Qirqquloqtoifa (Rolypodiophyta) oʻsimliklar boʻlimining asosiy sinflari
Mavzuning dolzarbligi: Qirqquloqtoifa o’simliklar bo’limi ya’ni ochiq urug’li o’simliklar oilasi vakillarning tarqalishi, hayot tarzi va ularning klassifikatsiyalarini o’rganishdan iborat. Qirqquloqtoifa o’simliklar xususiyatini o’rganib, ularni muhofaza ostiga olish, hamda ularni tur sonini saqlab qolish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir .Bugungi kunda meditsinada ishlatiladigan dori-darmonlarni anchagina qismi Qirqquloqtoifa o’simliklar turkumi vakillaridan olinishini ham nazarda tutdim.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari: Ushbu kurs ishini bajarishdan maqsad qirqquloqtoifa - Polypodiophyta o‘simliklarni qadimda va hozirda mavjud bo’lgan sinflari, kichik sinflari, qabilalari, oilalari, turkumlari va ularning turlari hamda hozirda xalq xo’jaligida tutgan o’rnini, ahamiyati va tarqalishi, dorivorlik xususiyatlarini o’rganishdan iborat. Shu bilan birga O’zbekistonda mavjud turlarini aniqlash.
- Qirqquloqtoifa o’simliklarni qadimda va hozirda mavjud turlarini aniqlash va ko’payishini hamda tarqalishini o’rganish;
- Bu bo’lim o’simliklarining inson faoliyatida va ilmiy tabobatdagi ahamiyatini aniqlash vazifasidir
Kurs ishining ob’ekti va predmeti: Qirqquloqtoifa - Polypodiophyta o‘simliklarining sinflari, kichik sinflari, qabilalari, oilalari , turkumlari va ularning vakillari kurs ishining ob’ekti hisoblanadi. Qirqquloqtoifa o’simliklar sinflari, kichik sinflari, qabilalari, oilalari , turkumlari, vakillarining tarqalishi, o’ziga xos tuzilishi, ularning xususiyatlari va keng tarqalga vakillarining xalq xo’jaligidagi ahamiyati to’g’risida mutaxasis olimlarimiz tomonidan chop etilgan ilmiy va o’quv uslubiy adabiyotlar ushbu kursh ishining predmeti hisoblanadi.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi: Kurs ishi kirish, 3 ta bob, 11-rasm, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat. Ishning hajmi 35 sahifani tashkil etadi.
I-Bob.
1.1 Qirqquloqtoifa - Polypodiophyta o‘simliklar haqida umumiy ma’lumot Qirqquloqtoifalar yoki paporotniklar yuksak sporali o’simliklarning eng qadimgi guruhlari bo’lib hisoblanadi. Ular qadimiylikda riniyafitlar, zosterofillar va plaunlardan keyingi o’rinda aniqrog’i, qirqbo’g’inlar bilan bir qatorda turadi. Qirqquloqlarning qazilma vakillari Devon davri yotqiziqlaridan topilgan. Toshko’mir davrida yirik daraxtsimon qirqquloqlar boshqa sporali o’simliklar bilan bir vaqtda o’sib, keng namli o’rmonlar hosil qilib o’sgan va ularning qoldiqlari esa toshko’mirga aylangan. Qirqquloqlar, qirqbo’g’inlar va plaunlar bo’limlarini botanikaning bo’limi Pteridologiya fani o’rganadi. Qirqquloqlar turlarining soni jihatdan yuksak o’simliklar orasida gulli o’simliklar va yo’sinlardan keyingi uchinchi o’rinda turadi. Hozirgi paytda Yer sharida qirqquloqlarning 300 ga yaqin turkumga mansub, 10 mingdan ziyodroq turlari tarqalgan. Qirqquloqlar tog’larda, tekisliklarda, botqoqliklarda va suvda uchraydi. Biroq bo’limning ko’pchilik turlari taraqqiyot siklida sernam muhitni talab qilganligi tufayli tropik va subtropik iqlimli joylardagi o’rmonlarda ancha keng tarqalgan. U yerlarda daraxtlarning tanasi va shoxlariga yopishgan holda o’suvchi bir qancha epifit turlari ham uchraydi. Qirqquloqlar xilma xil ekologik muhitda o’sishi sababli ular orasida har xil hayotiy shakldagi turlarni uchratish mumkin. Ayniqsa tropik va sernam subtropik o’rmonlarda tikka o’suvchi, yotib o’suvchi o’t vakillaridan tortib, epifit, lianalargacha bo’lgan turlarni va siateyadoshlar (Cyateaceae) oilasiga mansub siatey va diksoniya turkumlariga kiruvchi bo’yi 25 m, diametri 50 sm gacha etadigan daraxtsimon qirqquloqlarni uchratish mumkin. Juda mayda vakillari ham bo’lib, ularni o’lchami bir necha mm keladi. O’rta Osiyo hududida esa faqat o’t o’simliklardan iborat vakillari tarqalgan. O’zbekistonda 10 turkumga oid 15 turi o’sadi. Qirqquloqlarda qirqbo’g’imlardagidek ildiz sistemasi (qo’shimcha ildiz) yaxshi taraqqiy etgan. Ofioglossdoshlar (Ilontilidoshlar) (Ophioglossaceae) va ayrim qadimgi soda (primitiv) guruhlarida seret, yo’g’on ildizlar uchraydi. Daraxtsimon qirqquloqlarda tipik ildizlardan tashqari poyasining asosida havo ildizlari ham taraqqiy etgan bo’ladi. Salviniya - Salvinia turkumining ayrim vakillarida ildizlar butunlay reduksiyalanib ketgan. Poyalari monopodial tipda shoxlangan, ayrim vakillarida dixotomik shoxlanishni ham kuzatish mumkin. Poyasining tuzilishidagi xarakterli belgilardan biri uning har xil tuklar, tangachalar bilan qoplanganligidir. Qirqquloqlarning poyasidagi o’tkazuvchi sistemasi sifonostel shaklda tuzilgan. Biroq eng qadimgi qirqquloqlarda va hozirgi qirqquloqlardan, masalan: sxizeydoshlar (Schizoaceae) ning o’tkazuvchi sistemasining primitiv shakldagi protostel holda bo’lishi, ularning riniofitlar bilan filogenetik bog’liqligidan darak beradi. Ularga xos belgilardan yana biri barglarining (vayalarining) yirik bo’lishi va ularda o’sish nuqtasining poyadagidek uchki qismida joylashganligidir. Bu jihatlardan ular plauntoifalardan va qirqbo’g’imtoifalardan farq qo’shadi. Qirqquloqlar shakli va ichki tuzilishi jihatidan ham xilma-xil bo’ladi. Qirqquloqlarning ko’pchiligida barg ikkita funksiyani, ya‘ni ayrimlarida fotosintez va spora xosil qilish vazifasini bajarsa, boshqalarida spora hosil qiluvchi barglari xlorofillni yo’qotib, faqat jinssiz ko’payish vazifasini o’taydi (masalan, salviniyalarda) Qirqquloqlar bargining anatomik tuzilishi jihatlardan gulli o’simliklar bargining anatomik tuzilishiga ozroq o’xshab ketadi. Ko’ndalangiga kesilgan bargning ustki va ostki tomoni epidermis bilan qoplangan. Og’izchalari ko’pincha bargning ostki qismida joylashadi. Qirqquloqtoifalarda ham qirqquloqtoifalardagidek sporofit bo’g’in ustun turadi. Evolyusion taraqqiyoti davomida qirqquloqlarning sporangiylari bargning chetki qismidan pastki qismga o’tib joylashgan. Sporangiylarning bargning pastki qismiga o’rnashishi ularni tashqi muhitning noqulay ta‘siridan himoyalanishi uchun qulaylik tug’dirsa, ikkinchidan bargning yuza qismida fotosintez jarayonning normal borishi uchun imkonyat yaratadi. Bargda to’p-to’p bo’lib joylashgan sporangiylarga sorus (grekcha soros - tutam, to’da) deyiladi. Sporangiylar hosil bo’lishi jihatdan ikki xil: eng qadimgi qirqquloqlarda ular bargning epidermisidagi bir nechta hujayralardan hosil bo’lgan. Shuning uchun ular yirik va tashqi tomonidan bir necha qavat hujayralar bilan qoplangan. Evolyutsiya jihatdan ancha yosh bo’lgan vakillarida esa sporangiylar bargning bitta hujayrasidan hosil bo’lgan. Ular nisbatan kichik va bir qavat po’st bilan qoplangan. Sporalar qulay sharoitda o’sib, undan gametofit taraqqiy etadi. Teng sporali qirqquloqlarning gametofiti ipsimon, lentasimon, chuvalchangsimon, yuraksimon va boshqa ko’rinishlarda bo’ladi. Bularga xos belgilardan yana biri anteridiyning arxegoniyga nisbatan oldinroq taraqqiy etishidir. Bunga protoandriya (yunonchaprotos - birincha va andreios - erkaklik) deyiladi. Protoandriyaning biologik mohiyati shundaki, turli muddatlarda etilgan arxegoniyda chetdan urug’lanishi uchun imkoniyat tug’iladi. Qirqquloqlarda ham spermatozoid qirqbo’mimlarnikidek ko’p xivchinli bo’lib, urug’lanishi suv yordamida boradi. Gametofitdagi tuxum hujayralardan bir nechtasi urug’lanishi mumkin, lekin ulardan faqat bitgasining zigotasigina taraqqiy etadi va o’simta (gametofitni) hosil qiladi. O’simtada murtak joylashadi, undan esa sporofit rivojlanadi.