Qimmatli qog‘ozlar



Yüklə 209,85 Kb.
səhifə27/54
tarix21.05.2023
ölçüsü209,85 Kb.
#118933
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   54
Qimmatli qog‘ozlar

Savollar





  1. Moliya bozori savdo tizimi tushunchasi qanday talqin qilinadi?

  2. Savdo tizimlarining qanday turlarini bilasiz?

  3. Qanday savdo tizimlarida qanday bitishuvlar tuziladi?

  4. Savdo tizimlarida operatsiyalarning qanday bosqichlari mavjud?

  5. Savdo tizimlari qaysi belgilar bo‘yicha tasniflanadi?

  6. Savdo tizimlarining vazifalari va funksiyasi nimalardan iborat?

  7. Moliya bozori savdo tizimlarining savdo obyektlari bo‘lib nimalar tashkil etadi?

  8. Tovarlarga qanday talablar qo‘yiladi?

  9. Kotirovka nima?




savdo tizimi

  • birja

  • delisting

  • tendensiya

Asosiy tushuncha va atamalar





    • electron savdo tizimi

    • kotirovka

    • listing

    • buqalar o‘yini

  • savdo operatsiyalari · ayiqlar o‘yini




  1. bob. Qimmatli qog‘ozlar bozorini davlat tomonidan tartibga

solish

Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga soluvchi davlat organlari va ularning vazifalari

Agar AQSH kabi mamlakatda qimmatli qog‘ozlar bozori haqidagi qonun hujjatlarining vujudga kelishi jarayoniga ommaviy mojarolar, nayrangbozlik va tovlamachiliklar jiddiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lib, hozirgi vaqtda fond bozorining davlat tomonidan tartibga solinishi parlamentning ushbu bozor ishtirokchilari tomonidan yo‘l qo‘yilgan suiste’molliklarga munosabati sifatida shakllangan bo‘lsa, O‘zbekistonda esa ushbu jarayonlar rejali ravishda, hukumat hamda bozor munosabatlarining manfaatdor ishtirokchilari tashabbusi bilan, boshqa mamlakatlar tajribalarini inobatga olib, ularning tavsiyalaridan foydalangan holda, fond bozorini tartibga solishni tashkil etishning o‘z modeliga ega bo‘lish bilan rivojlandi


Qimmatli qog‘ozlar bozorining davlat tomonidan tartibga solinishi zarurati qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlanishining tarixi shundan guvohlik beradiki, qimmatli kog‘ozlar bilan savdo qilishning me’eriy jarayoni faqat yo fond bozori ishtirokchilarining o‘zlari tomonidan, yoki davlat tomonidan belgilangan aniq qoidalar mavjud bo‘lgan, shuningdek, ularga rioya etilishi doimiy ravishda nazorat qilingan hollarda amalga oshirilishi mumkin. Amaliyotda ushbu shartlarga rioya etmaganlik makro va mikro darajadagi jiddiy oqibatlarga, ba’zan umumiqtisodiy tanglikka o‘sib boruvchi global moliyaviy fojialarga olib kelganligiga misollar juda ko‘p tarixiy nom chiqargan AQSHning Nyu-York fond birjasidagi 1929-yilgi "qora qush" deb nomlangan kuzgi tanglik va yaqindagina (1998-yil 17-avgust) Rossiya qimmatli qog‘ozlar bozoridagi muvaffaqiyatsizlik bunga yaqqol misol bo‘ladi. Ushbu voqealar, so‘zsiz, fond bozorining davlat tomonidan tartibga solinishi mexanizmining samarasizligi oqibatida sodir bo‘ldi.
Qimmatli qog‘ozlarning bir maromda va xatarsiz muomalada bo‘lishi uchun mazkur sohaga oid qonuniy me’yorlarni barpo etish hamda ularni doimiy ravishda takomillashtirib borishni, oddiy fuqarodan tortib, to davlat organlarigacha qimmatli qog‘ozlar bozorining barcha ishtirokchilari tomonidan qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilishni o‘zida uyg‘unlashtiruvchi tizim zarur tizim sarmoyadorlarning qonuniy huquqlarini himoya qilishga va saqlashga yo‘naltirilishi lozim, chunki aynan ular qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining ichida eng zaif hamda ko‘p sonli unsur hisoblanishadi. Ushbu tizimda tanglik holatini sog‘lomlashtirishga yoki
fond bozori ishtirokchilarining turli qatlamlari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar tizimida sodir bo‘ladigan nomutanosibliklarni, fond bozori va bozor iqtisodiyotining boshqa sektorlarining o‘zaro aloqalari sohasidagi kelishmovchiliklarni qidirib topish, qimmatli qog‘ozlar bozoriga tuzatib bo‘lmaydigan zararlar keltirishga, mavjud barqarorlikni buzishga qodir bo‘lgan omillarni o‘rganishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar qo‘llanishiga alohida o‘rin berilishi kerak. Fond bozorini davlat tomonidan tartibga solishdan maqsad, qimmatli qog‘ozlarning bir maromda va xatarsiz muomalada bo‘lishi, qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi orqali iqtisodiyotga investitsiya qilish uchun sharoitlar yaratish, investitsiyani amalga oshirishda sarmoyadorlar tomonidan mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarni eng kam holatga keltirish, savdolar tashkilotchilari va fond bozorining professional ishtirokchilarining barqaror ishlashini ta’minlashdir. Fond bozorida barqarorlikka erishgan holda, davlat bu bilan iqtisodiyotning o‘zini-o‘zi tartibga solishi, pul mablag‘larining bir tarmoqdan boshqasiga oqib kelishi uchun sharoit yaratadi, shu tariqa xalq xo‘jaligi mustahkamlanadi (qimmatli qog‘ozlar bozorining bir maromda faoliyat
ko‘rsatishi iqtisodiyotga samarali ta’sir ko‘rsatadi).
Rivojlangan mamlakatlarning tajribalari shundan dalolat bermoqdaki, qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish nuqtai nazardan tartibga solishni davlat va professional (ya’ni maxsus tashkil etilgan qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilarining tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan) bo‘laklarga bo‘lish eng maqsadga muvofiq usul sanaladi. Bunday taqsimotga muvofiq qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solishning bir necha asosiy modellari mavjud.
Birinchi model qimmatli qog‘ozlar bozorining asosan davlat idoralari tomonidan tartibga solinishini va bunday tartibga solish bo‘yicha vakolatlarning kichik qismini o‘zini–o‘zi tartibga soluvchi tashkilotlarga berilishini nazarda tutadi (Frantsiya).
Ikkinchi model, aksincha, fond bozorini tartibga solish bo‘yicha mavqelarning eng katta hajmini o‘zini–o‘zi tartibga soluvchi tashkilotlarga berilishini nazarda tutadi, bunda davlat faqat asosiy nazorat qilish vakolatlarini saqlab qoladi (Buyuk Britaniya).
Ko‘pchilik hollarda esa birinchi va ikkinchi modellarning uyg‘unlashuvi ko‘zga tashlanadi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish jarayonida davlat quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
·qonun chiqarish vazifasi (qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish konsepsiyasini, uni amalga oshirish dasturini ishlab chiqish, dasturni boshqarish) – fond bozoridagi munosabatlar rivojlanishining maqsadi va asosiy yo‘nalishlarini belgilash, qimmatli qog‘ozlar bozoridagi munosabatlarning tamoyillariga, bozor infratuzilmalarining faoliyat ko‘rsatishiga, professional ishtirokchilar hamda savdolar tashkilotchilarining maqomiga, sarmoyadorlar huquq va manfaatlarini himoya qilishga taalluqli asosiy (fundamental) huquqiy me’yorlarni belgilash va qimmatli qog‘ozlar bozoridagi munosabatlarning rivojlanish monitoringini amalga oshirish;
·resurslar (davlat va xususiy resurslar)ni qimmatli qog‘ozlar bozorini tashkil etish maqsadlari uchun to‘plash; davlat eng yirik
emitent va sarmoyador hisoblanadi; u qimmatli qog‘ozlar bozorining vositalaridan makroiqtisodiy siyosatni amalga oshirishda foydalanadi (ochiq bozordagi operatsiyalar);
·"o‘yin qoidalari"ni belgilash (emitentlarga, sarmoyadorlarga, professionallarga qo‘yiladigan talablar, operatsiya va hisob andozalarini tasdiqlash);
·bozorning moliyaviy barqarorligi va xavfsizligini nazorat qilish (bozorga kirishni qayd etish va nazorat qilish, qimmatli qog‘ozlarni ro‘yxatga olish, investitsiya muassasalarining moliyaviy ahvolini nazorat qilish, huquqiy va axloqiy me’yorlarga rioya etilishini nazorat qilish, jazolar qo‘llash);
·fond bozori ishtirokchilarini mazkur bozorning ahvolidan xabardor qilish, emitentlar, sarmoyadorlar, investitsiya muassasalari, fond birjalari va shu kabilar tomonidan axborotning oshkor etilishini ta’minlash, yo‘qotishlardan sug‘urtalash (shu jumladan, investitsiyalarni sug‘urtalashning davlat yoki aralash sxemalari);
·fond bozorida sarmoyadorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha chora–tadbirlar ko‘rish, shu jumladan, emissiyalarni ro‘yxatga olish, chet el qimmatli qog‘ozlarini milliy bozorlarda muomalada bo‘lishiga ruxsat berish, emitentlar va qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining faoliyatini nazorat qilish, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida qonun hujjatlarini qabul qilish.
Qimmatli qog‘ozlar bozorining davlat tomonidan tartibga solinishi vakolatli organlar tomonidan quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
·qimmatli qog‘ozlar va emissiya risolasini ro‘yxatga olish, emitentlar tomonidan ularda ko‘zda tutilgan shartlar hamda majburiyatlarga rioya etilishini nazorat qilish;
·emitentlar va bozor ishtirokchilari tomonidan qimmatli qog‘ozlar haqidagi axborotning oshkor etilishini ta’minlash;
·mutaxassislarni shaxodatlashdan o‘tkazish, investitsiya muassasalariga litsenziyalar berish va ular faoliyatini nazorat qilish;
·sarmoyadorlar va qimmatli qog‘ozlar bozorini boshqa ishtirokchilarining shikoyatlarini ko‘rib chiqish hamda ular bo‘yicha xulosalar chiqarish, bozor ishtirokchilari tomonidan bajarilishi
lozim bo‘lgan ko‘rsatmalarni berish;
·oldi-sotdilarning birja va birjadan tashqari bitimlariga ruxsat etilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha tuziladigan bitimlarni, shuningdek, qimmatli qog‘ozlarni sovg‘a qilish, meros qoldirish, ularni ustav fondiga o‘tkazish hamda mulkdorning o‘zgarishiga olib keluvchi boshqa harakatlarni tartibga solish. Masalan, bitimni tuzish sanasi va qimmatli qog‘ozlar narxini to‘lash o‘rtasidagi davr besh bank ish kunidan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Agar u ushbu muddatdan oshib ketsa, bitim haqiqiy emas, deb hisoblanadi, bu esa xaridorning javobgarligini keltirib chiqaradi.
O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bozorining davlat tomonidan tartibga solinishini amalga oshiruvchi organlar quyidagilar hisoblanadi: Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, Moliya vazirligi, Markaziy bank. Qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarni soliqqa tortish bilan bog‘liq me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda Davlat Soliq Qo‘mitasi ham ishtirok etadi. Adliya vazirligining roli ham alohida, u mazkur sohaga oid ishlab chiqilgan va ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan u yoki bu me’yoriy hujjatlarning amaldagi qonunchilikka mos kelishini ekspertizadan o‘tkazadi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorini davlat tomonidan tartibga solishning eng muhim usullaridan biri – bu qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarishda ularning ro‘yxatdan o‘tkazilishi hisoblanadi. Qimmatli qog‘ozlar harakatining ushbu bosqichida tartibga soluvchi organ
qimmatli qog‘ozlar emissiyasi aniq investitsion loyiha ostida amalga oshirilayotganligiga, sarmoyadorlarning mablag‘lari samarali, oldindan ishlab chiqilgan biznes-rejaga muvofiq sarflanishiga va keyin foyda keltirishiga ishonch hosil qilishi kerak. Aynan emissiyani ro‘yxatga olish chog‘ida tartibga soluvchi organ tovlamachilikning oldini olish maqsadida emitentning faoliyatini oldindan nazorat qiladi.


Savollar





  1. Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofilashtirish deganda nimani tusunasiz ?

  2. Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofilashtirishning necha usuli mavjud ?




Yüklə 209,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin