Qimmatli qog‘ozlar



Yüklə 209,85 Kb.
səhifə40/54
tarix21.05.2023
ölçüsü209,85 Kb.
#118933
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   54
Qimmatli qog‘ozlar

huquqlari
Hisob-kitob-kliring palatasi quyidagilarga majburdir:
·qimmatli qog‘ozlar bilan sodir etilgan bitishuvlar bo‘yicha hisob-kitob-kliring operatsiyalarini amalga oshirish;
·tahliliy hisobga olish ro‘yxatlarini yuritish vositasida hisob- kitob-kliring palatasi har bir a’zosi va mijoz majburiyatlarining alohida hisobi yuritilishini ta’minlash;
·savdo tashkilotchilari, depozitariylar yoki hisob-kitob-kliring palatasi a’zolari tomonidan taqdim etilgan topshiriqlar, hisobotlar va (yoki) boshqa hujjatlar asosida "to‘lovga qarab yetkazib berish" printsipiga muvofiq bitishuv yakunlari bo‘yicha hisob-kitob-kliring palatasi a’zolarining majburiyatlarini belgilash;
·hisob-kitob-kliring operatsiyalari mavzusi hisoblangan bitishuvlar to‘g‘risidagi axborot sodir etilgan sanasidan boshlab kamida uch yil saqlanishini ta’minlash;
·savdo tashkilotchilarining bitishuvlari yakunlari bo‘yicha operatsiyalar o‘tkazishga topshiriqlar va (yoki) boshqa hujjatlar tuzish hamda Markaziy depozitariyga va vakolatli bankka berish;
·amalga oshirilgan barcha hisob-kitob-kliring operatsiyalarining solnomaviy elektron protokoli yuritilishini ta’minlash;
·savdo qatnashchilarining majburiyatlari bo‘yicha operatsiyalarning Markaziy depozitariy va vakolatli bank tomonidan bajarilishi tizimini tashkil etish va nazorat qilish.
Hisob-kitob-kliring palatasi quyidagilarga haqlidir:
·hisob-kitob-kliring operatsiyalarini amalga oshirish uchun savdo tashkilotchilari, Markaziy depozitariy, ikkinchi darajali depozitariylar va tijorat banklari bilan shartnomalar tuzish;
·savdo tashkilotchilari va depozitariylardan hisob-kitob-kliring operatsiyalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborotni olish;
·hisob-kitob-kliring palatasi a’zosi hisob-kitob-kliring palatasi, savdo tashkilotchilari, Markaziy depozitariy va savdolarning boshqa qatnashchilaridan qarzdor bo‘lgan taqdirda unga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatish;
·hisob-kitob-kliring palatasi a’zolaridan, Markaziy depozitariy va (yoki) vakolatli bankdan savdo yakunlari bo‘yicha operatsiyalar o‘tkazishga topshiriq va (yoki) boshqa hujjatlarni qabul qilish;
·solishtirish va kliring tizimlarining har xil turlarini o‘z xohishiga ko‘ra qo‘llash.



Yüklə 209,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin