Qimmatli qog‘ozlar


Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish yakunlarini chop etish



Yüklə 209,85 Kb.
səhifə24/54
tarix21.05.2023
ölçüsü209,85 Kb.
#118933
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   54
Qimmatli qog‘ozlar

Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish yakunlarini chop etish. Ularni chiqarish to‘g‘risidagi xabar bosib chiqarilgan matbuot organida amalga oshirilishi lozim.

Bank investitsiyalariga, qoida bo‘yicha, foyda olish maqsadida bir yildan ortiq, yilda to‘lash sharti bilan qimmatli qog‘ozlarga mablag‘larni qo‘yilma qilish kiradi. Agar bank turli emitentlar qimmatli qog‘ozlaridan bir necha turini sotib olsa, ya’ni uning qo‘yilmalari diversifikatsiyalangan bo‘ladi va bunda mazkur bank investitsiyalar portfeli haqida gapirish mumkin bo‘ladi. U portfel tarkibini rejalashtirish, tahlil qilish va tartibga solib turish, portfel oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun uni shakllantirish hamda quvvatlab turish, uning likvidligi zarur darajada bo‘lishini saqlab turish va u bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirishni o‘z ichiga oladi. Investitsiya siyosatini ishlab chiqish va investitsiya portfeli tuzilmasini aniqlash yilida banklar avvalambor likvidlik, daromadlilik va xatarga e’tibor beradi. Banklarning qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalar qilishdan maqsadi – foizlar olish, kapitalni saqlab qolish va qimmatli qog‘ozlar kursi qiymatining o‘sib borishi asosida sarmoyaning ortib borishini ta’minlashdan iboratdir.
Banklarning bu sohadagi strategiyasiga bank qonunchiligi katta ta’sir ko‘rsatadi. Buyuk Britaniya, Italiya kabi mamlakatlarda qonun bank portfelida mavjud bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar kurs qiymatining o‘sishi hisobiga vujudga keladigan yashirin zaxiralarning shakllantirilishini taqiqlaydi. Bu davlatlarda banklar o‘z balanslarida o‘z aktivlarining qiymatini, ularni qayta baholashni hisobga olgan holda, albatta ko‘rsatishlari shart. Boshqa mamlakatlarda, masalan, Yaponiya, AQSHda aktivlar xarid yoki nominal qiymati bo‘yicha balanslarda aks ettirilishi sababli, yashirin zaxiralar katta miqdorlarga etishi mumkin, bu esa, bankni shunday investitsiyalarni ko‘paytirib borishga da’vat etadi.
Ko‘pgina mamlakatlarda bank qonunchiligi bank investitsiya portfelida mavjud bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning sifatiga muayyan talablarni qo‘yadi. Bu talablar, odatda, qimmatli qog‘ozlar likvidligiga tegishlidir, shuningdek, bank portfelini shakllantiruvchi qimmatli
qog‘ozlar bozorda erkin muomalada bo‘lishi yoki kredit olish yilida garov sifatida Markaziy bank tomonidan qabul qilinishi kerak.
O‘zbekiston banklarining portfelini investitsiyalash obyekti bo‘lib korporativ qimmatli qog‘ozlar, shuningdek, davlat qisqa muddatli qog‘ozlari xizmat qiladi.
Investitsiyalash jarayonida bank strategiyasining ikki turi farqlanadi: passiv va aktiv. Passiv, ko‘tib turuvchi strategiyaning maqsadi – o‘rtacha bozornikiga yaqin bo‘lgan darajadagi barqaror va qat’iy daromad olinishini ta’minlashdir. Bu holda, odatda, "narvon" usuli yoki "shtanga" usuli qo‘llanadi. Birinchi usul turli muddatli qimmatli qog‘ozlarni bank tomonidan tanlab olingan investitsiyalash muddati doirasida bir tekis taqsimlagan holda sotib olishga asoslangan. "Shtanga" usuli investitsiyalarning aksariyat qismi portfelning yuqori likvidliligini ta’minlaydigan juda qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlarga hamda yuqori daromad olish uchun imkon beradigan anchagina uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlarga yo‘naltirilishini anglatadi.
O‘zbekistonda banklar o‘zlarining qimmatli qog‘ozlar portfelini shakllantirishda ushbu ikkala usulni qo‘llaydilar. Biroq O‘zbekiston uchun umuman investitsiyalashning nisbatan qisqaroq muddatlari xosdir.
Agressiv (tajovuzkor) siyosat kurslar va foizlarning bozorda o‘zgarib (tebranib) turishidan daromad olish imkoniyatlaridan eng ko‘p darajada foydalanib qolishga yo‘naltirilgan. Bunday strategiyani faqat katta investitsiya portfeliga ega bo‘lgan yirik banklargina qo‘llashi mumkin. Agressiv strategiyani muvaffaqiyatli olib borish uchun bank kundalik bozorni xolisona baholay oladigan va unda vaziyatning o‘zgarishiga oid taxminlar tuzishni ta’minlaydigan tegishli tahliliy imkoniyatlarga ega bo‘lishi lozim.
O‘zbekiston banklarini investitsiyalashning bosh obyekti davlat qisqa muddatli obligatsiyalari (DQMO) bo‘lib, ular bankka kafolatli qat’iy va barqaror daromad olish uchun imkon beradi. Ko‘pgina banklar o‘zlarining vaqtincha bo‘sh turgan pul resurslarini ayni mana shu DQMOga qo‘yilma qiladilar. Shuni qayd etish lozimki, ko‘pgina banklar DQMOga qo‘yilma qilayotganlarida bir qancha hollarda ikkilamchi bozorda narx ko‘tarilishi – narx pasayishi yilidagi fursat (o‘yin)dan foydalanib, katga daromad olib, tajovuzkor siyosat yuritadilar.
Ahamiyatiga ko‘ra ikkinchi o‘rinda turgan, ammo eng katta istiqbolga ega bo‘lgan investitsiyalash obyekti xususiylashtirilgan
korxonalarning aksiyalari bo‘lib, ular dividendlar shaklida daromadlar olish va kurs qiymatini oshirish uchun, shuningdek, keyinchalik ancha yuqori narxda qayta sotish uchun sotib olinadi.
Sanoat korporatsiyalari aksiyalariga banklar investitsiyalari amalga oshirilgan yilda bank kapitali bilan sanoat kapitali qo‘shilib – birlashib, moliya kapitali hosil bo‘ladi. Bunday birlashuv, yuqorida qayd etilganidek, hamma mamlakatlarda ham bo‘lavermaydi, lekin O‘zbekistonda u yetarlicha keng rivojlandi. Agar biror aksiyadorlik jamiyatining aksiyalar paketiga ega bo‘lgan bank uni boshqarishda, shuningdek, kreditlar, jumladan, imtiyozli kreditlar yordamida emitentning moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirishda faol ishtirok etsa, shunday birlashib ketishning afzalliklari namoyon bo‘ladi.
Har bir bank investitsiya portfelining muayyan qismini bank tomonidan qo‘shma va shu’ba korxonalarga kiritilgan paylar va ulushlar tashkil etadi. Ushbu qo‘yilmalardan keladigan daromad ba’zan katta miqdorlarga yetishi, ammo ayrim hollarda umuman bo‘lmasligi ham mumkin. Turlicha bozor tuzilmalarining ta’sischilari bo‘lmish banklar ularga katta mablag‘larni qo‘yilma qiladi. Masalan, banklar investitsiya muassasalari va birjalarning ta’sischilari bo‘lishi mumkin. Amalda O‘zbekistondagi har bir bank turli yo‘nalishdagi bir yoki hatto bir necha investitsiya muassasalari – investitsiya vositachilari, investitsiya kompaniyalari va h.k.larning ta’sischisi bo‘ladi. O‘zbekistonda banklarga institutsional sarmoyadorlarning, ya’ni o‘z ish faoliyatining xususiyatiga ko‘ra doimiy va katta miqdordagi pul mablag‘lariga ega bo‘lgan hamda ularni qimmatli qog‘ozlar portfeliga qo‘yilma qilishga qurbi yetadigan tashkilotlarning ta’sischilari bo‘lish uchun ruxsat berilgan. Banklar institutsional sarmoyadorlarning aksiyalarini sotib olib, pul mablag‘larini jamg‘arish (akkumulatsiyalash) uchun qo‘shimcha imkoniyatga ega bo‘ladi, shuningdek, mijozlarning qimmatli qog‘ozlar portfelini boshqarish bo‘yicha o‘z operatsiyalarini kengaytiradi.
Banklar anderrayting bo‘yicha operatsiyalarni bajarayotgan yilda mablag‘larni qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalashga doir operatsiyalarni amalga oshiradi, ya’ni bank-emitent mijozning qimmatli qog‘ozlarini joylashtira olmagan yilda, o‘z majburiyatlarini bajarish va mijozning ustav sarmoyasini o‘z yilida shakllantirish uchun bankning o‘zi mijozning qimmatli qog‘ozlarini sotib olishiga to‘g‘ri keladi. Ammo ushbu operatsiyalar ko‘proq nochorlik xususiyatiga ega. Keyinchalik bank bunday qimmatli qog‘ozlarni sotib olib, ularni
sotishga harakat qiladi yoki u foyda, shu bilan birga, dividendlar keltira boshlashi uchun emitentni boshqarishda ishtirok etadi.
Banklar korxona aksiyalariga ega bo‘lib va unga kreditlar berib, o‘z investitsiyalarini himoya qilish maqsadida kreditlashni davom ettirishga jalb etilishi mumkin. Ular o‘z obro‘sini saqlab qolish uchun korxonaning moliyaviy barqarorligini quvvatlab turishga majburdir. Qimmatli qog‘ozlarga investiyalashni amalga oshirishda bankning yo‘qotishlari bo‘yicha mavjud xatar asosan qisqa muddatlidir, lekin u bankning asosiy kapitaliga nisbatan juda yuqori bo‘lib qolishi ham mumkin. Bank emitent – korxonaning bankrot bo‘lishi bilan bog‘liq holda uning aksiyalariga ega bo‘lgani uchun zarar ko‘rishi ham mumkin, ammo bunday yo‘qotishlarning eng ko‘p tarqalgan sababi, bozor qiymatini noto‘g‘ri baholash va qimmatli qog‘ozlarni uzoq yil davomida saqlab turishdan iboratdir.
Bankning qimmatli qog‘ozlar portfeliga oid ichki hisoboti qimmatli qog‘ozlarning turi va xillari, sifat tasnifi, nominal va bozor qiymaty (narxi), sotib olish va sotish sanasi, foiz stavkasi, chegirmasi, olingan dividendlar yoki foizlar, oldi-sotdi bitimlar foydasi bo‘yicha qismlarga bo‘lingan bo‘lishi kerak. Bunday hisobot investitsion qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha, shuningdek, olish–sotish uchun mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha ham muntazam ravishda tayyorlanishi zarur.
Har bir bank, yuqorida qayd etilganidek, ichki hujjat sifatida bank Kengashi tomonidan tasdiqlangan investitsiya siyosati to‘g‘risidagi Nizomiga ega bo‘lishi va unda majburiy tartibda quyidagi masalalar aks ettirilishi shart:
·bankning investitsion strategiyasi va maqsadi (foyda olish, emitentni boshqarishda ishtirok etish, likvidlikni quvvatlash, garov talablariga muvofiqlashtirish);
·bank investitsiya mablag‘lari qo‘yishni rejalashtirayotgan qimmatli qog‘ozlarning turi va xillari hamda investitsiyalar muddatlari;
·bankning emitentlar va tarmoqlar bo‘yicha aksiyalar bir joyda to‘planishini cheklash, qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilmalarning xatarsizligi va ularning sifatini baholash, emitent–korxonalarning moliyaviy ahvoli hamda boshqaruv tajribasini baholash, investitsiyalar diversifikatsiyasini qanday usullar vositasida amalga oshirish bo‘yicha rejalari.
Bundan tashqari, investitsiya faoliyatini amalga oshirish yilida Markaziy bank tomonidan barcha tijorat banklariga emitentning umumiy pasport ma’lumotlari qayd etiladigan "qimmatli qog‘ozlar emitenti anketasi (so‘rovnomasi)" maxsus shakli, shuningdek, uning moliyaviy ahvoli (qoplash koeffitsiyenti, likvidliligi, alohidaligi, kredit qobiliyati bo‘yicha sinfi, ssudalar bo‘yicha qarzdorligi va h.k.)dan foydalanish tavsiya etilgan. So‘rovnomalar davriy ravishda yangilanib turilishi kerak.


Savollar





  1. Emissiya risolasi deganda nimani tushunasiz?

  2. Emitentlarning qanday turlari mavjud?

  3. Investorlarning qanday turlari mavjud?




emissiya

Yüklə 209,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin