Qimmatli qog‘ozlar



Yüklə 209,85 Kb.
səhifə10/54
tarix21.05.2023
ölçüsü209,85 Kb.
#118933
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   54
Qimmatli qog‘ozlar

Davlat obligatsiyalari


Davlat qimmatli qog‘ozlari - O‘zbekiston Respublikasining g‘azna majburiyatlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organ tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining obligatsiyalari.
Davlat obligatsiyalari monopolistik kapitalizmgacha bo‘lgan davrda paydo bo‘ldi. Obligatsiyalar o‘zida kredit munosabatlarini aks ettiradi, bunda davlat qarzdor aholi yoki korxona va tashkilotlar kreditor sifatida ishtirok etadi (davlat krediti). Bugungi kunda davlat obligatsiyalari obligatsiyalarning eng keng tarqalgan turidir. Davlat obligatsiyalari emissiyasini hukumat, aksariyat hollarda, davlat budjeti taqchilligini qoplash maqsadida amalga oshiradi. Bevosita davlat obligatsiyalari operatsiyalari bilan kredit muassasalari shug‘ullanadi. Foizlarni to‘lash manbasi – davlat xazinasiga korxonalardan soliq ko‘rinishida kelib tushadigan, amalga oshirilgan qo‘shimcha qiymatdir. Davlat obligatsiyalari, odatda, mamlakatning mol-mulki, boyligi bilan kafolatlangan va shuning uchun ham investitsiya aktivlarining eng ishonchli turi hisoblanadi. Davlat obligatsiyalari bo‘yicha olingan daromadlar soliqqa tortilmaydi. Shuning uchun ular bo‘yicha foiz
stavkalari korporatsiyalarning eng birinchi darajali obligatsiyalari bo‘yicha to‘lanadigan foiz stavkalariga qaraganda past. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda jami davlat qarzining katta qismini aynan turli yillarda chiqarilgan obligatsiyalar tashkil etadi.
Sobiq Ittifoq iqtisodiy adabiyotida kapitalistik davlat kreditining mavjudligi tegishli mamlakatlar hukumatlari tomonidan o‘zining harbiy va boshqa noishlab chiqarish xarajatlarini qoplash zarurati bilan bog‘liq, deb ko‘rsatilar edi. Bunday hollarga deyarli hamma yilrlarda bir xil salbiy baho berilar edi. Shuni ta’kidlash lozimki, yuqorida aytilgan xarajatlar har qanday davlat budjetining majburiy unsuri hisoblanadi.
Davlat qimmatli qog‘ozlari bozorini tashkil qilish va uning rivojlanishi o‘zining salbiy holatlari bilan birga, deyarli hamma yilda iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar uchun kreditdan davlat budjeti daromadlarini shakllantirishning manbasi sifatida foydalanish va bu bilan xo‘jalikni moliyalashtirishning resurs salohiyatini kengaytirish imkonini berdi.
Davlat qimmatli qog‘ozlari bilan turli operatsiyalar qilish, masalan, ularni kredit tizimi ishtirokida ochiq bozorda sotib olish yoki sotish yordamida ko‘pchilik zamonaviy kapitalistik davlatlar iqtisodiyotini pul – kredit jihatdan tartibga solishga erishiladi. Aholi hamda korxonalar uchun davlat majburiyatlarini xarid qilish o‘z omonatlari va jamg‘armalarini nisbatan ishonchli saqlash shakli hisoblanadi. Bu qandaydir darajada o‘zini inflatsiya jarayonlari ta’siridan chegaralash imkonini beradi.
O‘zbekiston Davlat obligatsiyalari – bu Respublika ichki qarzlari obligatsiyalaridir. Bunday obligatsiyalarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror hukumat tomonidan qabul qilinadi. Mustaqil O‘zbekiston tarixida davlat obligatsiyalarining ikki xil turi chiqarilishiga yo‘l qo‘yildi. Birinchisi – 1992-yil mayda –12 foizli ichki yutuqli zayom. Bu SSSRning parchalanishi munosabati bilan sodir bo‘lgan keskin inflatsiya va Sovet hukumati tomonidan qog‘oz pul belgilarining muomalaga me’yoridan ortiq darajada chiqarilishi tufayli aholi uchun juda muvaffaqiyatsiz tugadi. Ikkinchisi – 1996-yil martda –korxona va tashkilotlar uchun davlat qisqa muddatli obligatsiyalari (DQMO) ko‘rinishidagi obligatsiya zayomi, u mamlakat xazinasi va sarmoyador korxonalarga daromadlar keltirgan holda juda muvaffaqiyatli amal qilib turibdi.
O‘zbekistonda DQMOning dastlabki kimoshdi savdosi 1996-yil 28-martda bo‘lib o‘tdi. Moliya vazirligi obligatsiyalarning emitenti hisoblanadi. Obligatsiyalar emissiyasi davriy ravishda alohida nashrlar shaklida amalga oshiriladi. Har bir nashr, odatda, bir oyda bir marta chiqariladi. Obligatsiyalar 3, 6 va 12 oy muddatlarga chiqariladi.
Obligatsiyalarni ularni sotishga vakolat berilgan tashkilot (diler)lar orqali xarid qilgan yuridik shaxslar obligatsiyalarning egasi bo‘lishi mumkin. Obligatsiyalar nashrlarining kimoshdi savdosi, savdolari, hisob-kitoblari va ularga ko‘rsatiladigan boshqa xizmatlar O‘zbekiston Respublikasi valuta birjasida amalga oshiriladi.



Yüklə 209,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin