Muayyan summani to‘lash haqida oddiy va hech narsa bilan shartlanmagan va’da.
To‘lov muddati.
To‘lov joyi.
To‘lov kimga yoki kimning buyrug‘i bilan bajarilishi lozim.
Vekselni tuzish sanasi va joyi.
Hujjatni bergan shaxsning imzosi.
Oddiy vekselda boshdan boshlab ikki shaxs qatnashadi; veksel beruvchi, uning o‘zi unga berilgan veksel bo‘yicha to‘lash majburiyatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri va so‘zsiz oladi hamda dastlabki sotib oluvchi (veksel egasi), u veksel bo‘yicha to‘lovni olish huquqiga ega.
Oddiy vekselning boshqa qarz majburiyatlaridan farqi quyidagilardan iborat:
veksel o‘tkazma yozuv bo‘yicha qo‘ldan qo‘lga o‘tkazilishi mumkin;
vekselda ishtirok etuvchi shaxslar veksel bo‘yicha birgalikda javobgarlikka ega, qaytmaslik yozuvini qayd etuvchi shaxslar bundan mustasno;
imzolarga guvohlik berish uchun notarial idoraga kelish talab etilmaydi;
veksel belgilangan muddatda to‘lanmagan hollarda notarial noroziligini qo‘zg‘atish zarur;
veksel mavxum pul hujjati hisoblanadi va shu sababli zakalat, garov yoki jarima bilan ta’minlanadi.
O‘tkazma vekselning oddiy vekseldan asosiy farqi shundan iboratki, u qimmatliklarni bir shaxs ixtiyoridan boshqa shaxs ixtiyoriga o‘tkazish uchun mo‘ljallangan.
O‘tkazma vekselning majburiy rekvizitlari:
Qimmatli qog‘ozning nomi.
Muayyan summani to‘lash haqida oddiy va hech narsa bilan shartlanmagan taklif.
To‘lovchining nomi.
To‘lov muddati.
To‘lov joyi.
To‘lov kimga yoki kimning buyrug‘i bilan bajarilishi lozim.
Vekselni tuzish sanasi va joyi.
Hujjatni bergan shaxsning imzosi.
O‘tkazma vekselni berish (trassirovka qilish) – aksept va u bo‘yicha to‘lov kafolati majburiyatini o‘z zimmasiga olish demakdir. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, uni boshqa shaxsga trassirovka qilish faqat agar trassant (veksel beruvchi) trassat (to‘lovchi)da o‘z ixtiyorida trassirovka qilinayotgan veksel summasidan kam bo‘lmagan qimmatlikka ega bo‘lgan vaziyatda mumkin bo‘ladi. Oddiy vekseldan farqli o‘laroq, o‘tkazma vekselda ikkita emas, balki uchta shaxs qatnashadi:
veksel beruvchi (trassant);
veksel bilan birga u bo‘yicha to‘lovni talab qilish huquqini oluvchi dastlabki xaridor (yoki veksel egasi);
to‘lovchi (trassat), unga veksel egasi to‘lovni amalga oshirishni taklif etadi (vekselda bu "to‘lang" degan so‘z bilan ifodalanadi).
Bu yerda trassantning majburiyati shartli ravishda belgilanadi. u, bordi-yu to‘lovchi (trassat) veksel summasini to‘lamasa, ushbu summani to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
Shunday qilib, oddiy vekselda to‘lovchi vekselni beruvchi bo‘lsa, o‘tkazma vekselda trassat, deb nomlanuvchi alohida shaxs to‘lovchi hisoblanadi. Uning nomi matnda majburiylar safiga kiritilishi tasodif emas, chunki u veksel (aksept)ni qabul qilganidan so‘ng oddiy vekselda veksel beruvchi holatini egallaydi.
O‘tkazma vekselning mazmunidan shu narsa kelib chiqadiki, u bo‘yicha majburiyat trassat (to‘lovchi) uchun faqat u veksel (aksept)ni qabul qilgan yildan boshlab paydo bo‘ladi. Aks holda trassat veksel beruvchi uchun mutlaqo begona shaxs bo‘lib qoladi. Bundan kelib chiqib, veksel bo‘yicha pullarni oluvchilar oldindan, to‘lov muddati kelgunga qadar to‘lovchining vekselni to‘lashga bo‘lgan munosabatini aniqlashi mumkin. Bu maqsadga vekselni trassatga uni akseptlash, demak, o‘z zimmasiga to‘lovni amalga oshirish majburiyatini olish taklifi bilan taqdim etish yo‘li orqali erishiladi.
Shu bilan birga, vekselni akseptga taqdim etish veksel egasi trassat va trassantning qodirligiga ishongan hollar uchun majburiy hisoblanmaydi. Veksel akseptga istalgan yilda, veksel berilgan kundan boshlab to to‘lov muddati boshlanadigan yilgacha taqdim etilishi
mumkin. Veksel hatto to‘lov muddatidan keyin ham akseptga taqdim etilishi hamda akseptlanishi mumkin va trassat u bo‘yicha vekselni muddatigacha qabul qilgandek javob beradi.
Odatda, veksel akseptga banklar tomonidan to‘lovchining manzili bo‘yicha taqdim etiladi. Trassat unga veksel birinchi marta taqdim etilganidan bir kundan so‘ng uni ikkinchi marta taqdim etilishini talab qilish huquqiga ega. Agar u ushbu muddatdan so‘ng qabul qilinmasa, u holda veksel qabul qilinmagan hisoblanadi. Trassat vekselni aksept uchun o‘zida qoldirishni talab qilish huquqiga ega emas.
Aksept, odatda, vekselning ustki tomoni chap qismida belgilanadi va to‘lovchining imzosi majburiy ravishda qo‘yilgan holda "akseptlangan", "qabul qilindi", "to‘layman" so‘zlari bilan ifodalanadi. Vekselning ustki tomonidagi oddiy imzo ham vekselning qabul qilinganligini anglatadi.
Veksel istalgan summaga 3 oy muddatgacha, istisno hollarda esa – 6 oygacha yozilishi mumkin. U "belgilangan kunga" yoki "tuzilgan kundan qandaydir yilga" mudddt bilan berilishi mumkin. Agar vekselda muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u taqdim etilganda to‘lanishi lozim bo‘lgan veksel sifatida ko‘rib chiqiladi.
Veksel belgilangan shakldagi blanklarda yoziladi. Veksellarning namunaviy blanklari markazlashtirilgan yo‘l bilan "Davlat belgisi" Davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadi va tijorat banklari o‘rtasida tarqatiladi. Korxona va tashkilotlar veksellar blanklarini tijorat banklarida hisob-kitob raqami yuritiladigan joyda sotib olishi mumkin. Veksellar blanklarini berish chog‘ida bank mijozning moliyaviy xo‘jalik ahvolini, uning to‘lovga qobiliyatini tekshirishi lozim. Bunda bank veksel summasini uning muomalada bo‘lishini maxsus daftarda qayd etadi. Bank rahbarlari veksellar blanklarining berilishi va veksel summalarining ro‘yxatga olinishi uchun shaxsan javobgardir.
To‘lov muddati kelib, veksel taqdim etilgan yilda veksel beruvchi unda ko‘rsatilgan summani veksel egasiga to‘lashga majbur, shundan so‘ng ikki kunlik muddatda veksel berilganligini ro‘yxatga olgan bankka veksel bo‘yicha to‘lov amalga oshirilganligi haqida xabar berishi kerak. Agar veksel muddatida to‘lanmagan bo‘lsa, bank qarzdor korxonaning hisob raqamiga kelib tushadigan pul mablag‘larini veksel bo‘yicha majburiyatlarni qoplash hisob raqamiga o‘tkazish huquqiga ega.
Agar veksel bo‘yicha to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmasa, veksel egasi veksel so‘ndirilishi lozim bo‘lgan kundan keyingi 2 ish kuni ichida to‘lanmaganlik haqida qat’iy norozilikni rasmiylashtirishi, shundan keyin veksel beruvchi va indossantlarga nisbatan da’vo qilishi mumkin (vekselni bergan va indossirovka qilgan barcha shaxslar vekselning egasi oldida birgalikda majburiyatga ega). Agar to‘lovchi to‘lovga qodir bo‘lmaganligi bois, to‘lovlarni to‘xtatib qo‘ysa, da’vo to‘lov muddati kelishidan oldin ham qilinishi mumkin, hatto bu holat sud tomonidan belgilanmagan bo‘lsa ham.
Veksel egasi vekselni indossirovka qilgan barcha shaxslarga yoki ularning har biriga alohida, ular bir-biriga vekselni o‘tkazgan ketma- ketlikdan qat’i nazar, da’vo qilishi mumkin. Xuddi shunday da’vo qilish huquqiga vekselga imzo chekkan har bir shaxs, u vekselni to‘lagandan keyin ega bo‘ladi.
Veksel egasi veksel bo‘yicha da’vo qilingan shaxsdan quyidagilarni talab qilishi mumkin:
vekselning to‘lanmagan summasi va foizlarni, agar ular shartlangan bo‘lsa;
da’vo qilish bo‘yicha xarajatlarni (xabarnomani jo‘natish, boj
va b.);
to‘lov muddati kelgan kundan boshlab Markaziy bank hisob
stavkasining yarmisi miqdoridagi penyani.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 19-martdagi Farmoniga muvofiq korxona va tashkilotlarning veksellarni chiqarishiga faqat ularga yetkazib berilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun hisob–kitoblar qilishga ularda pul mablag‘lari etishmovchiligini qoplash uchun xizmat ko‘rsatilayotgan bank tomonidan majburiy tarzda veksel topshiriqnomasi (aval)ning rasmiylashtirilishi bilan ruxsat etilgan edi. Aval bank tomonidan faqat korxonaning likvidli aktivlarining garovga qo‘yilishi ostida rasmiylashtirilishi mumkin. Veksellarni trast boshqaruviga topshirish, shuningdek, veksellar bilan kreditlar berilishi ta’qiqlanadi. Bundan tashqari, budjet oldida boqimandalikka ega bo‘lgan veksel egalari bo‘lmish korxona va tashkilotlar ushbu oyda qoplash muddati kelgan veksellarni tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxini to‘lash uchun foydalanish huquqiga ega emas. Veksel egalariga qayd etilgan veksellarni so‘ndirish uchun kelib
tushadigan pul mablag‘lari budjetga boqimandalik mavjud bo‘lgan hisob raqamga o‘tkazilishi lozim.
Tijorat banklariga veksel beruvchi korxonalar uchun maxsus hisob raqamlar ochish vazifasi topshirilgan. Ushbu hisob raqamlarda veksellarni so‘ndirish yilida banklar veksel beruvchilarning kerakli miqdordagi pul mablarlarini zaxirada ushlab turishi zarur. Veksel beruvchida vekselni so‘ndirish yilida veksel egasiga unga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘larni veksel topshiriqnomasi (aval) asosida o‘z yilida to‘lash uchun bo‘sh pul mablag‘lari bo‘lmasa, so‘ngra qarzdor korxonaga veksel noroziligi va jazo choralari tadbirini qo‘llashi mumkin. Hozirda veksellardan amaliyotda foydalanlmayapti.
Savollar
Qarz munosabatli qimmatli qog‘oz deganda nimani tushunasiz?
Depozit va xazina sertifikati farqi va o‘xshashlik tomonlari.