Qimmatli qog‘ozlar


Kliring tashkilotida hisobni yuritish



Yüklə 209,85 Kb.
səhifə42/54
tarix21.05.2023
ölçüsü209,85 Kb.
#118933
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   54
Qimmatli qog‘ozlar

Kliring tashkilotida hisobni yuritish


Hisob-kitob kliring palatasi a’zolarining ularga nisbatan hisob- kitob kliring operatsiyalari amalga oshirilayotgan qimmatli qog‘ozlar bilan bitishuvlar bo‘yicha majburiyatlari kliring ryo‘xatlarida hisobga olinadi. Hisob-kitob klring palatasi o‘z faoliyatini amalga oshirishda hisob-kitob-kliring palatasi a’zolarining kliring ro‘yxatlarini va boshqa hisobga olinadigan ro‘yxatlarni yuritadi, shuningdek, klring hisobining zarur hujjatlari va boshqa axborotini saqlaydi.


Quyidagilarning alohida hisobi yuritilishi kerak:
·hisob-kitob-kliring palatasi a’zolari tomonidan sodir etilgan bitishuvlarni tasdiqlovchi, savdo tashkilotchisidan olingan
hujjatlar (shartnomalar, o‘tkazilgan savdolarning protokollari, sodir etilgan bitishuvlarning reyestrlari, boshqa hujjatlar);
·hisob-kitob-kliring palatasi a’zolaridan olingan hujjatlar (shartnomalar, topshiriqlar, boshqa hujjatlar);
·Markaziy depozitariydan olingan qimmatli qog‘ozlar yetkazib berilishi bo‘yicha hisob-kitob-kliring palatasi topshiriqlari bajarilishini tasdiqlovchi hujjatlar;
·vakolatali bankdan olingan pul mablag‘lari o‘tkazilishini tasdiqlovchi hujjatlar;
·ularga nisbatan hisob-kitob-kliring operatsiyalari amalga oshiriladigan qimmatli qog‘ozlar bilan bitishuvlarni bajarish uchun Markaziy depozitariyga yoki vakolatli bankka hisob- kitob-kliring palatasi tomonidan yuborilgan topshiriqlar;
·hisob-kitob-kliring palatasi hisobotlari va hisob-kitob-kliring operatsiyalari yakunlari to‘g‘risidagi axborot mavjud bo‘lgan boshqa hujjatlar.
Hisob-kitob-kliring palatasi hisob-kitob-kliring palatasi har bir a’zosi, ularning mijozlari va bitishuv qatnashchilarining majburiyatlari kliring ro‘yxatlarida alohida hisobga olinishini ta’minlashi kerak. Hisob-kitob-kliring platasi har bir a’zo bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni yetkazib berish bo‘yicha majburiyatlarni va ularga nisbatan hisob- kitob-kliring operatsiyalari amalga oshiriladigan bitishuvlar bo‘yicha hisob-kitoblarni alohida hisobga olishi kerak. Kliring hisobi hujjatlari qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq hisob-kitob-kliring palatasida saqlanishi kerak.



Yüklə 209,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin