqa sohilga 
ketganlar va qaytmaganlar izini yodida saqlaydi.
Yarim soatdan keyin Leon yelkamni chimdiydi. U charchadi, uyga 
qaytish kerak, Mariya ham tushkunlikni tayyorlagancha kutib qolgan 
boʻlsa kerak.
"Marsning yoniga qaytaylik..." 
Ummon oʻzi haqda hammasini aytib beradigan doʻsti paydo 
boʻlishini boshqa kutmaydigandek qovogʻini solib oldi.
Bolani velosipeddan qoʻlimga olib, uyga eltgunimcha uxlab qoladi. 
Mariya uni divanga yotqizib, ustiga xantal tusli koʻrpa tashlab qoʻyadi.
"Mayli, biror soat mizgʻib olsin. Bizning qizimizni kabi Leonni 
ham sayr sokinlashtiradi. Esingdami, sizlar sayrlardan qanday 
qaytardinglar? Baxtiyor va mudragan holda... " 
Qizim, sen uyimizni yaxshi koʻrarding, ammo toʻrt devor orasida 
oʻtirib qolishni yoqtirmasding. Bizlarni yoʻllar, ayniqsa ummonga 
eltadiganlari chorlaydi. Roʻzgʻorga qarashmayotganliging uchun oyingni 
jahli chiqardi. Sen yonimga kelvolgancha hiqillashga tusharding.
"Dada, idishlarni chanoqdan shkafga taxlashdan yoki baribir 
gʻijimlanadigan 
kiyimlarni 
qayta 
dazmollashdan 
charchashni 
xohlamayman. Yangi yoʻllar, yoʻnalishlarda charchatishini xohlayman!" 
Qayerga borishingni tasavvur qilu, bunga qancha vaqt va kuch 
sarflashingni oʻylama. Sen uchun eng yaqin yoʻnalish yaqinlaring uchun 


Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli 
@BookBek 
xatodek koʻrinishi mumkin. Shuning uchun tanlagan yoʻling jarlikka 
eltadi, deydiganlarning gaplariga quloq solma.
Leon uxlayotgan paytda Mariya mayizni olma pecheniysi 
tayyorlashga jazm qildi. Koritsa, muskat yongʻogʻi, chinnigul, jigarrang 
shakar kabi ziravorlar tufayli bu pecheniyening taʼmi odamga iliqlik 
bagʻishlaydi u juda ham yumshoq, poʻrsildoq chiqadi. Faqat olmani 
maydaroq qirgʻichdan oʻtkaz --- shunda xamirda sharchalarni uzib olish 
qulay va koʻrimli boʻladi.
Qizim, albatta buni tayyorlab koʻr, juda oson. Senga u yoqda ham 
iliqlik hamroh boʻlishini istayman. 
Mariya sariyogʻni shakar bilan koʻpirtirarkan, bolaligida 
qoʻshnilari bir-birini oʻz shirinliklari bilan yoʻqlashlarini esga oldi.
"....Birinchi qavatdagi chevar Stella gilosli piroglar pishirardi. 
Yuzasiga qandupa sepilgan bir juft pirog boʻlagi bilan buvingni yoʻqlab 
chiqardi.
Olib kelgan shirinligini qandaydir betamiz, misol uchun Ella Mey 
Morsning yengil-yelpi qoʻshigʻi xirgoyisi bilan dabdabali tarzda 
topshirardi. Oyim esa unga javoban oʻzining mana shu pecheniyesidan 
chiqarardi. Oyim Stellani oʻzi yoʻgʻida yengiltakroq deb taʼriflasa-da, u 
bilan munosabati yaxshi boʻlishiga urinardi. Chevar qoʻshnimizning 
kechalari atrofdagilar eshitadigan tarzda baland xirgoyi qilishimi, yo 
toʻrt marta er koʻrganigami, shunaqa degan boʻlsa kerak. Yaxshi paytlar 
edi.... Mayli, koʻp ezmalanmay, sutni uzatvor, xamirni qoʻshadigan payt 
keldi. " 
Dostu, olmali pecheniyedan senga ham olib qoʻydik. 
Dadang 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin