Hisob-kitob-kliring operatsiyalarini o‘tkazish qoidalari
Hisob-kitob-kliring palatasining o‘z a’zolari bilan o‘zaro munosabati hisob-kitob-kliring xizmati to‘g‘risidagi shartnomaga va Hisob-kitob-kliring operatsiyalarini o‘tkazish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Hisob-kitob-kliring palatasi Hisob-kitob-kliring operatsiyalarini o‘tkazish qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Qoidalar quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
·umumiy qoidalar, asosiy tushunchalar ta’rifi va hisob-kitob- kliring operatsiyalarini amalga oshirish tartibi;
·depozitariylar va vakolatli banklar tomonidan unga nisbatan kliring amalga oshiriladigan bitishuvlar yakunlari bo‘yicha hisob-kitob-kliring palatasi topshiriqlari bajarilishi tartibiga qo‘yiladigan talablar;
·hisob-kitob-kliring palatasi a’zolarining savdo tashkilotchilari, Markaziy depozitariy, ikkinchi darajali depozitariylar va vakolatli bank, shuningdek hisob-kitob-kliring palatasi bilan o‘zaro munosabatlari tartibi;
·pul mablag‘larini deponentga qo‘yish tartibi va miqdori;
·hisob-kitob-kliring palatasi a’zolari, savdo tashkilotchilari, depozitariylar va bitishuv boshqa qatnashchilarining vositachilik xizmatlari bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi;
·qimmatli qog‘ozlarning hisob-kitob-kliring palatasi a’zolari savdo hisob raqamlariga o‘tkazish to‘g‘risida Markaziy depozitariydan olingan axborotni qabul qilish va uni qayta ishlash tartibi;
·qoldiqlar miqdori va (yoki) pul mablag‘larini hisob-kitob-kliring palatasi a’zolarining shaxsiy hisob raqamlariga o‘tkazish to‘g‘risida vakolatli bankdan olingan ma’lumotlarni qabul qilish va qayta ishlash tartibi;
·hisob-kitob-kliring palatasining savdo tashkilotchilaridan hisobotlarni va (yoki) savdo yakunlari bo‘yicha boshqa hujjatlarni olishi tartibi va muddati;
·hisob-kitob-kliring operatsiyalarini amalga oshirish uchun sodir etilgan bitishuvlar bo‘yicha hisob-kitob-kliring palatasi a’zolaridan topshiriqlar va (yoki) boshqa hujjatlarni olish tartibi va muddatlari;
·topshiriqlarni solishtirish, shuningdek bitishuvlarni bajarish uchun zarur miqdorda qimmatli qog‘ozlar va pul mablag‘lari mavjudligini tekshirish tartibi;
·qimmatli qog‘ozlar bilan bitishuvlar bo‘yicha axborotni solishtirishda, unga tuzatish kiritishda aniqlangan ma’lumotlarda tafovut bo‘lgan yoki bitishuvlar bo‘yicha majburiyatlarni bajarish uchun qimmatli qog‘ozlar va (yoki) pul mablag‘lari yetishmasligi hollarida hisob-kitob-kliring palatasi, hisob-kitob- kliring palatasi a’zosi, savdo tashkilotchisi va Markaziy depozitariyning xatti-harakati tartibi;
·sodir etilgan bitishuvlar yakunlari bo‘yicha hisob-kitob-kliring palatasi a’zolarining bajarilishi shart bo‘lgan majburiyatlarini aniqlash tartibi;
·hisob-kitob-kliring palatasi tomonidan Markaziy depozitariyga
va vakolatli bankka savdolar yakunlari bo‘yicha topshiriqlarni berish tartibi va muddatlari, shuningdek, ushbu topshiriqlarni bajarish muddatlari;
·hisob-kitob-kliring palatasida schyotlarni yuritish tartibi;
·bitishuv qatnashchilari tomonidan hisob-kitob-kliring palatasiga hisob-kitob-kliring operatsiyalari yakunlari bo‘yicha hisobotlar taqdim etish tartibi va muddatlari;
·qimmatli qog‘ozlar bilan bitishuvlar bo‘yicha hisob-kitob- kliring palatasi a’zolarining majburiyatlari bajarilishini ta’minlash tartibi va usullari, shuningdek, sodir etilgan bitishuvlar yakunlari bo‘yicha hisob-kitob qilinmagan taqdirda zararlarni taqsimlash va (yoki) qaytarish tartibi;
·kafolatli fond mablag‘larini shakllantirish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi;
·hisob-kitob-kliring operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida axborotni olish va qayta ishlashning barcha bosqichlarida ma’lumotlarning ishonchliligi nazorat qilinishini ta’minlash tartibi;
·axborotni ruxsat berilmagan foydalanishdan himoya qilishni ta’minlash tartibi. Hisob-kitob-kliring operatsiyalarini o‘tkazish qoidalari, shuningdek ularga kiritiladigan o‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalar qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi bilan kelishilishi kerak.
Hisob-kitob-kliring palatasi va uning a’zolari bitishuvlarning kafolatli bajarilishini ta’minlash uchun ixtiyoriylik asosida, shartnomalar tuzish yo‘li bilan kafolatli fond qatnashchilarining o‘z mablag‘laridan shakllantiriladigan kafolatli fond tashkil etishga haqlidir.
Hisob-kitob-kliring palatasi kafolatli fond qatnashchilarining mablag‘larini hisobga olish va saqlash uchun ularga zaxira hisob raqamlari ochadi.
Kafolat fondi qatnashchisi mablag‘larning kafolatli fondga hisob- kitob-kliring xizmati ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomada qayd etilgan muddatda tushishini ta’minlashi lozim.
Hisob-kitob-kliring palatasi kafolat fondi qatnashchisining topshirig‘isiz kafolat fondi qatnashchilarining qimmatli qog‘ozlari bilan amalga oshmay qolgan bitishuvlar bajarilishini ta’minlash uchun ularning zaxira hisob raqamlaridan ushbu hisob raqamlarining miqdoriga mutanosib mablag‘larni mustaqil ravishda olishi mumkin. Kafolat fondi qatnashchisi uchun ajratiladigan pul mablag‘lari miqdori hisob-kitob-kliring xizmati ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomada belgilanadi.
Bitishuvi kafolatli fond mablag‘lari hisobiga bajarilgan kafolatli fond qatnashchisi hisob-kitob-kliring xizmati ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomada qayd etilgan muddatda mablag‘larni shartnomada qayd etilgan foydalanilgan summaga foizlar bilan birgalikda zaxira fondiga qaytarishi kerak.
Hisob-kitob-kliring palatasi a’zosi tomonidan kafolat fondidan olingan summalarni qaytarish muddatlariga rioya qilinmagan taqdirda, unga nisbatan hisob-kitob-kliring xizmati ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomada qayd etilgan jazo jarimalari qo‘llaniladi. Kafolat fondidan olingan mablag‘larni majbur qilib qaytarish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq sud tartibida amalga oshiriladi.
Kafolat fondi qatnashchisiga kafolat fondidan berilgan mablag‘lar qaytarilishi hisobiga undan olingan summa hisob-kitob-kliring palatasi va kafolat fondi qatnashchilari o‘rtasida ularning zaxira hisob raqamlaridan olingan mablag‘larga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Mablag‘lar zaxira hisob raqamlariga qaytariladi.
Kafolat fondi qatnashchisi zaxira hisob raqamida hisob-kitob- kliring xizmati ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan eng kam summadan ko‘proq summani saqlashga haqlidir.
Agar kafolat fondi qatnashchisining zaxira hisob raqamidagi summa belgilangan eng kam summadan kam bo‘lib qolsa, u talab qilinadigan summaning hisob-kitob-kliring xizmati ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga ko‘rsatilgan muddatda zaxira hisob raqamiga tushishini ta’minlash kerak. Aks holda kafolatli fond qatnashchisiga hisob-kitob kliring xizmati ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomada qayd etilgan jazo jarimalari qo‘llaniladi.