Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli
@BookBek
23
O’zing olishni xohlagan narsangni ber!
Dostu,
Ertalab pochta qutisida xat borligini ko’rib qoldim. Sendan bo’lsa
kerak, deya yuragim hapqirib ketdi. Ey, Xudo, shunday kichkina
narsadan ham yuragim sen bilan yuz berganlari aslida tush edi, deya
ishonishga shay.
Xat Umiddan ekan...
Qachonlardan beri undan xabar yo’q edi, hayajonga tushganimdan
novvoyxonaga oshiqdim. Xatni Amir bilan birga o’qidik.
Umid Istambulda ekan. Xavotirim ancha bosildi. Bu shaharni
qanchalar yaxshi ko’rishimni bilasan-ku. Uning zamini odamni huzurga
to’ldiradi va asraydi. Yuz yilliklar sari, bo’g’oz ko’prigi ustidagi tuman,
yangi
damlangan qahva hidi, yog’in-sochindan berkinish uchun
qahvaxonaga chaqirib olingan ko’cha mushuklari...
Istambul - tugmalar bilan to’la naqshinkor qutichaga o’xshaydi.
Esingdami, oyingda shunaqasidan bor edi? Mayda va katta, marvaridli
va "oyoqchali" tugmalar. Qutiga Qo’lingni
solib tanlayverasan,
ilhomlanasan. Istambulda o’zingni ulkan qutidagi tugmadek his qilasan.
Umid shaharning Kadikey nomli tumanida ekan. Novvoyxonada
shaharliklarga
ularning
odatdagi
nonushtasi
bo’lgan
kunjutli
teshikkulchalar pishirar ekan. Xatiga qaraganda uning ishlari joyida.
Ilohim, doimo shunday bo’lsin!
Qizim, aslo biz o’zgarmaymiz, borgan sari o’z-o’zimiz bo’la
boramiz. Balki aksincha, o’zgara-o’zgara o’zligimizga kelamiz.
"Abadiy qish shahridan ketganimga xursandman, tez fursatda ota-
onamni ham bu yerga olib kelaman. Kambag’allik kulfat emas,
kulfat
o’zing va yaqinlaring uchun mudom xavotirda yashash ekan. Kunlarni
ezgulikni yomonlikdan ko’paytirib yashash bilan, o’z xastaligingni
Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli
@BookBek
mayda belgilaridan aniqlab olgancha sog’ayish bilan asraahing mumkin.
Men sog’lom bo’lish qiyin bo’lgan shahardan ketdim.
Ammo baribir
undan minnatdorman. Ko’p ealayman. U yerda ko’p narsani o’rgandim.
Masalan, mashaqqatlarni mardlarcha bosib o’tish, non yopishni... "
Dostu, buhronlar tufayli biz yaxshilana boramiz. Bejizga
xitoylarning "buhron" ieroglifi yana "imkoniyat" degan ma’noni
bermaydi.
Istambulning tarixida bunga ko’plab misollar mavjud, mana
ulardan biri. Sulton Sulaymon Usmonlilar imperiyasini yaqin ellik yil
boshqargan. Bu payt mobaynida Istambul taraqqiyoti cho’qqiga chiqdi,
ulkan mamlakatlar markaziga aylandi.
Albatta, o’lat, yong’inlar, bo’ronlar, suv toshqinlari kabi buhronlar
ham yuz berdi. Sulaymonning hayotiga ko’p
marta suiqasdlar
uyushtirildi. Bularning bariga qaramay Istambul qad tiklab turaverdi,
uning ahli, hech bo’lmaganda bir qanchasi o’rab turganlarni
qadrlaydigan bo’lishdi.
Umid u bilan avvalgidek o’z-o’zi bilan ozod holida qoladigan
insonni uchratdi. Bunaqasi kamdan-kam uchraydi.
"Men uning fikrlarini uqa olmasdim. Mana shunisi bilan meni rom
qildi..."
Sevib
qolish oson, deb tan oladi yigit, har bir kunni sevish esa
yanada qadrli.
"Odam to’kis muhabbatni bera olmaydi. Shuning uchun ham u
odam. Bu bizning tana quvvatimizdan o’zga narsa,
ruhiyatimiz bilan
chambarchas bog’liq. Men qo’limdan kelganicha seva olaman. O’zim
olishni xohlagan narsani bera olaman!"
Qizim, agar senda muhabbat bo’lmasa, xuddi u bordek harakat qil.
O’shanda buloqdagi suv ham ta’mga ega bo’ladi.
Seni sog’ingan,