Qimmatli qog‘ozlar


Depozit sertifikatlari blanklarining majburiy rekvizitlari



Yüklə 209,85 Kb.
səhifə15/54
tarix21.05.2023
ölçüsü209,85 Kb.
#118933
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54
Qimmatli qog‘ozlar

Depozit sertifikatlari blanklarining majburiy rekvizitlari:


  1. Qimmatli qog‘ozning nomi.

  2. Sertifikatning berilishi sababi (depozit yoki jamg‘arma omonatining kiritilishi).

  3. Depozit yoki jamg‘arma omonatining kiritilish sanasi.

  4. Depozit yoki jamg‘arma omonatining hajmi.

  5. Bankning depozit yoki omonatga kiritilgan summani qaytarish haqidagi so‘zsiz majburiyati.

  6. Omonatchi tomonidan sertifikat bo‘yicha summani talab qilish sanasi.

  7. Depozit yoki omonatdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi.

  8. Tegishli foizlar summasi.

  9. Emitent bank manzili, egasining nomi yozilgan sertifikat uchun esa omonatchining nomi.

  10. Bank tomonidan bunday turdagi majburiyatni imzolash uchun vakil etilgan ikki shaxsning bank muhri bilan mustahkamlangan imzolari.

Sertifikatlar blanklari faqat Markaziy bankdan qimmatli qog‘ozlar blanklarini chiqarish uchun litsenziya olgan matbaa korxonalari tomonidan tayyorlanadi. Blank qo‘lda siyoh bilan, sharikli ruchka bilan yoki bosmalash usuli bilan to‘ldirilishi mumkin.
Sertifikat egasi uni boshqa shaxsga o‘tkazishi mumkin. Blankli egasining nomi yozilgan sertifikat bo‘yicha talab qilish huquqini boshqa shaxsga o‘tkazilishi (sessiya) uning orqa tomonida o‘z huquqlaridan voz kechuvchi (sedent) va mazkur huquqlarga ega bo‘luvchi (sessionariy)ning ikki tomonlama kelishuvi bilan rasmiylashtiriladi. Blankli ko‘rsatuvchi egalik qiladigan sertifikat bo‘yicha talab qilish huquqining boshqa shaxsga o‘tkazilishi ushbu sertifikatni oddiy topshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.


Veksellar


Veksel (nemischa Wechsel so‘zidan) – veksel beruvchining yoki vekselda ko‘rsatilgan boshqa to‘lovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga muayyan summani to‘lashga doir shartsiz majburiyatini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog‘oz.
Oddiy veksel (solo veksel) – bu qarzdorning (veksel beruvchining) muayyan pul summasini ko‘rsatilgan muddatda kreditorga (birinchi oluvchisiga) to‘lash majburiyatini ifodalovchi hujjat.
O‘tkazma veksel (tratta) – bu veksel beruvchi kreditor(trassant)ning qarzdor(trassat)ga ma’lum pul summasini ko‘rsatilgan muddatda uchinchi shaxs birinchi oluvchi(remitent)ga to‘lashi buyrug‘ini ifodalovchi hujjat.
O‘tkazma veksel, agar u qarzdor – trassat tomonidan akseptlanmagan bo‘lsa, qonuniy kuchga ega bo‘lmaydi. Aksept (to‘lash uchun rozilik) yozma ravishda vekselning ustki tomonida amalga oshiriladi. Aksept umumiy yoki chegaralangan (qisman) bo‘lishi mumkin. Qismli aksept – bu qarzdorning veksel valutasi bir qismini to‘lash uchun yozma ravishdagi roziligidir. Veksel akseptlanmagan hollarda yoki u bo‘yicha to‘lovdan bosh tortilsa, veksel bo‘yicha da’vo qilinishi mumkin. Bunda uning egasida veksel bo‘yicha majburiyatga
ega bo‘lgan oldingi shaxslarga regress, ya’ni qaytarma talab tartibida to‘lash huquqi paydo bo‘ladi.
Veksel majburiy rekvizitlarga ega bo‘lishi lozim, ulardan hech bo‘lmaganda bittasining yo‘qligi vekselni haqiqiy bo‘lmasligiga olib keladi.

Yüklə 209,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin