Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli


  Tirik insonni sevish - ajoyib tuhfa!



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/26
tarix22.03.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#89012
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
Qaytganimda uyda bo l

16 
Tirik insonni sevish - ajoyib tuhfa! 


Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli 
@BookBek 
Dostu
yer yuzida ideal dunyoni izlama, u yoʻq narsa. Goʻzallik tasqaralik 
bilan, samimiylik - riyokorlik bilan, tan olish - unutish bilan 
qoʻshnichilikda yashaydi. Bizlar oʻzgartira olmaydigan narsalar mavjud, 
ularni qabul qil va yoʻlingda davom et. Qabul qilish taslim boʻlish 
degani emas, garchi birinchi qarashda magʻlubiyatday tuyulsa ham. 
Qoʻlingdan kelganicha yordam ber - har bir yangi kun inʼomi buning 
uchun imkoniyatlar ochib beradi.
Mukammallikni izlash yoshlikka xos narsa. Oʻz-oʻzing bilan 
murosaga kelishni topa olish va ushbu muvozanatni saqlay bilisg esa eng 
muhumi.
Botiniy olaming nafratli sevgi - muhabbat bilan, qoʻrquvlarni - 
orzu-umidlar bilan, oʻlim istagini - yashashga boʻlgan ilohiy chanqoq 
bilan yenga oladigan ishonchli maskandir. U yerda yoʻqotgan odaming 
bilan qaytmas boʻlib ketgan muhabbatingni eslash va u bilan xayolan 
yashashing mumkin.
Ammo ichki dunyo deb atalmish qalʼaga biqinib olganimiz bilan 
uning tashqarisida yuz berayotgan xodisalarga aloqadorligimiz uzulib 
qolmaydi. Deraza ortidagi boʻron uydagi ob-havoga taʼsir qiladi, 
eshitgan soʻzimiz dilimizga ozor yetkazadi, kiftimizga tushgan zarba - 
o’ldirishi mumkun. Shuning uchun to’lovini juda o’ylab amalga oshrish 
lozim. 
Qizim, men o’zimning yoshligimni va dunyoni o’zgartirishga 
bo’lgan chidab bo’lmas istagimni eslayman. Men kim edim? Yuksak 
talablarga asir idealistmi? Adolatpeshalikka davogar taqvodormi? Men
odamlarning hammaga o’hshamaganlikdan uyalmasliklarini istardim.
Jamiyat qanday to’laqonlikka erishishini ravshan tasavvur qilardim.
Fikirlarimni 
yetkazish, 
ko’rsatishga 
bo’lgan 
yuzlab 
urinishlarimdan so’ng tamoman kuchdan qoldim. O’zimni "men 
ojizman", "mening g’oyalarim bir tiyinga qimmat" kabi hulosalarim 


Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli 
@BookBek 
bilan o’zimni yeb bitirdim. O’sha paytlarda men bilan uchrashib 
yuradigan ayolning gaplari quloqlarim ostida jaranglaydi.
"Sening ichki kechinmalaring tirikligingdan dalolatdir. Tirik
odamni sevish - bu juda ajoyib tuhfa! " 
Dunyo qanday bo’lsa, uni shu holida qabul qildim. Yordam berish 
yoki chetlab o’tish - mening har kungi tanlovim. Agar yordam 
bermoqchi bo’lsang ikkilanmay qil va tevarak sening vositangda
kimningdir ibodatiga javob berayotgani uchun hursand bo’l.
Men ko’plab qaytarib qolgan idealistlarni ko’rdim. Achinarli
manzara.... Dostu, o’z haqligingga ishonib qolish o’zgalarga o’z 
samimiyligingni tiqishtirishday daxshatli. Idealizm ko’pincha fojeaga 
aylanib ketadi. Bu dunyoning o’zi mukammal emasligini anglab 
yetganingda mukammallik va to’kislik tomon siljiyotganingni bilib 
qolasan.
Bugun senga o’n oltinchi xatni yozib tugatayotib, o’z-o’zimdan 
so’radim: mening bu satrlarim o’z yaqinlarimga hayot saboqlarimni 
yetkazishga bo’lgan xudbinona istagim samarasi emasmi? Menimcha, 
bunday emas.
Seni sog’inganini aytib charvhamaydigan,
Dadang. 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin