Qimmatli qog‘ozlar


Emitent–bank tomonidan qimmatli qog‘ozlar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish



Yüklə 209,85 Kb.
səhifə45/54
tarix21.05.2023
ölçüsü209,85 Kb.
#118933
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   54
Qimmatli qog‘ozlar

Emitent–bank tomonidan qimmatli qog‘ozlar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish. Qimmatli qog‘ozlar chiqarish to‘g‘risidagi qaror tegishli vakolatga ega bo‘lgan bank boshqaruv organi tomonidan qabul qilinadi. Odatda, bu aksiyadorlarning umumiy majlisidir. Bunda bank o‘zining so‘nggi uch moliya yili davomida zarar ko‘rmay ishlagan bo‘lishi, oxirgi uch yil mobaynida amaldagi qonunchilikni buzganlik uchun davlat organlari tomonidan jazo olmagan bo‘lishi, kreditorlarga muddatidan o‘tgan qarzlari va budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzi bo‘lmasligi kerak. Bankning ushbu talablarga javob berishini tasdiqlaydigan ma’lumotlar qimmatli qog‘ozlar emissiyasi risolasida ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
  • Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi risolasini tayyorlash.


    Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi risolasi bank boshqaruvi tomonidan
    tayyorlanib, uning raisi va bosh buxgalteri tomonidan imzolanadi.Emissiya risolasida bank, uning moliyaviy ahvoli hamda bo‘lg‘usi qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi ma’lumotlar (qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar, ularni tarqatish shartlari va tartibi, qimmatli qog‘ozlarni chiqarish hisob-kitob shartlariga oid ma’lumotlar, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha dividendlar yoki foizlarni olishga tegishli ma’lumotlar) aks ettiriladi.

      1. Qimmatli qog‘ozlar va emissiya risolasini chiqarishni ro‘yxatdan o‘tkazish. Ushbu operatsiyani emitent-bank qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatli davlat organida amalga oshiradi.

      2. Emissiya risolasini nashr etish va qimmatli qog‘ozlar chiqarish to‘g‘risidagi xabarni ommaviy axborot vositalarida chop etish. Buning uchun emitent–bank, odatda, risolani alohida broshyura shaklida, ko‘pchilik xaridorlarni xabardor qilish uchun yetarlicha miqdorda nashr ettiradi.

      3. Qimmatli qog‘ozlarni sotish. Emitent-bank qimmatli qog‘ozlarni chiqarishni ro‘yxatdan o‘tkazib, emissiya risolasi va qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi xabarni tarqatganidan keyingina ularni sotishni boshlashi mumkin. Emissiya risolasi ro‘yxatdan o‘tkazilmaguniga qadar o‘z qimmatli qog‘ozlarini reklama qilish man etiladi. Aksiyalarni joylashtirish xaridor bilan tuzilgan muayyan miqdordagi aksiyalarni oldi–sotdi shartnomasiga asosan so‘mlarga sotish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Bunda bank vositachilar – brokerlik firmalari bilan maxsus vositachilik va topshiriq shartnomalari tuzib, ularning xizmatidan foydalanishi mumkin. Sotilgan aksiyalarning soni chiqarilishi mo‘ljallangan va ro‘yxatga olish hujjatlarida ko‘rsatilgan aksiyalar sonidan oshmasligi shart.


      4. Yüklə 209,85 Kb.

        Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   54




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin