Bunday obligatsiyalarning emitentlari sifatida O‘zbekiston Respublikasining milliy – davlat va ma’muriy – hududiy tuzilmalarining hokimiyat idoralari qatnashishi mumkin. Obligatsiyalarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror davlat hokimiyatining mahalliy idoralari: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimiyatlari tomonidan qabul qilinadi.
Munitsipal obligatsiyalarni chiqarishning eng asosiy masalalaridan biri – bu ularni ta’minlash masalasidir. Shunga ko‘ra ular qoplanishning quyidagi asosiy manbalari bilan chiqarilishi mumkin:
Qarzlarni to‘lash to‘g‘risidagi umumiy majburiyat zamirida.Bunday obligatsiyalar bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishi hokimiyat idorasining obligatsiyalarning keyingi so‘ndirilishi va ular bo‘yicha foizlar to‘lanishi uchun mahalliy budjetning qandaydir aniq manbalarini biriktirmasdan soliqlar, bojlar, ijara to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni undirishga qodirligi bilan ta’minlanadi.
Soliq qudrati chegaralangan qoplashning umumiy majburiyatizamirida.Ushbu holatda davlat hokimiyati idoralari mahalliy budjetga tushumlarning qaysi bir turi hisobiga kelajakda obligatsiyalar egalari oldidagi majburiyatlarning bajarilishi ta’minlanishini belgilaydi.
Maqsadli tushumlar zamirida.Obligatsiyalarni chiqarish shartlarida aniq loyiha ko‘rsatiladi, uni amalga oshirishga qimmatli qog‘ozlarning xaridorlaridan olingan mablag‘lar yo‘naltiriladi va u obligatsiyalarning egalari oldidagi majburiyatlarning bajarilishi uchun ma’lum daromadlar keltirishi lozim. Bu munitsipal mulk obyektlari (aeroportlar, vokzallar, bunda terminaldan foydalanganlik uchun to‘lov so‘ndirish manbasi hisoblanadi), mahalliy elektr stansiyalari, gaz o‘tkazgichlar, suv o‘tkazgichlar, issiq suv o‘tkazgichlar, yo‘llarning
qurilishi (to‘lov manbasi ko‘rsatilgan xizmatlar va foydalanish huquqi uchun muayyan iste’molchilar tomonidan to‘langan to‘lovlar), kasalxonalar, istirohat bog‘lari, o‘yingohlar, munitsipalitet (hokimiyat)ning boshqa to‘lovli jamoat obyektlarining qurilishi bo‘lishi mumkin.
Bunday qimmatli qog‘ozlarni chiqarish shartlarida keladigan daromadlarning qaysi qismi obligatsiyalar egalari oldidagi majburiyatlarni so‘ndirishga va qaysi biri daromadlar keltirayotgan obyektdan foydalanishning joriy xarajatlarini qoplashga hamda munitsipalitetga yo‘naltirilishi haqida kelishib olinadi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda munitsipal obligatsiyalar, odatda, banklar, nufuzli firmalar kafolati ostida chiqariladi va birinchi darajali aksiyalar darajasida baholanadi. Ular juda ommabop bo‘lib, eng foydali investitsiya aktivlaridan biri hisoblanadi.
Ayni paytda sobiq ittifoq mamlakatlarida bo‘sh turgan pul mablag‘larini jalb qilishning mazkur g‘oyat foydali usulidan foydalanilmayapti. Buning asosiy sababi munitsipal obligatsiyalarni chiqarish konsepsiyasini ishlab chiqishga qodir bo‘lgan malakali kadrlarning yo‘qligi, mahalliy hokimiyatlarning o‘z bo‘yniga bepul majburiyatlar o‘rniga to‘lovli majburiyatlar olishni xohlamasligi, mahalliy budjetlarning davlat budjetlaridan subsidiyalashning eskirib qolgan amaliyoti (munitsipal obligatsiyalarni chiqarish loyihasini ishlab chiqish va uni joriy etish – "bosh og‘riq", qaysiki bu yuqoridan keladigan dotatsiyalarni qisqartirib qo‘yishga olib keladi) va h.k.
O‘zbekistonda mahalliy zayomlar obligatsiyalari amalda qo‘llanilmayotganligiga qaramay, ularni chiqarishning istiqboli g‘oyat yuksak. Munitsipal zayomlar bo‘yicha mablag‘larni to‘plash muvaffaqiyatining jiddiy omili respublikada o‘zini o‘zi boshqarish. idoralarining ajoyib muassasasi – mahalla qo‘mitalarining mavjudligidir. Hokimiyatlarning mahalla qo‘mitalari bilan ishlashini faollashtirish, ularga mahalliy zayomlar obligatsiyalarini sotish orqali obodonchilik va ijtimoiy obyektlarni qurish bo‘yicha turli loyihalarni ishlab chiqish borasida ko‘maklashish yaqin kelajakda o‘zining g‘oyat sezilarli natijalarini bergan bo‘lar edi.