Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli


  Haqiqatni ko’rish uchun hayotni kuzatsang bas…



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/26
tarix22.03.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#89012
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Qaytganimda uyda bo l

24 
Haqiqatni ko’rish uchun hayotni kuzatsang bas… 
Dostu,  
sen gul yaproqlari qoʼshilgan non yeb koʼrganmisan? Shunaqasini 
tayyorlashni oʼrganayapman. Amirga bir qop quritilgan lavanda olib 
kelishdi, endi bizda baxor iforini taratadigan non bor. Lavandali xamirga 
akas asali koʼshayapmiz gʼaroyib uygʼunlik. Oying xam oshxonada 
quritilgan gullardan foydalanib koʼrayapti. Lavanda va dengiz tuzi 
aralashmasi aralashmasi bilan goʼshtni ziravorlaydi, uni yana qovurilgan 
kartoshkaga sepsa xam boʼladi. Atirgul va apelsin gulbargini 
xavonchada kalampirga qoʼshgancha tuyib salatlarga ishlatayapti.
Leon novvoyxonada bizga yordam berayapti. Gulbarglarni 
yaproqlari orasiga qoʼshilib qolgan butoqcha va gulbandlarni terib oladi, 
agar shunday qilib turmasa xamirning taʼmi oʼzgarib qoladi. Leon ishga 
bor eʼtiborini qarata olmaydi, uni tomchilayotgan suv ham, oʼtib 
ketayotgan mashina shovqini xam, deraza terib tovoqchaga solarkan, gul 
ortidagi sovqotgan chagʼalaylar kichkirigʼi xam bezovta qilaveradi. Biz 
bunga eʼtibor bermaymiz. Leonning oʼzi qiziqib ketgan taqdirdagina bu 
jarayonga bor diqqatini jam qiladi. Yalinishlar befoyda. 
Munosabatlarimiz doʼstlik deganlaridan biroz kattaroq. Avvallari 
unchalar ham kelisha olmasdik, ammo Jan bilan Darya safarga 
ketganlaridan keyin ancha yaqinlashdik, birgalikda ishimga kelamiz. 
Kunning yarmida Mariya Leonni uyga olib ketadi. U yerda Leonni 
mazali tushlik, Mars bilan sayr hamda yostigʼining tagida saqlaydigan 
onasining sochqistirgichi kutib turadi.
Leonning sharofati bilan otalik tuygʼularini qayta boshdan 
kechirayapman. Avvaliga senga sotqinlik qilmayapmanmi deya biroz 
oʼngʼaysizlandim, keyin yengillashdim. Yuragimda, Dostu, senga 
boʼlgan tuygʼularim va bolakayga atalgan taftni ajratib turadigan aniq 


Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli 
@BookBek 
bir chiziq oʼtdi. Bir buloqdan boshlangan ikki irmoq: oʼzanlari aloxida, 
suvi esa oʼsha-oʼsha bir xil.
Jan bilan boʼlib oʼtgan suhbatlarimizdan birida u Darya va Leon 
paydo boʼlganidan keyin uning xayotdagi muxabbati va hadiklari 
anchagina koʼpayganini aytgandi.
«Men bir muncha noziktaʼb boʼlib qoldim, axir endi ikki sevimli 
kishilarim uchun ham javobgarman. Hamisha ularning yonida boʼlishim 
va asrashim kerak!» 
Men doʼstimning kiftiga qoqib, uning muloxazalarini qoʼllab-
quvatlagan boʼldim. Axir oila boshligʼi bir kun davomida oʼzini bir 
necha boʼlakka boʼlishiga toʼgʼri keladi. Barchasiga ulgurishi, 
barchasidan xabardor boʼlishi kerak. 
«Aynan shunday balogʼatga yetiladi, Jan. Darya va Leonning 
sendek pushti-panohi bor ekan, ularni hech kim xafa qilmaydi!» Qizim, 
qanchalar qiyin boʼlsa xam taslim boʼlmaydigan, oʼz oilasining gʼamini 
yeydigan, sevganining qoʼlini mahkam tutadigan va u yoqtiradigan 
gullar qachon qiygʼos gullashini biladiganlar haqiqiy erkakdir.
Bir xil erkaklar oilasidan shodlik va quvvat manbaasini topishadi, 
boshqalari esa balogʼatga yetolmay charchashgani, xarob boʼlganlaridan 
nolishadi.
«Ota boʼlish - ota boʼlib qolishdan koʼra ancha osonroq!»
Afsuski, koʼplab erkaklar faqat ogʼizdagina jangchi va boquvchi.
Dostu, odamning aytganlari emas xatti-harakatlari uning shaxsi va 
senga boʼlgan munosabati haqida soʼzlaydi. Haqiqatni koʼrish uchun uni 
kuzatishgina yetarli.
Seni sogʼingan,
Dadang 


Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli 
@BookBek 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin