depozitariyning hisobga olish registrlari - depozitariyda qimmatli qog‘ozlarni saqlash va qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish bo‘yicha depozitar operatsiyalar standartlari bilan belgilangan yozuvlar tizimi;
deponent- depozitariyda depo hisobvarag‘iga ega bo‘lgan shaxs;
investitsiya aktivlari - qimmatli qog‘ozlar, pul mablag‘lari va qonun hujjatlariga muvofiq investitsiya aktivlari deb e’tirof etiladigan boshqa mol-mulk;
investor - qimmatli qog‘ozlarni o‘z nomidan va o‘z hisobidan oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
korporativ obligatsiyalar - ochiq aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar;
noemissiyaviy qimmatli qog‘ozlar - ushbu Qonunga muvofiq emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar tushunchasiga oid bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlar;
obligatsiya - obligatsiyani saqlovchining obligatsiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini obligatsiyani chiqargan shaxsdan obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda olishga, obligatsiyaning nominal qiymatidan qayd etilgan foizni olishga bo‘lgan huquqini yoxud boshqa mulkiy huquqlarini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog‘oz;
taqdim etuvchiga tegishli qimmatli qog‘ozlar - qimmatli qog‘ozlarni taqdim etishning o‘zi mulkiy huquqlarni realizatsiya qilish uchun kifoya qiladigan qimmatli qog‘ozlar;
fond birjasi - ochiq va oshkora birja savdolarini oldindan belgilangan vaqtda va belgilangan joyda o‘rnatilgan qoidalar asosida tashkil etish hamda o‘tkazish orqali faqat qimmatli qog‘ozlar savdosi uchun sharoitlar yaratuvchi yuridik shaxs;
egasining nomi yozilgan qimmatli qog‘ozlar - mulkiy huquqlarning realizatsiya qilinishi o‘z egasining ro‘yxatdan o‘tkazilishini talab etadigan qimmatli qog‘ozlar;
emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar - bitta chiqarilishi doirasida bir xil belgilar va rekvizitlarga ega bo‘lgan, mazkur chiqarilish uchun yagona shartlar asosida joylashtiriladigan hamda muomalada bo‘ladigan qimmatli qog‘ozlar;