Qimmatli qog‘ozlar



Yüklə 209,85 Kb.
səhifə30/54
tarix21.05.2023
ölçüsü209,85 Kb.
#118933
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   54
Qimmatli qog‘ozlar

Qimmatli qog‘ozlar bozorida faoliyat turlarini qo‘shib olib borish Qimmatli qog‘ozlar bozorida turli professional faoliyat turlarini qo‘shib olib borish bir shaxsning o‘ziga qimmatli qog‘ozlar bozorida turli xil faoliyatni amalga oshirish uchun bir nechta litsenziyalar berish
orqali amalga oshiriladi.
Boshqaruvchi kompaniyaning faoliyati faoliyatning mutlaq turi hisoblanadi. Transfer-agentning faoliyati qimmatli qog‘ozlar bozoridagi boshqa faoliyat turlari bilan qo‘shib olib borilishi mumkin emas.
Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha faoliyat turlarini ko‘shib olib borish va operatsiyalar o‘tkazish sohasidagi ko‘shimcha cheklashlar qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tartibga solinadi.
O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozoridadepozitariy tizimi va boshqa faoliyat turlarinialohida ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq.
Markaziy depozitariy – O‘zbekiston Respublikasi depozitariylarida qimmatli qog‘ozlarni saqlash, huquqlarni hisobga olish va harakatining yagona tizimini ta’minlovchi depozitariydir.
Markaziy depozitariy qonun hujjatlariga muvofiq davlat unitar korxonasi sifatida tuzigan.
Markaziy depozitariy o‘z faoliyatini xizmat ko‘rsatishdan olingan daromadlar va boshqa tushumlar hisobiga amalga oshiradi.
Markaziy depozitariy xizmatlari uchun olinadigan tariflar miqdori O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.
Markaziy depozitariyning mutlaqvazifalari quyidagilardan iborat:
·nodavlat emissiyaviy hujjatsiz qimmatli qog‘ozlarni saqlash;
·qimmatli qog‘ozlarga nisbatan davlat huquqlarini va qimmatli qog‘ozlarni boshqarish bo‘yicha vakolatli shaxslarning qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarini hisobga olish;
·depozitariylarning vakillik hisob varaqlarini yuritish;
·birja va birjadan tashqari savdolar qatnashchilarining qimmatli qog‘ozlari savdolarga qo‘yilishidan oldin ular borligini va haqiqiy ekanligini tasdiqlash;
·savdolarda tuzilgan bitimlarga muvofiq birja va birjadan tashqari savdolar qatnashchilariga qimmatli qog‘ozlar yetkazib berilishini ta’minlash;
·nodavlat emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning muomalaga chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni saqlash;
·O‘zbekiston Respublikasi hududida norezidentlar tomonidan, shuningdek, qimmatli qog‘ozlarning xorijiy fond bozorlarida O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni hisobga olish;
·markaziy registrator vazifasini amalga oshirish;
·investitsiya fondlari tomonidan chiqarilgan va ularga tegishli qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish;
·O‘zbekiston Respublikasi depozitarlik tizimida Deponentlarning yagona bazasini yuritish;
·depozitariylar tizimida qimmatli qog‘ozlar harakati to‘g‘risidagi axborotlarni jamlash va tartibga solib turish.



Yüklə 209,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin