Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining mutlaq vazifalari quyidagilardan iborat:
·emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni hisobga qo‘yish, davlat emissiyaviy qimmatli qog‘ozlari bundan mustasno;
·emissiyaviy hujjatsiz qimmatli qog‘ozlarni saqlash, davlat emissiyaviy hujjatsiz qimmatli qog‘ozlari bundan mustasno;
·markaziy ro‘yxatdan o‘tkazuvchi sifatida aksiyalar egalarining reyestrlarini va korporativ obligatsiyalar egalarining reyestrlarini yuritish;
·davlatning unga saqlash uchun topshirilgan qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarini, shuningdek qimmatli qog‘ozlarni boshqarish bo‘yicha davlat vakolat bergan shaxslarning qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarini hisobga olish;
·depozitariylarning vakillik hisob varaqlarini yuritish;
·o‘zida saqlanayotgan birja savdosi va birjadan tashqari savdo ishtirokchilarining qimmatli qog‘ozlari savdoga qo‘yilishidan oldin ularning mavjudligi hamda haqiqiyligini tasdiqlash;
·o‘zida saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlar savdoda tuzilgan bitimlar bo‘yicha birja savdosi va birjadan tashqari savdo ishtirokchilariga yetkazib berilishini ta’minlash;
·emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni saqlash, davlat emissiyaviy qimmatli qog‘ozlari bundan mustasno;
·O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan chiqarilgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalaga kiritilgan qimmatli qog‘ozlarni hisobga olish;
·O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan chiqarilgan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida muomalaga kiritilgan qimmatli qog‘ozlarni hisobga olish;
·investitsiya fondlari tomonidan chiqarilgan va ularga tegishli qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish;
·depozitariylar deponentlarining yagona bazasini yuritish;
·depozitariylarda depo hisob varaqlari bo‘yicha emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar (davlat emissiyaviy qimmatli qog‘ozlari bundan mustasno) harakati to‘g‘risidagi axborotni to‘plash va tizimlashtirish.
Qimmatliqog‘ozlarmarkaziydepozitariysiningmarkaziy ro‘yxatdano‘tkazuvchivazifasinibajarishdagihuquqvamajburiyatlari Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi markaziy ro‘yxatdan o‘tkazuvchi vazifasini bajarayotganda qimmatli qog‘ozlarning nominal saqlovchilaridan aksiyalar egalari reyestrlarini va korporativ obligatsiyalar egalari reyestrlarini shakllantirish uchun zarur
ma’lumotlarni so‘rash va olish huquqiga ega.
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi markaziy ro‘yxatdan o‘tkazuvchi vazifasini bajarayotganda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi markaziy ro‘yxatdan o‘tkazuvchi vazifasini bajarayotganda:
·aksiyalar egalarining va korporativ obligatsiyalar egalarining belgilangan sanadagi holatga ko‘ra shakllantirilgan reyestrlarini saqlashi;
·aksiyalar egalarining va korporativ obligatsiyalar egalarining reyestrlaridagi mavjud axborotni ushbu Qonunga muvofiq taqdim etishi;
·aksiyalar egalarining va korporativ obligatsiyalar egalarining reyestrlaridagi mavjud axborotning maxfiyligini ta’minlashi shart.
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi markaziy ro‘yxatdan o‘tkazuvchi vazifasini bajarayotganda qonun hujjatlariga muvofiq uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.