Qimmatli qog‘ozlar


Asosiy tushuncha va atamalar



Yüklə 209,85 Kb.
səhifə47/54
tarix21.05.2023
ölçüsü209,85 Kb.
#118933
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   54
Qimmatli qog‘ozlar

Asosiy tushuncha va atamalar


·Tijorat banki


·Tijorat bankining investitsion faoliyati
·Tijorat banklarining emission faoliyati

Glossariy


aksiya - o‘z egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog‘oz; axborotni oshkor qilish - qimmatli qog‘ozlar bozorida manfaatdor shaxslarning axborotni olish maqsadidan qat’i nazar, axborotdan uning topilishi va olinishini kafolatlaydigan shakllarda foydalanishini ta’minlash;
veksel - veksel beruvchining yoki vekselda ko‘rsatilgan boshqa to‘lovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga muayyan summani to‘lashga doir shartsiz majburiyatini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog‘oz;
davlat qimmatli qog‘ozlari - O‘zbekiston Respublikasining g‘azna majburiyatlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organ tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining obligatsiyalari;
depo hisobvarag‘i - deponentning qimmatli qog‘ozlarini saqlash va qim matli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish uchun mo‘ljallangan depozitariyning hisobga olish registrlaridagi yozuvlar yig‘indisi;
depo hisobvarag‘idan ko‘chirma - deponentning qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarini tasdiqlaydigan, depozitariy tomonidan beriladigan hujjat;
depozitar operatsiyalar - hisobga olish registrlarida depozitariylar tomonidan depozitar operatsiyalar standartlariga muvofiq bajariladigan operatsiyalar;
depozit sertifikati - bankka qo‘yilgan omonat summasini va omonatchining (sertifikat saqlovchining) omonat summasini hamda sertifikatda shartlashilgan foizlarni sertifikatni bergan bankdan yoki shu bankning istalgan filialidan belgilangan muddat tugaganidan keyin olish huquqini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog‘oz;

Yüklə 209,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin