Qimmatli qog‘ozlar


Hisob-kitob-kliring operatsiyalari ustidan nazorat qilish



Yüklə 209,85 Kb.
səhifə43/54
tarix21.05.2023
ölçüsü209,85 Kb.
#118933
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   54
Qimmatli qog‘ozlar

Hisob-kitob-kliring operatsiyalari ustidan nazorat qilish


Hisob-kitob-kliring operatsiyalari ustidan qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi nazorat qiladi. Hisob-kitob-kliring palatasi tomonidan o‘z majburiyatlari bajarilishini ta’minlash bo‘yicha ichki nazorat tartibi hisob-kitob-kliring palatasi qoidalarida belgilanadi.




Savollar





  1. Hisob-kitob-kliring palatasi deganda nimani tushunasiz ?

  2. Hisob-kitob-kliring palatasining qanday vazifa va funksiyalari mavjud



Asosiy tushuncha va atamalar




kliring

  • hisob-kitob-kliring palatasi



  1. bob. Tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar bozorida Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan amalga


oshiradigan operatsiyalari

Bank – bu tijorat tashkiloti bo‘lib, yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlarni qabul qilish, olingan mablag‘lardan o‘z tavakkalchiligi va xatari ostida kreditlash yoki investitsiyalash, shuningdek, to‘lovlarni amalga oshirish uchun foydalanadigan yuridik shaxsdir. O‘zbekistonda banklar faoliyati, jumladan, ularning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyati O‘zbekiston Respublikasining "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida" hamda "O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida"gi qonunlari bilan tartibga solinadi. Bizning davlatimizda, ko‘pgina rivojlangan davlatlardagi kabi, ikki poronali bank tizimi mavjud bo‘lib, uni boshqa banklar faoliyatini tartibga solib turuvchi, hukumatning "bankchisi" vazifasini o‘taydigan va pul muomalasini tartibga solib turuvchi, "banklar banki" bo‘lgan Markaziy bank boshqarib turadi (birinchi pog‘ona). Tijorat banklari xo‘jalik yurituvchi subyektlarga kredit – hisob – kitob yuritish xizmatlarini ko‘rsatadi, ular passiv (o‘z shaxsiy resurslarini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan), aktiv (omonatlarni joylashtirish operatsiyalari) hamda vositachilik (kredit bilan bog‘liq bo‘lmagan) operatsiyalarini amalga oshiradi (ikkinchi pog‘ona).


O‘tish davrida banklar boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida qimmatli qog‘ozlar bozorida faoliyat ko‘rsatish uchun eng qulay shart-sharoitlarga ega bo‘ldi va hozir ham ana shunday sharoitlarga egadir. Birinchidan, an’ana bo‘yicha, banklarda fond bozori to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lgan yuqori malakali kadrlar to‘plangan. Ikkinchidan, banklar to‘g‘risidagi qonunchilikning o‘zi
tijorat bankining faoliyatini aksiyadorlik jamiyati, ya’ni muomalaga qimmatli qog‘ozlarni va avvalambor aksiyalarni chiqarib turuvchi emitent sifatida tartibga solib turadi. O‘zbekistonda birinchi yirik emitentlar – aksiyadorlik jamiyatlari ayni shu tijorat banklari bo‘lgan. Uchinchidan, odatdagi korxona va tashkilotlar bilan solishtirilganda, banklar katta miqdorda o‘z mablag‘lari va qarz resurslarini to‘plaganlar, ular o‘z navbatida, fond bozorida yirik sarmoyador sifatida qatnashish uchun shart–sharoitlar yaratadi. Nihoyat, respublika qonunchiligi banklarning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini biron bir tarzda (masalan, bir qancha davlatlarda, xususan AQSHda bo‘lganidek) cheklanmagan va ayni yilda banklar o‘z mijozlarining moliyaviy xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida eng keng ma’lumotlarga ega bo‘lgan, bu esa ularga bunday ma’lumotlarni olishga huquqi cheklangan odatdagi sarmoyadorlar oldida imtiyozlar bergan.
Banklarning qimmatli qog‘ozlar bozorida tutgan alohida mavqei shundan iboratki, ular boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlardan farqli ravishda, ushbu bozor qatnashchisi sifatida bir yilning o‘zida bir necha vazifalarda, xususan: aksiyalar, depozitlar va omonat (jamg‘arma) sertifikatlar hamda bank veksellari emitentlari sifatida; boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar va davlat qimmatli qog‘ozlarini sotib oluvchi sarmoyadorlar sifatida; o‘z mijozlariga maslahatlar beradigan, depozitar operatsiyalarini bajaruvchi, qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalar qilish uchun ularga berilgan qimmatli qog‘ozlar va pul mablag‘larini boshqarish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan investitsiya muassasalari va h.k. sifatida qatnashishi mumkin. Ayni yilda tijorat banklari fond bozori umumiy infratuzilmasining unsuridir va bu vazifada ularning roli nihoyatda katta, chunki amalda qimmatli qog‘ozlar bozorining har bir ishtirokchisi bankning xizmatisiz ish tutolmaydi, chunki u hisob-kitob raqami va boshqa hisob raqamlarini ochadi, ularda pul mablag‘larini, jumladan qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar uchun ishlatiladigan mablag‘larini saqlaydi. Amaldagi qonunchilikka muvofiq banklar bank mijozi tomonidan veksel yozilayotgan yilda veksel topshiriqnomasi (aval)ni berish yo‘li bilan veksel muomalasini nazorat qilishi kerak. Markaziy bank depozit va omonat sertifikatlari va bank veksellarini chiqarish, ularni muomalaga kiritish, muomaladan chiqarish uchun javob berar ekan, fond bozori ishtirokchisi sifatida fond bozorini tartibga solish tizimining muhim tarkibiy qismi ham hisoblanadi.
Banklarning qimmatli qog‘ozlar bozorida tutgan o‘rni turli davlatlarda turlichadir. AQSHda banklarning qimmatli qog‘ozlar bozorida to‘g‘ridan–to‘g‘ri operatsiyalarni amalga oshirishi va fond birjalariga a’zo bo‘lishi taqiqlangan. 1933-yilgi qonunga muvofiq tijorat banklari sanoat kompaniyalari aksiyalari va obligatsiyalarini chiqarishni tashkil etishda qatnasha olmaydi. Banklar o‘z mablag‘larini sanoat kompaniyalari aksiyalariga investitsiya qilishi man etilgan bo‘lib, qarz oluvchi mijozning to‘lovga noqobilligi bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘qotishlarning oldini olish maqsadida qilinadigan investitsiyalar bundan mustasno. Ammo ushbu taqiq banklar tomonidan katga hajmlardagi trast operatsiyalarini bajarish (qimmatli qog‘ozlarni mijozlarning topshiriqlari bo‘yicha boshqarish) bilan qoplanadi, mazkur amerikacha o‘ziga xoslik banklar sanoat kompaniyalari aksiyalariga amalda egalik qilishini ko‘zda tutadi, qonun banklarga davlat qimmatli qog‘ozlari, munitsipal obligatsiyalarni chiqarish, turli idoralar va xalqaro tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan qarz majburiyatlarini tashkil etish, shuningdek, mijozlar hisobidan va ularning topshig‘iriga ko‘ra qimmatli qog‘ozlarni sotib olish hamda sotish bo‘yicha ayrim vositachilik (brokerlik) funksiyalarini bajarish uchun ruxsat beradi.
Bir qancha davlatlar qonunchiligida (Yaponiya, Buyuk Britaniya, Kanada, Fransiya) so‘nggi yillargacha banklarga fond birjalari ishida bevosita qatnashish man etilar edi. Biroq hozirgi paytda ushbu mamlakatlar qonunchiligida banklarning birjalarda ishtirok etish imkoniyatini beradigan jiddiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda.
Buning aksi sifatida qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarda banklarning faol qatnashishiga Germaniya misol bo‘la oladi, bu yerda faqat tijorat banklariga qimmatli qog‘ozlar bilan barcha turdagi operatsiyalarni amalga oshirish uchun ruxsat berilgan. Germaniyada sof ko‘rinishdagi brokerlik firmalari yo‘q. Odatda, investitsiya institutlari amalga oshiradigan barcha vazifalarni Germaniyada banklar bajaradi. Bu yerda banklar eng ko‘p miqdorda obligatsiyalar chiqaradi, ular eng yirik sarmoyadorlar hisoblanadi, davlat qimmatli qog‘ozlarining anderrayterlari sifatida chiqadi. Banklar, shuningdek, mijozlarning hisobidan va ularning topshig‘ini bo‘yicha hamda o‘z shaxsiy hisobidan bitimlarni amalga oshirar ekan, fond bozorida vositachilik operatsiyalarini ham bajaradi. Ko‘pgina hollarda ayni shu banklar fond birjalari a’zolarining umumiy tarkibini shakllantiradi.
Ko‘pgina banklar o‘zlarining tadqiqot bo‘limlariga ega, ular mijozlarning topshiriqlari bo‘yicha qimmatli qog‘ozlar bozoridagi vaziyatni tahlil qiladi, birja va birjadan tashqari bozorlar kon’yunkturasini tadqiq etadi. Bunda iqtisodiy, siyosiy va boshqa axborotlardan keng miqyosda foydalanadi. Ushbu tadqiqotlar asosida investitsion taktik va strategik maslahatlarga muxtoj bo‘lgan ko‘p sonli mijozlarning qonsaltingi amalga oshiriladi.
Mijozlarning qimmatli qog‘ozlari portfelini boshqarish bo‘yicha banklar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar ularga katta daromad keltiradi. Mijozlarning xohishi bo‘yicha ularning pullari xavfli yoki nisbatan ishonchli qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilma qilinadi. Bunda banklar o‘zaro qattiq raqobatni boshdan kechirishiga to‘g‘ri keladi, chunki mijozlar bir yilning o‘zida bir necha banklarga bunday operatsiyalarni bajarishni topshirishi, keyinchalik esa, mablag‘lari eng ko‘p samara beradigan bitta bankni tanlab olishlari mumkin. Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish yilida ularni saqlash va ularga bo‘lgan huquq hisobini yuritish maqsadida banklar o‘z depozitariylarini yaratadi. Ular bevosita banklarda (odatda, yerosti xonalarda, mijozlarning boyliklari saqlanadigan maxsus seyflar turadigan omborlarda) joylashgan. Bank depozitariylari qimmatli qog‘ozlarni naqd va naqd bo‘lmagan shakllarda, kompyuter tizimlarida elektron shakldagi yozuvlar vositasida saqlaydi. Banklar, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar uchun hisob-kitoblar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar vazifasini bajarishi ham mumkin. Banklar tomonidan investitsiya muassasalarining ta’sis etilishi alohida ahamiyat kasb etadi, ular orqali qimmatli qog‘ozlar bozorida birato‘la bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha ish olib boriladi.
Rossiya Federatsiyasida banklar qimmatli qog‘ozlar bilan o‘z operatsiyalarini amalga oshirishda qisman cheklab qo‘yilgan. Masalan, Rossiya banklari xususiylashtiriladigan korxonalar aksiyalarini sotib oluvchi sifatida qatnashish huquqiga ega emas, aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarida o‘z sof aktivlarining 5 foizdan ortig‘ini qo‘ya olmaydilar, o‘z mulkida biror aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining 10 foizdan ortiq qismiga ega bo‘lishi mumkin emas.
O‘zbekistonda fond bozori yaratila boshlanishi bilan fond bozorining aralash "Yevropacha" modeli mavjud bo‘lib, bunda banklar ham, nobank tashkilotlar – investitsiya muassasalari ham teng huquqlarda ishlashi mumkin. Banklar amalda investitsiya muassasalarining qimmatli qog‘ozlar bozorida amalga oshiradigan
faoliyatining qonunchilikda belgilangan ma’lum bir turini amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lishi kerak. Litsenziyalash qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish uchun mas’ul bo‘lgan organ tomonidan amalga oshiriladi.
Katta miqdordagi pul resurslariga ega bo‘lib, o‘z muassasalari orqali sanoat kompaniyalariga kirib borar ekan, aynan banklar o‘zlarining bank kapitalini sanoat kapitali bilan qo‘shish tashabbuskori
– moliyaviy kapital deb ataluvchi kapitalning yaratuvchilari bo‘ldi.
Banklar – o‘ziga xos noyob muassasalar bo‘lib, amalda fond bozorining barcha vositalari, aksiyalar, davlat qisqa muddatli obligatsiyalari, depozit va depozit (omonat, jamg‘arma) sertifikatlari, veksellar bilan ishlashni o‘zlashtirib olib, bugungi kunda ular qimmatli qog‘ozlar bozorida emitentlar, sarmoyadorlar va investitsiya muassasalari sifatida chiqmoqda. Demak, bundan keyin ham respublika qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlanishi bilan banklarning bu sohadagi mavqei tobora kuchayib boraveradi.
Tijorat banklarining mamlakat qimmatli qog‘ozlar bozorining shakllanishiga ortib borayotan e’tibori, milliy iqtisodiyotning investitsiyalarga bo‘lgan tobora o‘sib boruvchi ehtiyojlari bilan uzviy bog‘liqdir, chunki ularsiz ijtimoiy ishlab chiqarishni chuqur qayta qurish, eksport salohiyatini o‘stirish va aholining turmush darajasini oshirish mumkin emas.
Banklarning qimmatli qog‘ozlar bozorida faollashuvining muhim omili – ularning ustav va aylanma fondlariga o‘z qimmatli qog‘ozlari emissiyasi asosida qo‘shimcha resurslarni jalb etishda ehtiyojning kuchayib boraetganidir.
Nihoyat, banklar uchun qimmatli qog‘ozlarning samarali to‘lov vositasi – garov sifatidagi roli tobora o‘sib borayotgani katta ahamiyatga ega bo‘lib, bu – o‘tish davrida ayniqsa dolzarbdir.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida banklarning faollashuviga sabab bo‘lgan eng muhim shart-sharoitlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
·O‘zbekistonda amal qilayotgan qonunchilik bo‘yicha tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar bilan har qanday turdagi operatsiyalarni amalga oshirishda qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi;
·banklarning nisbatan barqaror moliyaviy ahvoli va bank operatsiyalarining yuqori daromadliligi ularga bank xizmatlarining yangi turlarini, xususan qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan ko‘pgina operatsiyalarni o‘zlashtirishga katta moliyaviy resurslarni ajratish uchun
imkon beradi;
·banklarda mavjud bo‘lgan texnik, axborot va kadrlar salohiyati, shu’ba banklarining keng tarmog‘i va mijozlar bazasi ularny qimmatli qog‘ozlar bozorining eng qobiliyatli qatnashchilariga aylantiradi, banklar bilan boshqa moliyaviy– iqtisodiy muassasalar o‘rtasidagi kuchayib borayotgan raqobat, ko‘pgina an’anaviy bank xizmatlari (kreditlash, valuta – moliyaviy, agentlik operatsiyalari)ni ko‘rsatishdan ko‘riladigan foydaning pasayib borishi, banklarning o‘z faolligi diqqat markazini qimmatli qog‘ozlar bozori sohasiga ko‘chirishga majbur qilmoqda.
Yuqorida qayd etilgan shart-sharoitlar va qulay omillarning mavjudligi banklar oldida qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyati ko‘lamini kengaytirish va yaqin kelajakda iqtisodiyotning ushbu ustuvor sohasidagi faoliyatini yanada faollashtirish uchun katta imkoniyatlar ochib beradi.



Yüklə 209,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin