rekvizitlari Hosila qimmatli qog‘ozlar opsionlar, fyucherslar va varrantlar ko‘rinishida chiqarilishi mumkin.
Opsion (nemischa option co‘zidan) – emitentning muayyan miqdordagi qimmatli qog‘ozlarini opsionda ko‘rsatilgan muddatda qat’iy belgilangan narxda sotib olish huquqini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog‘oz.
Opsionning o‘ziga xos xususiyati shundaki, uning egasi qimmatli qog‘ozning o‘zini xarid qilmaydi, balki uni sotib olish yoki sotish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda u o‘zining xarid qilish yoki sotish huquqidan foydalanishi yo bo‘lmasa, undan voz kechishi mumkin.
Opsion shartnomasida ikki tomon ishtirok etadi opsion xaridori (egasi) – ma’lum miqdordagi qimmatli qog‘ozlarni sotib olish yoki sotish huquqiga ega bo‘ladigan shaxs hamda sotuvchi (ustiga yozuvchi)
– tegishli ravishda ushbu qimmatli qog‘ozlarni sotish yoki xarid qilish majburiyatini o‘z zimmasiga oluvchi shaxs.
Barcha opsionlar ikki xilga bo‘linadi. Xarid qilish uchun opsion "kollopsion" (call) va sotish uchun opsion – po‘topsion (put). Xarid qilish opsioni (call) kelajakda hosila qimmatli qog‘oz tomonidan belgilangan shartlarda bazis aktivini sotib olish huquqini beradi. Sotish opsioni (put) o‘z egasiga kelajakda bazis aktivini hosila qimmatli qog‘oz shartlariga muvofiq sotish huquqini beradi.
Opsionlar "Yevropa opsionlari" va "Amerika opsionlari"ga bo‘linadi.
Yevropa opsioni – bu uning ijro etilishiga faqat kelishilgan bo‘lajak sanada ruxsat etiladigan shartnomadir. Amerika opsioni – bu uning ijro etilishiga kelishilgan sanagacha va kelishilgan bo‘lajak sanada istalgan yilda ruxsat etiladigan shartnomadir.
Opsionning ijro etishi baxosi – bazis aktivining opsion shartnomasida kelishilgan narxi.
Mukofot – xaridor tomonidan sotuvchiga opsion sertifikatidan ko‘chirmaga qarshi to‘lanadigan opsion narxi.
Ichki qiymat – shartnoma zudlik bilan sotilgan vaziyatda opsion egasi olishi mumkin bo‘lgan daromad. U bazis aktivining joriy narxi va shartnomada kelishilgan ijro narxi o‘rtasidagi farqning miqdoriga teng.
Tashqi qiymat – mukofot hamda opsionning ichki qiymati o‘rtasidagi farq, uning hajmi shartnomaning muddatliligiga, kursning barqarorligiga va foiz stavkalarining dinamikasiga bog‘liq,
Opsion va fyuchers savdolarining negazida olibsotarlik manfaati, qimmatli qog‘ozlar kursining ko‘tarilishi yoki pasayishidan pul ishlab olishga intilish yotadi.
Call opsioni chog‘idagi kontragentlar o‘yinining mexanizmini ko‘rib chiqamiz.
Ushbu opsion shartlariga ko‘ra, opsion egasi qimmatli qog‘ozlarni shartnomaga obuna bo‘lgan shaxsdan kelishilgan narx bo‘yicha sotib olish huquqiga ega, Mazkur huquq ma’lum muddat davomida amal qiladi. Opsionni sotib olish chog‘ida xaridor sotuvchiga mukofot to‘laydi. Opsion sotuvchisi (ustiga yozuvchi) agar aksiyalar egasi ushbu qimmatli qogozni sotishni talab qilsa, ularni sotishga majburdir.
O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq, opsionlar ular emitentining ilgari chiqarilgan shaxsiy qimmatli qog‘ozlarini ham, uchinchi shaxslar qimmatli qog‘ozlarini ham xarid qilish yoki sotish huquqini tasdiqlashi mumkin. Bazis aktivi emitentning birinchi marta muomalaga chiqarilayotgan shaxsiy qimmatli qog‘ozlaridan iborat bo‘lgan opsionlarning chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Opsionlar egasining nomi yozilgan va ko‘rsatuvchi egalik qiladigan turlarda bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasida opsionlar o‘ziga amerikacha xildagi opsionning belgilarini jamladi, ya’ni opsion egasi o‘zining bazis aktivini xarid qilish yoxud sotish huquqini yo ma’lum bir muddat davomida, yoki aniq bir sanada amalga oshiradi.